Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Xorijiy mamlakatlarda raqamlashtirish milliy strategiyalarining yillar kesimida ko’rinishi



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə12/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

Xorijiy mamlakatlarda raqamlashtirish milliy strategiyalarining yillar kesimida ko’rinishi



Mamlakatlar

Dastur nomi

Joriy qilingan

1

Daniya

Manufacturing Academy of Denmark (MADE)

2001

2

Ispaniya

Industria Conectada 4.0

2009

3

Avstriya

Industrie 4.0 Oesterreich

2009

4

Vengriya

IPAR4.0 National Technology Initiative

2009

5

Portugaliya

Indbstria 4.0

2009

6

SHvetsiya

Smart Industry.

2010

7

Germaniya

Industrie 4.0

2011

8

Janubiy Koreya

Creative economy

2013

9

Singapur

Smart Nation

2014

10

Yaponiya

Smart Japan ICT Strategy

2014

11

Qozog’iston

Raqamli Qozog’iston

2015

12

Kitay

Internet Plus

2015

13

Hindiston

Digital India

2015

14

Buyuk Britaniya

Digital Strategy

2017

15

Rossiya

“TSifrovaya ekonomika Rossiyskoy Federatsii”

2017

Axborot tizimi asosida shakllantirilgan ma’lumotlar bazalari Moliya vazirligining “Yagona ijtimoiy himoya reestri”, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Yagona mehnat tizimi”, Soliq qo’mitasining “Ijara” tizimi, Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar daftari”, Toshkent shahar hokimligining “Geoaxborot tizimi”, Xalq ta’lim vazirligining “attestat.edu.uz” tizimiga integratsiya qilish natijasida:

  • Moliya vazirligi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ta’lim krediti berilayotgan talabalar to’g’risidagi ma’lumotlarni olish;

  • Xalq ta’limi vazirligi bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga kirganligini monitoring qilish;

  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bitiruvchilarni ishga joylashish monitoringini yuritish;

  • Soliq qo’mitasining “Ijara” tizimi orqali ijara beruvchilar uchun talabalar bilan elektron shartnoma tuzish kabi imkoniyatlarga ega bo’ldi.

Respublikamizda raqamli texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan sohalar

  • Bank va moliya sohasi

  • Ichki ishlar va Adliya vazirligi

  • Ijtimoiy soha

  • Arxitektura va qurilish sohasi

  • Xizmatlar (mehmonxonalar) sohasi

Oliy ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanayotgan sohalar

  • DTM abiturientlar uchun qabul tizimi

  • Magistratura uchun qabul tizimi

  • O’qishni ko’chirish va tiklash hamda 2 - ta’lim qabul tizimi

  • QR – diplom tizimi

  • HEMIS - Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi

  • UzASBO – OTM hisobxonalari axborot tizimlari majmuasi

Andijon davlat universitetida qo’llanilayotgan axborot tizimlari

  • HEMIS - o’quv jarayoni uchun axborot tizimlar majmuasi

  • UzASBO – OTM Xisobxonalari axborot tizimlari majmuasi

  • www.adumarketing.uz axborot tizimi

  • Reja – moliya tizimi

  • Anketa – so’rovnoma axborot tizimi

  • dj.adu.uz – dars jadvali axborot tizimi

  • TTJAT – talabalar turar joyi avtomatlashtirilgan tizimi


1-diagramma



2-diagramma

  1. Talabalarni mustaqil ishlashi (Samostoyatelьnaya proizvoditelьnostь studentov)

  2. Axborot texnologiyalar bilan ishlash (Rabota s informatsionnыmi texnologiyami)

  3. Mustaыil adabiyotlarni ыidiruv zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash (Poisk samostoyatelьnoy literaturы i rabota s sovremennыmi texnologiyami)

  4. Auditoriyada bajariladigan ishlar

1, 2, 3-bandlar bular barchasi talabalarning (mustaqil ta’lim olishlari omillari (yo’nalishlar).
Raqamli texnologiyalarni qo’llanilgandan kegin, bevosita o’quvchilarga fanlarga nisbatan qiziqish paydo bo’ldi. Animatsion va vertual tarzda xodisa va qonuniyatlarni kuzatishga imkon berdi. Talabalarda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish darajasini oshirdi.
Raqamli texnologiyalarni joriy etish bu mamlakatimiz oldiga qo’yilgan ulkan maqsadlarga erishishning eng qisqa yo’lidir. Tizim ma’lumotga qanchalik ko’p ega bo’lsa, tahlil qilish orqali, hatto, kelayotgan xavf-xatarga ham oldindan tayyor turishimizni belgilab beradi. Ya’ni shaffoflikni ta’minlash bilan birga o’sishimizga ham xizmat qiladi [3].
Axborotlashtirish va IT-texnologiyalar sohasini rivojlantirish – O’zbekiston davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligi barchamizga ma’lum. Chunki ushbu sohalarning rivojlanishi xalqimizning turmush farovonligini oshirishga, mamlakatimizning iqtisodiy o’sishiga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan oliy ta’lim tashkilotlari uchun akademik va tashkiliy, shuningdek, moliyaviy mustaqillikning berilishi hamda kengashlar vakolatlarining kengayotgani ta’lim sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, sifatli ta’lim xizmatlarini ta’minlash va mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi salohiyatli kadrlar tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, hozirgi davrda jaxonda sifatli ta’lim berish va ta’lim olish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Chunki, sifatli ta’lim biz yashab turgan olamni turli muammolardan qutqarishda muhim rol o’ynashi endi xech kimga sir emas. Shu tufayli barcha rivojlangan davlatlar ta’lim sohasiga katta mablag’ ajratdi. Bu borada mamlakatimizda ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etilishi mamlakat ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda katta rol o’ynaydi.


Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin