Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


“Informatika” fanidan talabalarning bilim olishlariga oid didaktik materiallaridan foydalanishning pedagogik asoslari



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə6/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

1.2. “Informatika” fanidan talabalarning bilim olishlariga oid didaktik materiallaridan foydalanishning pedagogik asoslari
Talabalarning fanlarni mustaqil o’zlashtirishida ma’ruza mashg’uloti asosiy o’rinni egallaydi. O’qitishning qiyin masalalaridan biri talabalarda ma’ruza eshitish jarayonida diqqatlilik va faollik ko’nikmalarini shakllantirishdir.
Ma’ruza qiziqarli, samarali, mantiqan to’g’ri tuzilgan va muammoli vaziyat tug’dirishga mo’ljallangan bo’lishi lozim. Ma’ruza mobaynida imkoni boricha talabalar ma’ruza materiallarini o’zlashtirishga harakat qilishi lozim.
Pedagogikada talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan qator o’qitish metodlari ma’lum, ular qatoriga muammoli o’qitish, kontekst o’qitish, ish faoliyatini ifodalovchi o’yinlar, rollar bajarish va boshqalarni kiritish mumkin. Ammo bunday o’qitish metodlaridan o’quv jarayonida keng foydalaniladi deb bo’lmaydi, chunki har bir mashg’ulotga tayyorgarlik o’ziga xos pedagogik izlanishni, yuksak kasbiy mahoratni, ijodiy yondashuvni va ko’p vaqtni sarflashni ko’zda tutadi va talab etadi. Bir so’z bilan aytganda, har bir bunday mashg’ulot stsenariysi o’ziga xos xususiyatga ega va qaytarilmaydigan jarayondir.
Ma’ruza mashg’ulotlarini tashkil etishning bir-biridan tubdan farq qiluvchi uch xil yondashuv mavjud: og’zaki-illyustrativ, texnologik va izlanuvchi-ijodiy.
Og’zaki-illyustrativ yondashuv, asosan o’qituvchining axborot berishi, talabalarning qabul qilayotgan bilimini to’plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanib, u an’anaviy metod hisoblanadi.
Talaba tomonidan olingan bilimlarni amalda qo’llash ko’nikmalari sinov va imtihonlarda tekshirib ko’riladi, ya’ni talaba xotirasidagi bilimlarga qaratilgan to’g’ridan-to’g’ri savollarga javoblar ifoda etiladi.
Bu tizimdagi bilimlar «Informatika va axborot texnologiyalari» fanida asosiy tushunchalarni talabalarning esda saqlab qolishi natijasi hisoblanadi. SHu sababli, o’qituvchining asosiy vazifasi zaruriy axborotni ma’lum qilish va uni xotirada mustahkamlash ustida ishlashdir.
Ta’limda og’zaki-illyustrativ yondashuv juda katta tajribadan o’tgan va qismlarga ajratilib ishlab chiqilgan bo’lsada, uni tashkil etish hanuzgacha takomillashuvda davom etmoqda. Bu takomillashuvning imkoniyatlari cheklanganligi yondashuvning o’ziga qo’yilgan tamoyillaridadir. Jadal suratlar bilan o’sib borayotgan fan va texnika talablari, ta’lim tizimidagi islohatlar, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma’lumot olish istaklarini qondirishga bo’lgan jamiyat ehtiyojlari o’qitish metodlari o’rtasida ziddiyatlar tug’ilishiga olib kelmoqda.
Ta’limga texnologik yondashuvning umumiy xarakte-ristikasini (qismlarga ajratmagan hollarda) ta’limning reproduktiv darajasi sifati misolida qaraymiz. Bunday variantning tanlanishi M.V. Klarinning tadqiqot ishida o’z aksini topgan [6].
Ma’lumki, reproduktiv ta’lim talabalarning yod olingan va o’zlashtirgan bilimlariga tayanadi. SHuni ta’kidlash joizki, xattoki talabalardan bir xil vaziyatda bo’lmagan vazifalarni hal etish ko’nikmalarini talab etuvchi ma’lum qoidalar kombinatsiyasi asosida yechimning yangi sub’ektiv algoritmini ishlab chiqish zarur bo’lgan o’zlashtirishning produktiv darajasi ko’zda tutilgan taqdirda ham reproduktiv element ko’plab o’quv predmetlarining ichiga kirib borgan. Pedagogik texnologiya doirasida reproduktiv darajasidagi ta’limga asoslangan ma’ruza mashg’uloti aniq qayd etilgan va qismlari tavsiflanib, kutilgan natijalari bilan asl holiga qaytarish lozim bo’lgan konveyrli jarayon sifatida ko’riladi.
Ma’ruza matni aniq qayd etilgan o’quv maqsadiga mos holda tuzilgan, maxsus qismlarga ajratilgan o’quv materialini tavsiya etishning al’ternativ yo’llarini ko’zda tutadi va o’quv ishlari yuqori natijalarga erishishiga qaratilgan. Bunday yo’naltirilganlik mashg’ul bo’lish, musobaqalashish va o’zaro yordamlashish elementlaridan holi emas, shuning uchun u talabalarda minimal, ya’ni o’zlashtirishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni egallatish jarayonida ko’prok samara beradi. Texnologik yondashuvni ma’ruza mashg’ulotlarida qo’llash o’qituvchi tomonidan qo’yilgan o’quv maqsadlariga kafolatli erishish imkonini beradi.
Ta’limga izlanuvchi-ijodiy yondashuvdagi maqsad-talabalarda ma’ruza matnidagi muammolarni hal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani mustaqil o’zlashtirish qobiliyatlarining shaxsiy ma’no kasb etishini rivojlantirishdan iboratdir. Bunday yondashuv ta’lim mazmuni shaxsni tadqiqotchilik yo’liga boshlash va uning jadal ijodiy faoliyati xarakteri bilan bog’liq.
SHuni ta’kidlab o’tish joizki, pedagogikada ham texnologik, ham izlanuvchi-ijodiy yondashuvlar zarur, ularning har bir ma’ruza matnlarida qo’llanishi bo’yicha o’z o’rniga ega, shu jihatdan ularning optimal ravishda birga qo’shib olib borilishi, bizningcha, maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunga qadar rivojlangan mamlakatlarda ta’limning turli darajalari uchun pedagogik texnologiyaning andozalari ishlab chiqilgan. Jumladan, T.V.Talnikova va A.G. Tyuringlar ma’ruza mashg’ulotlarida talabalar mustaqil faoliyatini jadallashtirish o’qituvchidan faqatgina yuqori malakani emas, balki chuqur didiaktik bilimga ega bo’lishni ham talab etadi deb qarashadi. SHu bilan birga ma’ruza mashg’ulotlari davomida talabalar mustaqil ishlashlarini tashkil etish metodikasi va undan ko’zlangan maqsadlar haqida o’z fikrlarini bayon etadilar. Ular ta’kidlashicha, har bir o’qituvchi ma’ruza mashg’uloti konspektida asosiy materiallarga mos muammoli savollar, rasmlar, grafiklar, muhokama uchun topshiriqlar, tavsiya etilgan darsliklardagi mavzular bo’yicha savol va izohlar bilan boyitilsa hamda har bir ma’ruza uchun ko’rgazmali qurollar tayyorlangan holda dars mashg’ulotlari olib borilsa, talabalarning fanni o’zlashtirishiga yanada imkoniyat yaratiladi [ ].
Bundan ko’rinib turibdiki, ular tomonidan taklif etilayotgan metodika hozirda zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan foydalanib o’qitish samaradorligini oshirishning yana bir usullaridan biri hisoblanadi.
Pedagogikada ta’lim darajalari talabalarning o’quv materiallarini ruhiy jihatdan qay yo’sinda o’zlashtirishlarini aniqlashga yordam berib, ular:
- axborotni bilish, yod olish va so’zlab berish;
- reproduktiv fikrlash;
- produktiv fikrlash;
- izlanuvchi-ijodiy fikrlash imkoniyatlarini beradi.

Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin