Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Oliy ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə11/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

Oliy ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish:
Raqamli universitet loyihasining asosiy maqsadlari:

  • OTM faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

  • oliy ta’lim tizimida o’quv, ilmiy, ma’muriy va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish;

  • oliy ta’lim tizimida byurokratik to’siqlar yuzaga kelishining oldini olish va moliyaviy harajatlarni qisqartirish;

  • OTM, talaba va ish beruvchi tashkilotlar o’rtasida uzviylikni ta’minlash v.b.

Raqamli universitet loyihasi
Ta’lim jarayoniga oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog’oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimini raqamlashtirish maqsadida Raqamli universitet loyihasi doirasida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi” (HEMIS — Higher Education Management Information Systems) ishlab chiqildi. Ushbu axborot tizimi “Ma’muriy”, “O’quv”, “Ilmiy” va “Moliyaviy” jarayonlarini boshqarish modullarini o’z ichiga oladi.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab bosqichma-bosqich oliy ta’lim muassasalarida joriy etish orqali:
“O’quv jarayoni” modulida guruh jurnali, dars jadvali, imtihonlar jadvallari, talabaning reyting daftarchasi, o’zlashtirish qaydnomalari, davomat hisobotlari, diplom va akademik ma’lumotnomalar raqamlashtirildi;
“Ma’muriy jarayoni” modulida oliy ta’lim muassasasi strukturasi, talabalar kontingenti va ularning harakati, professor-o’qituvchilar tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlarni yuritish hamda hisobotlarni tayyorlash raqamlashtirildi;
“Ilmiy jarayon” modulida professor-o’qituvchilarning ilmiy loyihalari, maqolalari va ilmiy-uslubiy nashrlari, ilmiy izlanuvchilar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda o’qituvchilar va kafedralarning ilmiy reytingini baholash masalalari raqamlashtirilmoqda;
“Moliyaviy jarayon” modulida talabalarning QR-kodli to’lov-shartnomalarini shakllantirish, talabalarga elektron ko’rinishda taqdim etish, shartnoma to’lovlari monitoringini yuritish, talabalarga stipendiya belgilash to’g’risidagi ma’lumotlar tizim orqali amalga oshiriladi. Moliya vazirligining “O’zASBO” axborot tizimi bilan axborot almashinuvi yo’lga qo’yiladi.
2021/2022 o’quv yilidan boshlab barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida talabalar o’quv varaqasi, reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma, dars jadvali, davomat va o’zlashtirishga oid ma’lumotlar, to’lov-kontrakt shartnomalari raqamlashtirildi.
1.3.1-jadval.

Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin