Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Shaxsga yo’naltirilgan ta’limining



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə15/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

Shaxsga yo’naltirilgan ta’limining asosiy tamoyili ta’lim markazida talaba (o’quvchi) qo’yiladi.
Ta’lim samaradorligini oshirishda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim muhim hisoblanib u quyidagilarga asoslanadi:
- shaxsning xususiyatlariga;
- uning oldingi tajribalariga;
- aqliy xususiyatlariga;
- ta’lim jarayoniga mos taxnologiyalarni tanlashga.
Hamkorlikda ta’lim olish metodi ta’lim samaradorligini oshirish usullaridan biri bo’lib, uning asosiy g’oyasi turli o’quv holatlarida talaba (o’quvchi)larning faol o’quv faoliyatlari uchun sharoit yaratish ya’ni talabalar uchun ma’lumotlarning axborot banki, nazorat-sinov banki, masofadan turib ta’lim olish, mustaqil ishlarni to’g’ri tashkillashtirish kabi muammolarning yechilishida qo’l keladi.
Ta’lim samaradorligini oshirishda ta’lim maqsadlari, metodlari, mazmuni, shakli, vositalari va jarayonlariga yangicha yondashuv asosida fanlarning integrallashuvi va sintezlashuvi ma’lum maqsadlarga yo’naltirilganligi uchun loyihalash metodiga tayanadi. Loyiha metodi asosiy e’tiborni kasbni egallashda kerakli shaxsiy qobiliyatlar va ko’nikmalarni o’rganishga qaratadi, loyiha, o’rganish jarayonida nazariya bilan amaliyotni bog’lashi, o’quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirila oladigan, mehnatni tashkil etishga va amalga oshirishga yordam beradigan bo’lmog’i lozim. Loyiha usulining asosiy maqsadi topshiriqni bajarish uchun kerakli barcha bilim va ko’nikmalar jarayon davomida o’rganilishi darkor, bunda o’quvchilar berilgan topshiriqni bajarishda vazifalarni o’zaro taqsimlab, loyiha guruhi sifatida mustaqil ravishda rejalashtirishdan boshlab to amalga oshirish va xulosa chiqarishga qadar birgalikda ishlashadi.
Zamonaviy ta’limning samaradorligini aniqlash maqsadida o’tkazayotgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki ta’limda belgilangan maqsadlarga erishish darajasi talaba aqliy faoliyatining qanchalik o’sganligi bilan o’lchanadi.
Talabaning bilish jarayonidagi faoliyati faollashivuni o’qituvchi tomonidan tashkillashtirish deganda talabalarning o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini nazorat qilish usullari va metodlaridan foydalanishga asoslangan o’quv materialini mustaqil, faol, maqsadli yo’naltirilgan shaklda o’rganish tushuniladi.
Ta’limda kutilgan natija pedagog va talaba (o’quvchi) orasidagi munosabatga ko’proq bog’liq bo’lganligidan, bu munosabatlar bilan bog’liq muommalarni yechishga hizmat qiluvchi hamkorlik pedagogikasining rivojlanishiga ehtiyoj kuchaymoqda.
Ta’lim maqsadlariga erishishda pedagog va talabaning hamkorlikda faoliyat ko’rsatishi uchun o’rganilgan asosiy omillar quyidagilardir:
- samarali ta’limda pedagog va talabaning bilimi hamda malakasining o’sishini ta’minlash;
- talaba (o’quvchi) bilim olishiga ehtiyojining oshishi uning bilim olish faoliyatining faollashuviga, o’z navbatida o’qituvchining ham o’z ustida ishlashi va malakasining o’sishiga;
- talaba(o’quvchi)larning kichik guruhlarda ta’lim olishini modellashtirishga;
- talaba (o’quvchi)larning o’z-o’zining faoliyatini boholashga sharoit yaratish.
O’tkazilgan nazariy va amaliy tadqiqotlarga asoslanib, informatika fanini samarali o’rganish bo’yicha quyidagi xulosalarni berish mumkin:
- o’rganish rag’batlantirilishi kerak (maqtov orqali);
- o’quvchilar o’zlarining o’rganishdagi yutuqlari haqida xabardor bo’lsalar, qiziqtirish kuchaytiriladi;
- o’rganishning faol davrlarini tashkil qilish kerak;
- o’rganish o’tayotgan davrda ko’pgina qulay holatlarni qo’llash, o’quv vaziyatlarini o’zlartirib turish kerak;
- o’quvchilar qancha ko’p faol bo’lib o’rganishsa, o’zlashtirish davomli va muvaffaqiyatli bo’ladi, o’rganishning interaktiv usullaridan foydalanish va guruhiy o’rganishni o’tkazish kerak;
- o’quv jarayonida yordamchi usullarni qo’llsh orqali o’rganish samarasini oshirish mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimida informatika fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirishda ta’lim mazmuni va sifati nazoratini olib borish muhim ahamiyatga ega. Bunda ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagoglari quyidagilarni bilishi zarur:
- boshqaruv mexanizmini ilmiy asosda to’g’ri tashkil etish;
- ta’limda sifat tushunchasi;
- ta’limda sifat nazoratini tashkil etish;
- ta’lim sifatini belgilovchi omillar;
- sifatni baholash mezonlari;
- sifat nazoratini olib boruvchilar (sifat komissiyasi);
- nazorat monitoningi va uning yuritilishi;
- yakuniy natijalarni baholash va qo’shimcha tadbirlar belgilash.
Ta’limda sifat - qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilayotgan ishlarning nazorati va baholash bo’yicha olingan natijalarning monitoringi.
Qaysi ta’lim muassasisida boshqaruv mexanizmi ilmiy asosda to’g’ri tashkil etilgan bo’lsa, ta’lim muassasasi rahbariyatining bosh vazifalaridan biri bo’lgan ta’lim mazmuni va sifat ko’rsatgichlarini oshirishga qaratilgan rejalari aniq maqsadlarga yo’naltirilgan bo’lsa, shu ta’lim muassasasida ta’limning sifat nazoratini tashkil etish va uning monitoringini olib borish mexanizmlari ham ishlab chiqilishi lozim. Buning uchun ta’lim muassasasi rahbariyati ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan asosiy vazifalarni ishlab chiqish va ushbu vazifalarning bajarilishi monitoringini olib borish uchun sifat komissiyasi tuziladi.
Ta’lim sifatini belgilovchi omillardan kelib chiqqan holda ta’lim sifatini baholash mezonlarini ishlab chiqadi va shu mezonlar asosida ta’lim sifatini baholab boradi, duch kelinayotgan muammolar bo’yicha qo’shimcha tadbirlar belgilaydi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagogik jamoasi tomonidan ta’lim sifatini belgilovchi omillar aniqlab olinadi.
Ta’lim sifatini belgilovchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- DTS, o’vuv reja, o’quv dasturlar;
- darslik, o’quv qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatmalar, ularning elektron ko’rinishlari, elektron darsliklar;
- o’qitishning texnik va multimedia vositalari;
- laboratoriya va multimedia jihozlari;
- fan bo’yicha nazariy darslar;
- fan bo’yicha didaktik materiallar;
- o’qituvchi-pedagoglar;
- o’quv va pedagogik amaliyoti va hokazo.

Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin