1.1 rasm Poyaning birlamchi ichki tuzilishi
Birlamchi pо‘stloq asosiy parenxima tо‘qimasidan tashkil topib, tashqi qavatidagi hujayralarida xloroplatlar ham kuzatiladi.
Kupchilik о‘simliklarda birlamchi pо‘stloq tarkibiga mexanik tо‘qima kollenxima ham kiradi. Sklerenxima kamdan-kam hollarda uchraydi. Birlamchi pо‘stloqning ichki hujayralari endoderma halqasini hosil qiladi.
1.2 rasm. Markaziy silindr endoderma
Markaziy silindr endoderma bilan chegaralangan peritsikl, о‘tkazuvchi elementlar sistemasi va о‘zakdan tashkil topgan. Peritsikl birlamchi yon meristema hisoblanib, u kambiy hujayralari, qо‘shimcha ildizlar yoki kurtaklani hosil qiladi. Kо‘pchilik о‘simliklarda peritsikl butunlay mexanik tо‘qima yoki asosiy tо‘qima hujayralariga ajralib ketadi. Markaziy silindrning о‘tkazuvchi elementlari о‘sish konusidagi maxsus qism, prokambiydan rivojlanadi. Prokambiy birlamchi meristemaning ba’zi hujayralarini bо‘yiga bо‘linish natijasidan kelib chiqadi. О‘ziga xos ingichka va chо‘ziq, quyuq, donador sitoplazma bilan tо‘lgan hujayralar tо‘dasi paydo bо‘lib, ular poyaning markaziga qarab birlamchi yog‘ochlik elementlari, chekkalarda esa birlamchi lub elementlarini hosil qiladi. Markaziy silindrning ichki qismi о‘zakni tashkil etuvchi parenxima tо‘qima hujayralaridan iborat. О‘zakning bо‘lishi poyaning ildizdan farq qiluvchi xarakterli belgisidir. Poyaning о‘zak qismi parenxima hujayralaridan tashkil topgan.U birlamchi о‘zak nurlari orqali birlamchi pо‘stloq bilan bog‘lanadi. О‘zak ba’zi о‘simliklarda qisman yoki butunlay yemirilib ketadi. Bunda poyaning о‘rtasi bо‘shliqdan iborat bо‘lib qoladi. О‘sish konusida prokambiy turlicha shakllanishi mumkin. Uning shakllanishi va keyingi taraqqiyoti bir pallali о‘simliklar poyalarining о‘tkazuvchi boylamlarini tuzilishi va joylashish xarakterini belgilaydi.
Poya novdaning asosiy о‘q qismi bо‘lib, uchki va yon meristema xisobiga о‘sadi. U kо‘p sonli bо‘g‘imlardan va bо‘g‘im oraliqlaridan tashkil topgan. Bо‘g‘imlarning uzunasiga qarab poyalar qisqargan yoki uzun bо‘lishi mumkin. Ba’zida qisqargan poyalar faqat bitta bо‘g‘imdan iborat bо‘lishi ham mumkin.
О‘simliklarning poyalari kо‘pincha silindirsimon shaklda bо‘lib, unda tо‘qimalar radial simmetriya holatida joylashadi. Lekin kо‘pchilik о‘simliklarning poyalari kо‘ndalang kesimda uchburchakli, tо‘rt burchakli yoki kо‘pburchakli hattoki yassi, qanotchali bо‘lishi ham mumkin.
Poyaning asosiy vazifasi о‘tkazuvchanlik va tayanchdir. U barg hamda ildizni bir-birlari bilan bog‘laydi. Kо‘pchilik о‘simliklarning poyalarida oziq moddalar tо‘planadi. Epidermasining tagida xlorenxima tо‘qimasi joylashgan yosh poyalar esa fotosintez jarayoniga qatnashadi.
Daraxtsimon va о‘tsimon о‘simliklarning poyalari yoshlari bilan farq qiladi. О‘tsimon о‘simliklarning poyalari mavsumga bog‘liq holda bir yil, kamdan kam ikki-uch yil yashaydi. Daraxtlarning poyasi kо‘p yil yashaydi. Daraxtlarning asosiy poyasini tana deyiladi.
Poyalarning anatomik tuzilishi bajaradigan vazifasiga kо‘p jihatdan bog‘liq bо‘ladi. Poyada о‘ta murakkab tо‘qimalar sistemasi rivojlanib barcha organlarni о‘zaro bog‘laydi. Mexanik tо‘qimalar poyaning tayanchi hisoblanadi. Poya va novda doimo о‘sib yangi organlarni hosil qilib turadi, shuning uchun ularning о‘sishini “ochiq” sistema deb qaraladi.
Poyada ham ildiz kabi meristemalar tizimi mavjud bо‘lib, poyaning bо‘yiga va eniga о‘sishini ta’minlaydi. Lekin poyaning apikal meristemasidan tо‘qimalar doimo ketma-ket akropetal ravishda hosil bо‘lmaydi va shu bilan ildizdan farq qiladi. Bu holatni shunday tushuntirish mumkin, poyaning apeksida ketma-ket boshlang‘ich barglar paydo bо‘lib, erta bо‘g‘imlar shakllanadi, lekin bо‘g‘im oraliqlarini rivojlanishi esa kechikadi. Kо‘pincha yosh bо‘g‘imlar asosidagi interkalyar meristemaning qoldig‘idan hosil bо‘ladigan doimiy tо‘qimalar va bо‘g‘im oraliqlarining о‘sishi ancha uzoqqa chо‘ziladi. Masalan, bir urug‘pallali о‘simliklarda apikal meristemasi juda erta tо‘pgul hosil qilishga sarf bо‘ladi, poyaning о‘sishi interkalyar meristema hisobiga bо‘ladi. Shunday qilib о‘simlik poyasiga: apikal, yon va interkalyar meristemalar tizimi xosdir.
Poyalarning apikal meristemasidan protoderma va prokambiy tо‘qimalari hosil bо‘ladi, ulardan keyinchalik epiderma va о‘tkazuvchi tо‘qimalar paydo bо‘ladi. Sо‘ngra prokambiy bilan protoderma oralig‘idagi meristema poyaning birlamchi pо‘stlog‘iga aylanadi, prokambiydan ichkaridagi asosiy meristemadan poyaning о‘zagi hosil bо‘ladi. Poya о‘sa boshlaganda apikal qismidagi birinchi barg boshlangichi (primordiya) bilan bir tekislikda initsial hujayralarning doirasi kо‘rinadi va undan prokambiy paydo bо‘ladi. Prokambiyning xolatiga barg boshlangichlari kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Prokambiy poyaning apikal qismida turlicha: xalqasimon yoki grux-grux bо‘lib, joylashishi mumkin.
Poya birlamchi meristemalarning faoliyati natijasida birlamchi tuzilishga ega bо‘ladi. Poyaning birlamchi tuzilishi uzoq vaqt saqlanishi mumkin, agar prokambiydan ichkarida kambiy hosil bо‘lmasa: agar poyada kambiy paydo bо‘lsa undan ikkilamchi tо‘qimalar hosil bо‘lib, poya ikkilamchi tuzilishga о‘tadi. Poya yо‘g‘onlashib borgan sari epiderma va birlamchi pо‘stloq hujayralari о‘lib, о‘rniga ikkilamchi koplovchi tо‘qima periderma paydo bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |