Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Tadqiqotning nazariy ahamiyati



Yüklə 279,06 Kb.
səhifə4/24
tarix02.09.2022
ölçüsü279,06 Kb.
#63391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Diss tayyor 2022 M.Usmonova

Tadqiqotning nazariy ahamiyati. Olingan natijalar informatika fanini o’qitish darslarini nazariy jihatdan boyitishga yordam beradi.
Tadqiqotning ilmiy farazi: informatika fanini o’qitishda raqamli texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanilsa, ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishish mumkin, agarda:
- mazkur bosqichda ta’limni tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuv qaror topsa:
- informatika fanini o’qitishda o’qitishning raqamli texnologiyalar va interfaol metodlardan o’rinli foydalanilsa, unga qo’yiladigan talablarga erishilsa;
- yuqoridagi fikrlarini amaliyotga tatbiq etilishiga erishilsa.
Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati. Olingan ma’lumotlar, xulosa va amaliy tavsiyalardan informatika fani darslarini o’qitishda o’qituvchi va ta’lim oluvchi shaxslar bilan amaliy ish olib borishda foydalanishlari mumkin. Informatika fani darslarining samaradorligini oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalarni qo’llashda o’qitishning raqamli texnologiyalar va interfaol metodlaridan samarali foydalanish va turli o’quv-uslubiy qo’llanmalarni yaratishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Himoyaga olib chiqiladigan holatlar:
1. Informatika fanini o’qitishda o’qitishning raqamli texnologiyalar va interfaol metodlaridan foydalanishning ahamiyati, o’rni – dolzarb muammo ekanligi.
2. Informatika fanini o’qitishda o’qitishning raqamli texnologiyalar va interfaol metodlarining xususiyatlari va ularga qo’yiladigan talablar.
3. Informatika fanini o’qitishda o’qitishning raqamli texnologiyalar va interfaol metodlaridan o’rinli foydalanishning ahamiyati, o’rni – yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar.
Tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishi. Tadqiqot ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
Birinchi bob “Informatika fanini o’qitish jarayonida raqamli texnologiyalariga asoslangan interfaol metodlaridan foydalanishning pedagogik asoslari” deb nomlangan.
Bunda ta’lim jarayonida qo’llaniladigan metodlarning ilmiy-nazariy asoslari va unga nisbatan qo’yiladigan talablar hamda didaktik materiallaridan foydalanishning pedagogik asoslari majmui kabi masalalar xususida fikrlar berilgan.
Birinchi bob bo’yicha xulosalar keltirilgan.
Ikkinchi bob “Informatika fanini o’qitishda raqamli texnologiyalar va zamonaviy interfaol metodlardan foydalanish” deb yuritiladi. Unda o’qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan samarali foydalanishda o’qituvchiga qo’yiladigan talablar, omillar atroflicha tahlil qilib berilgan. Informatika fani darslarida interfaol metodlarini qo’llashda o’qitishning zamonaviy shakl va metodlarining samarali jihatlari yoritilgan.
Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar keltirilgan.
Uchinchi bob “Tajriba - sinov ishlarini o’tkazish va natijalar tahlili” deb yuritilgan. Unda pedagogik tajribani tashkil qilish va o’tkazish metodikasi, tajriba-sinov natijalarining tahlili keltirilgan. Shuningdek, informatika fani darslarida interfaol metodlarini qo’llashda informatika o’qitishning tashkiliy shakllari, ta’lim usullari va ularga qo’yiladigan zamonaviy talablar, muammoli ta’lim jarayonini tashkil etish va loyihalashtirishning samarali jihatlari yoritilgan.
Tadqiqot ishining natijasi sifatida informatika fani darslarida o’qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalanishning uslubiy ishlanmasi tayyorlandi. Ularninig ta’limiy, tarbiyaviy ahamiyati baholandi. Tadqiqot ishining amaliy jihati shundan iborat bo’ldi-ki, informatika fani darslarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’qitishning loyihasi tayyorlandi. Unga asoslanib o’tkazilgan darslarda o’quvchi va o’qituvchi hamkorlik qilishga hamda juda faol ishtirok etishga sharoit yaratildi. Darslarni muammoli tarzda o’tkazish shart-sharoiti ishlab chiqildi. Bir qancha interfal metodlardan foydalanishning tartibi va bu ishlarni amalga oshirishda o’qitishning zamonaviy shakl va metodlarining ahamiyati, o’rni ko’rsatib berildi.


Yüklə 279,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin