Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə9/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

1.2.1-jadval.

B.Blum taksonomiyasi bo’yicha o’quv maqsadlari kategoriyasi O’quv maqsadlarining asosiy kategoriyalari

Turkumlari

1. Bilish (bilim).
Bu kategoriya o’quv materialini eslab qolish, esga tushirishni anglatadi(aniq ob’ektlardan yaxlit nazariyagacha).

Faktlarni, atamalarni, belgilarni bilish; faktlarni tanlash; uslublarni bilish; umumiy tushunchalar, tuzilishlar, nazariyalarni bilish; qonun va tamoyillarni bilish.

2. Tushunish.
O’rgangan narsaning ahamiyatini tushuna olish qobiliyatining ko’rsatkichi bo’lib, o’quv materialini bir shakldan boshqa shaklga o’tkazish uchun xizmat qiladi. O’qitishning bunday natijalari materialni oddiy eslab qolishdan ustun turadi.

Tushuntirish, ekstrapolyatsiya (ma’noni analogiya asosida ko’chirish).

3. Umumiy tushunchalar, qoidalar, uslublardan foydalanish.
Bunga tushunchalar, qoidalar, uslublar, tamoyillar, nazariyalardan foydalanish kiradi. O’qitish natijalari tushunishga nisbatan chuqurroq bilishni talab qiladi.

Umumiy tushunchalar, qoidalar, uslublardan foydalanish.

Vazifalar aniqlangandan so’ng, egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni aniqlash uchun nazorat topshiriqlari tuzish lozim. Nazorat topshiriqlari og’zaki, yozma yoki test ko’rinishida tayyorlanishi mumkin.


Ma’ruza mashg’ulotlarida turli xil o’zlashtirish darajalariga mo’ljallangan nazorat topshiriqlari talabalarning o’quv materiallarini o’zlarining imkoniyatlariga mos darajada o’zlashtirishiga imkon beradi. Nazorat topshiriqlarining to’rt xil qiyinchilik darajalarini talabalar imkoniyatidan kelib chiqqan holda aniqlash talab etiladi. Ma’ruza mashg’ulotini texnologik yondashuv asosida, uning elementlari (maqsad, vazifa, nazorat topshiriqlari va h.k.) orasidagi bog’lanishlarning tashkil etilishi orqali bilimlarning shakllanishiga katta e’tibor beriladi. Ma’ruza mashg’ulotlarida o’quv maqsadlariga erishish uchun o’qitishning turli modellari, shu jumladan, an’anaviy modellari ham qo’llanilishi mumkin.
Pedagogik texnologiyalarning asosi-o’qitish natijalarini tashhisli va operatsional ifodalangan maqsadlar sifatida rejalashtirish va ta’lim jarayonining natijaliligini uzluksiz tashhis qilishdan iborat. Aniq va maqsadli qo’yilgan va erishiladigan maqsadlar pedagogikadagi mos metodlarni, shakllarni, usullar va ularga erishish vositalarini tanlab olishga imkon beradi. Hozirgi ta’lim texnologiyasida tashhis har bir talabaning rivojlanishini ertaroq aniqlash va bashorat qilishga qaratilgan. Tashhis natijalari bo’yicha har bir qadamdagi jarayon loyihalanadi.

Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin