Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


II BOB. INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə2/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

II BOB.

INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH




2.1.

Informatika fanini o’qitishda raqamli texnologiyalar va zamonaviy interfaol metodlardan foydalanish metodikasi




2.2.

Informatika fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari




2.3.

Umumta’lim maktablarida “Informatika” fanidan o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazishda interfaol usullardan foydalanish







2-bob bo’yicha xulosalar




III-BOB.

TAJRIBA - SINOV ISHLARINI O’TKAZISH VA NATIJALAR TAHLILI




3.1.

Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish va o’tkazish metodikasi




3.2.

Pedagogik tajriba-sinov ishlarining natijalari va ularning statistik tahlili







3-bob bo’yicha xulosalar







Foydalanilgan adabiyotlar






KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarining qo’llanilishi, ta’lim tizimining yaxlitligi asosida informatsion dasturiy ta’minot tizimini shakllantirish imkoniyatini beradi va o’z navbatida ta’lim jarayonining sifat va samaradorligini oshiradi. Uzluksiz ta’lim jarayonining asosini o’rta ta’lim, o’rta maxsus-kasb xunar ta’limi va oliy ta’lim tizimlari tashkil qiladi. Har bir bosqichda o’quvchi (talaba)larga bilim berish, uni o’zlashtirish va olingan bilimlarni nazorat qilish, unga asosan o’qitiladigan fanlar kesimida dasturlarni takomillashtirish, ularni zamon talablari darajasida tashkil etish muxim strategik axamiyatga ega.
Bugungi kunda informatika fanini o’qitishni tashkil etish, yangi pedagogik texnologiyalar asosida darslarni tashkil qilish, loyihalash dolzarb vazifalardan biridir. Maqsad ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalangan holda o’quvchilarda mantiqiy, mustaqil va erkin fikrlashni shakllantirishdan iborat. Bu jarayonni yanada muvofaqiyatli amalga oshirishda interfaol metodlardan o’z o’rnida va oqilona foydalanish ta’lim samaradorligini yanada oshiradi.
Buning uchun avvalo o’qituvchi o’zi bu jarayoniga tayyor bo’lishi lozim. Barcha rivojlangan davlatlarda bo’lgani kabi bugungi kunda bizning yurtimizda ham o’qituvchi ko’rgazmalikkka, zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan ko’proq foydalanishga etibor qaratyapti.
Yoshlarimizni ilmiy salohiyatliy, raqobatbardosh, rivojlangan davlatlar yoshlari bilan bellasha oladigan yetuk kadrlar qilib tarbiyalsh biz pedagoglarni asosiy maqsadimizdur.
Ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish bobida qo’llanib kelgan usul, vosita, ko’nikma va malakalar birligi, tajribalar asosida to’plangan bilim va ma’lumotlar yig’indisidir. Ulardan ta’lim jarayonida foydalanish o’quvchilarni milliy o’zligini anglashga, mustaqil O’zbekistonning munosib farzandlari bo’lishga katta xissa qo’shadi. Shu tufayli ham boshqa fanlar kabi, informatika fanini o’qitishda o’qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalanish davr talabidir.
Olimlar, mutaxassislar, inovatsion va zamonaviy o’qituvchilar, boshlang’ich sinf o’quvchilariga bilim berishda informatika fanini o’qitish haqida fikrlar bildirganlar. Bu yo’nalishda anchagina tadqiqotlar amalga oshirilgan. Lekin tadqiqotlarda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari masalalariga e’tiborini kamroq qaratilgan.
Ushbu mulohazalardan kelib chiqqan holda dissertatsiya ishimni mavzusini “Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari” deb belgiladik.
Mavzuning dolzarbligining yana bir sababi, so’nggi yillarda raqamli texnologiyalar barcha sohalarga tezkorlik bilan kirib kelmoqda. Xususan o’rta ta’lim, o’rta maxsus-kasb xunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari o’quv jarayonlarini tashkil etish, boshqarish va me’yoriy xujjatlarni yuritishda raqamli texnologiyalar ushbu sohani rivojlanishiga, xujjatbozlikni kamaytirishga va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda[1]. Ayniqsa pandemiya sharoitida raqamli texnologiyalarga bo’lgan talab yanada ortib bordi. Dissertatsiya ishimning maqsadi informatika fanini o’qitishda o’qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalanish natijasida ta’lim samaradorligiga erishishdan iborat.

Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin