1.2 Poyada birlamchi tо‘qimalarning joylanishi. Birlamchi tuzilishga ega bо‘lgan poya tashqi tomonidan tarkibida og‘izchalari bо‘lgan epiderma bilan qoplanadi. Epiderma tagida birlamchi pо‘stloq va markaziy silindr joylashadi. Poyada tо‘qimalarning joylashishi turlicha bо‘ladi (55-rasm). Birlamchi pо‘stloq tarkibiga: xlorenxima, mexanik tо‘qima, parenxima, ajratuvchi tо‘qima va boshqa bir qancha tо‘qimalar kirishi mumkin. Xlorenxima fotosintezga qulay bо‘lishi uchun epiderma tagida joylashib, kollenxima yoki sklerenxima bilan navbatlashib kelishi mumkin.
Poyaning markaziy silindri ancha murakkab tuzilishga ega. Poyaning yosh qismida birlamchi о‘tkazuvchi tо‘qimalar, о‘tkazuvchi naylar bog‘lamini hosil qiladi. Bog‘lamlar parenxima hujayralari bilan bir – birlaridan ajralib turadi. Birlamchi ksilema о‘zakning yonida, birlamchi floema esa ksilemadan tashqarida pо‘stloqning yonida joylashadi. Ba’zida poyada ichki floema ham paydo bо‘lib, ksilema bilan о‘zak urtasida joylashadi. Ichki floema boylam tarkibiga ham kirishi (qovoq poyasi) yoki ayrim boylam hosil qilishi mumkin, ba’zida tutash xalqa hosil qilishi ham mumkin.
Ba’zi о‘simliklarda tashqi floemaning о‘tkazuvchi elementlari bilan pо‘stloq oralig‘ida tolalar paydo bо‘ladi. Tolalar tutash halqa tarzida yoki guruh-guruh bо‘lib bog‘lamlar yaqinida shakllanadi bunday bog‘lamlarga naytolali bog‘lamlar deyiladi. Tolalar birlamchi floemalardan paydo bо‘ladi.
О‘tkazuvchi tо‘qimalardan ichkarida parenxima hujayralaridan tashkil topgan о‘zak yotadi. Ba’zida о‘zak hujayralarida oziq moddalar tо‘planadi yoki hujayralar oralig‘ida ideoblastlar paydo bо‘lib tanin, shilimshiq va boshqa moddalarni saqlaydi, ba’zida havo bо‘shliqlari paydo bо‘ladi.
Barglar bilan poyaning о‘tkazuvchi tо‘qimalarining о‘zaro bog‘lanishi. Barglarning о‘tkazuvchi tо‘qimalari poyalarga о‘tib davom ettiradi. Novdaning о‘tkazuvchi tо‘qimalari apeksida – metamerlar (barg, bо‘g‘im, kurtak) shakllangan vaqtdan boshlab paydo bо‘ladi. Rivojlanayotgan bargning prokambiy bog‘lamlari poya bо‘g‘imi orqali о‘tib, markaziy silindirdagi bog‘lamlar bilan qо‘shiladi va sintetik bog‘lamlarni hosil qiladi. Hosil bо‘lgan bog‘lamlarda kambiy jadal ishlaydi. (56-rasm). Bо‘g‘imlarning anatomik tuzilishini turlicha bо‘lishi barglardagi prokambiy bog‘lamlar soniga va bо‘g‘imlarda ularning qо‘shilishiga bog‘liq bо‘ladi. Poyaning markaziy silindriga kirgan barcha barglarning bog‘lamlari barg izlari deb ataladi. Barg izlarini uzunligi barg asosidan poyaning markazi silindriga kirganga qadar bо‘lgan masofa bilan о‘lchanadi. Ba’zida barg izlari tez markazi silindrga kiradi, ba’zida bir necha bо‘g‘imlargacha tushib keyin о‘tkazuvchi tо‘qimalari bilan birlashadi.
Barg izlari 1-2-3 yoki kо‘p bog‘lamli bо‘lishi mumkin. Bog‘lamlar poyaning о‘q qismiga, bо‘g‘imlarning parenximasi orqali kiradi va barg lakuni deb ataladi. Lakunlarni soniga qarab bо‘g‘imdagi barg izlari 1-2-3 va boshqa lakunli bо‘lishi mumkin. Bо‘g‘imlarda barg va poyalarning о‘tkazuvchi tо‘qimalarning о‘zaro bog‘lanishi turlicha bо‘lishi bir qancha sabablarga bog‘liq: 1) barglarning poyada joylashishiga; 2) barglarning katta kichikligiga; 3) tomirlanish tiplariga. Bо‘g‘imlarda barglar va poyaning о‘tkazuvchi sistemasini о‘zaro bog‘lanishini о‘rganadigan fanga nodal anatomiya deb ataladi. Nodal anatomiya о‘simliklarning oilasi va turkumi uchun mustahkam belgi bо‘lib о‘zaro qarindoshliklarini aniqlashga yordam beradi. О‘tkazuvchi naylar-barg izlari poyaning yuqori qismida halqa shaklida joylashadi. Sintetik bog‘lamlarda kambiy jadal ishlaydi.