Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


II-BOB. INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə13/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

II-BOB. INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
2.1. Informatika fanini o’qitishda raqamli texnologiyalar va zamonaviy interfaol metodlardan foydalanish metodikasi
Zamonaviy o’qitish jarayonini tashkil etish berilayotgan ma’lumotning nazariy saviyasiga talablarni oshirishga, ta’lim muassasalarida o’qishning dastlabki kunlaridan boshlab, o’quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishga, ularda fanlarning nazariy tushunchalarini hosil qilishga, umumlashtirish va mantiqiy mulohaza yuritish malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Hozirgi kunning talabi o’quv jarayonini o’quvchilarda faqat takrorlashga doir fikrlashni emas, ijodiy tafakkurni ham shakllantirishdan iborat. O’qitishning boshlang’ich davrida ta’lim mazmuni o’quvchilar tomonidan umumiy qonuniyatlarga binoan o’zlashtiriladi.
Ma’lumki, o’qitish bilimlarni o’zlashtirish va bilish yo’llarini tushunishni o’z ichiga oladi. Ta’lim - o’qishga rahbarlik qilish, o’quvchilarning bilish ishlarini boshqarishdir.
Ta’lim jarayonida bir qancha metodlar mavjud bo’lib, bu metodlar o’quvchilarning o’zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yordam beradi.
O’quv materialini o’zlashtirishning bir necha darajalari mavjud:
1. Esga olish, xotirada tiklash – o’zlashtirish darajasi;
2. Reproduktiv – o’zlashtirish darajasi;
3. Produktiv (unumli) – o’zlashtirish darajasi;
4. Ijodiy – o’zlashtirish darajasi.
Esga olish, xotiraga tiklash - o’zlashtirish darajasida har qanday o’rganilayotgan materialni izohlash yoki asoslash uchun zarur bo’lgan o’quv materiali (mazmuni) ning o’zlashtirilishidir. Bu materialdagi hodisalar yoki voqealar bir–biri bilan bog’lanishda va rivojlanishda bo’lib, albatta avvalgi o’rganilganlariga asoslanadi hamda uni takrorlash va esga olish yoki xotiraga tiklash lozim bo’ladi. Buning uchun materialni bayon qilishda ko’rgazmalilikdan foydalaniladi.
Reproduktiv – o’zlashtirish darajasida bir turdagi masala yoki mashqlar (savollar) ni namunaga (tayyor yechib ko’rsatilgan) qarab yecha olishga mo’ljallangan o’quv materialiga aytiladi.
Produktiv (unumli) o’zlashtirish darajasi deganda nostandart (standart bo’lmagan, namunasi bo’lmagan yoki namunaga o’xshash bo’lmagan), ya’ni berilgan turdagi mashq bilan bir xil turda bo’lmagan vazifalarni o’zlashtirishga aytiladi. Bunday materialni o’zlashtirish uchun o’quvchilarning ma’lum darajada o’ylashlari va fikrlashlari talab qilinadi.
Ijodiy o’zlashtirish darajasi (yoki qisman ijodiy) o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini turli holatlarda tatbiq eta olish, masala yechishning turli yo’llarini izlash(o’qituvchi ko’rsatmagan, aytmagan metodlar)ni qo’llashga asoslangan o’quv materialiga aytiladi.
Yuqorida keltirilgan esga olish va xotirada tiklash, reproduktiv, produktiv va ijodiy o’zlashtirish hamda ta’lim maqsadlari (ta’limning umumiyligi, tarbiyaviyligi va rivojlantirishligi) birlashib kompleks holda keladi.O’quv materialini o’zlashtirish darajalariga erishish uchun ta’lim jarayonida bir qancha metodlardan foydalaniladi.
O’qitish texnologiyasida asosiy e’tiborni dastlabki harakat obrazini shakllantirish uslubiga qaratishimiz lozim, chunki insonning har qanday ongli ravishdagi faoliyati ushbu harakatni bajarish uslubi to’g’risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Inson mahorati darajasi faoliyat to’g’risidagi axborotlarni o’zlashtirish bilan belgilanadi. Bizning ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan texnologiyamizda o’zlashtirilgan axborotlardan foydalanishning to’rt xil murakkablik darajali bo’lishi lozimligi ajratib ko’rsatilgan.
O’quv jarayonida qo’llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarining asosiy mezonlari quyidagilardir:
- o’qitiladigan o’quv materialini asosiy savollarga ajratish;
- o’quv materialidagi asosiy tayanch tushuncha va iboralarni keltirish;
- o’quv maqsadlarining (asosiy va identiv) qo’yilishi;
- har bir asosiy savol materialini o’zlashtirish bo’yicha to’rt xil murakkablik darajalaridagi nazorat topshiriqlarini yaratish;
- o’zlashtirishning “avtomatlashuvi” ko’rsatgichi;
- ta’limning yakunlanganlik mezoni.
O’zlashtirish darajalarini aniqlash uchun mos ravishda nazorat topshiriqlari ishlab chiqiladi. Nazorat topshiriqlari berilgan faoliyat turiga belgilangan vazifa va etalonni, yani harakatni to’g’ri, to’liq bajarish natijasini o’z ichiga oladi. Etalonga ko’ra nazorat topshiriqlari soni (R) aniqlanishi lozim.
O’quv muassasalarida ta’lim oluvchilar uchun fan mavzularidan nazorat topshiriqlarini berishda tanlangan topshiriqlar barcha tinglovchilar uchun bir xil bo’lmasligiga e’tibor berish kerak. Nazorat topshiriqlarining ko’rinishi o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga qarab tanlanishi maqsadga muvofiq, ya’ni o’quvchilar o’quv predmetidan olgan nazariy bilimi qay darajada o’zlashtirilganligini e’tiborga olib mos mashqlar oddiydan murakkabga qarab o’quvchilarga tavsiya qilinadi.
Nazorat topshiriqlarida quyidagi xususiyatlar bo’lishi talab etiladi:

  • har bir mashqning qiyinlik darajasi;

  • mashqning o’quvchilar uchun qiziqarliligi;

  • mashqlarning soddadan murakkabga qarab tanlanishi;

  • mashqlarning fanlararo bog’lanishi va hayotiyligi;

  • mashqlar mustaqil ish va uy vazifasi sifatida foydalanishga mo’ljallanishi.

Har bir tanlangan mashqni bajarish jarayonida kelib chiqadigan xulosalarni fikrlab hal qilishni ta’lim oluvchilarning o’zlariga tavsiya qilish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda ta’lim mazmunini differentsiallash muhim ahamiyatga egadir, chunki amaliy mashg’ulotlarda tanlangan mashqlar mazmunini ixtiyoriy ko’rinishdagi kasb egasiga zarur bo’lgan amaliy ko’nikma va malakaga asoslangan bilimlar minimumiga ega bo’lmog’i kerak.
Mazmunning bu qismi quyidagi maqsadlar bilan aniqlanishi mumkin:
- talabalar tomonidan axborot va ularning turlari, ularni yig’ish, saqlash, o’zgartirish, qayta ishlash hamda uzatish amallarini bajaruvchi axborot texnologiyalarining vositalari haqidagi tushunchalarni egallash;
- talabalar tomonidan o’zlarining tuzgan dasturlarini va mavjud standart amaliy dasturlar ta’minotini ishlata bilish ko’nikmalarini egallash;
- Windows operatsion tizimi bilan ishlash va uning imkoniyatlaridan foydalanishni bilish;
- kompyuterda turli amaliy dasturlar bilan ishlay olish malakalarini egallash;
- matnli va grafikli ma’lumotlar hosil qilish malakalariga ega bo’lish;
- bir necha dastur va unda tayyorlangan ma’lumotlar ustida nusxa olish, hujjatlarni bir-biriga birlashtirish va h.k. kabi bilim, malaka va ko’nikmalarini hosil qilish;
- kompyuterda turli taqdimotlar yarata olish malakasiga ega bo’lish.
Ta’lim mazmunining boshqa qismi (barcha talabalar uchun o’rganish majbur bo’lmagan) dastur yaratish, kompyuterning turli xil operatsion tizimi va uning amaliy dasturlarining boshqa imkoniyatlari bilan tanishish kabi zarur bo’lgan bilimlar tizimi va amaliy ko’nikmalarini o’z ichiga olishi zarur.

Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin