Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə2/9
tarix01.04.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#92278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
202 Poyaning ikkilamchi anatomik tuzilishi

Predmeti obekti. Kurs ishini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalari:
- О`simliklarning hujayraviy tuzilishi, tо`qimalar tasnifi, vegetativ organlarining ichki va tashqi tuzilishlari, generativ organlarning tuzilishi, о`simliklarning jinssiz, jinsiy va vegetativ kо`payishlari, tuban va yuksak о`simliklar sistematikasi, ularning asosiy sistematik guruhlari, oila, turkum va turlarini farqlay bilishi, о`simliklarning hujayraviy tuzilishi, о`simlik hujayrasining fiziologiyasi, о`simliklarda suv almashinuvi, fotosintez, oziqlanish, nafas olish, о`sishi va rivojlanishi haqida tasavvurga ega bо`lishi;
Kurs ishining amaliy ahamiyati. О`zbekiston xududida keng tarqalgan о`simliklarning sistematik belgilariga asosan olgan nazariy va amaliy bilimlarga asoslangan hamda bо`lim, sinf, oila, turkum va turlarning о`ziga hos xususiyati tarqalishi va tabiatdagi va xalq xо`jaligidagi ahamiyati kabi xususiyatlarini tо`g`ri aniqlash, turli xil sharoitlarda о`simlikning hayotiy faoliyatini, moddalar almashinuvining qonun va qonuniyatlarini о`ziga hos xususiyati, tarqalishi, tabiatdagi va xalq xо`jaligidagi ahamiyatini bilishi va ulardan foydalish;
- Olingan bilimlar asosida о`simliklarning hujayraviy tuzilishi, tо`qimalari, vegetativ va generativ organlari, sistematik guruhlarini ilmiy asosda taxlil qilish, amaliyotda qо`llay bilish, о`simliklarda kechadigan turli fiziologik jarayonlarni о`rganish kabi masalalarni ilmiy asosda taxlil qilish, amaliyotda qо`llay bilish kо`nikmalariga ega bо`ldish.
Ish hajmi. 27 bet, 2 ta bob, kirish, xulosa va adabiyotlardan tashkil topgan.


I BOB POYANING TUZILISHI.
1.1 Poyalarning anatomik tuzilishi.

Poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi, ularning о`xshashlik va farqlari, daraxt poyasining tuzilishi.


Poya ham odatdagi tuzilishli, о‘sishi cheklanmagan polisimmetrik tuzilishdagi о‘simlikning vegetativ о‘q organi bо‘lib, unda barg va kurtaklar bо‘ladi. Poyaning asosiy vazifasi tayanch, mineral va organik moddalarni о‘tkazishdir, u barg bilan ildizlarni о‘zaro bog‘laydi. Bulardan tashqari kо‘p yillik poyalarda oz miqdorda bо‘lsa ham oziq moddalar tо‘planadi. Epiderma ostida xlorenxima tо‘qimasi bо‘lgan yosh poyalar fotosintez jarayonida faol qatnashadi.
Yopiq urug‘li о‘simliklarning poya va ildiz uchlarida esa bir necha sondagi initsial g‘ujayralar uchratiladi. Ular sitoplazmasining quyuqligi va bir-birlariga nisbatan farq qiladi. Poya va ildizda о‘sish konuslarining tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Ildizning nozik uchki meristemasi ildiz qini bilan о‘ralgan. Uning о‘sish konusida uch turdagi hujayralar guruhini ajratish qabul qilingan: tashqi (dermatogen), о‘rta (periblema) va ichki (pleroma)..
Poya qobig‘i epidermis bilan nay tolali silindrni о‘rab о‘ziga turli tipdagi xujayralarni qamrab olishi mumkun. Sodda holatida po`stloq yupqa qobiqli parenxima xujayralardan iborat. Kо‘pgina poyalarda masalan pelargonia, Retotum va Salicorniada bu parenxima fotosintetik xujayrani bajarish mumkin va qoshimchasiga kraxmal va boshqa metobolitlarni tо‘playdi. Boshqa holatlarda poostloqning epidermis bilan chegaralangan tashqi tomoni kollenxima yoki lub tolalarini, va shunday ichki tomoni о‘simlik bug‘larini saqlaydi. Kaspari belbog‘ini poyaning endodermasida ham uchratish mumkin. Poyada shunga qaramasdan tipik endoderma yer osti poyalarda joylashadi masalan ildiz poyalarda, poyaning uchlarida. Senecio va pustirnikda endoderma о‘simlik gullash paytida shakillanadi qoidaga binoon kraxmal donalari kо‘p toplanadi. Bu qavat kraxmalning qobig‘i deb nomlangan va bu qavat endodermaning gomologi deb hisoblanadi.
The stem cortex is that cylindrical region between the epidermis and the vascular cylinder.It may comprise various cell types.In the simplest case, the cortex consists entirely of thin-walled parenchyma tissue.In amny stems, as for instance Pelargoonium, Retama and Salicornia this parenhcyma may have a photosynthetic function in adddition to that of the temporary storage of starch and other metabolites.In other cases the outer regionof the cortex, which borders on the epidermis, may include collenchyma or fibres1.
Dermatogen qatlami hujayralarning antiklinal, ya’ni о‘sish konusi yuzasiga nisbatan perpendikulyar bо‘linishi natijasida keyinchalik ildizning birlamchi qoplovchi tо‘qimasi kelib chiqadi. Periblema qavati bir necha qator hujayralardan iborat bо‘lib, uning hujayralari periklinal ya’ni о‘sish konusi yuzasiga nisbatan parallel bо‘linadi va ulardan asosiy tо‘qima hosil bо‘ladi. Pleroma hujayralari turli yо‘nalishda bо‘linish xususiyatiga ega bо‘lib, ulardan ildizning mexanik va о‘tkazuvchi tо‘qimalari shakllanadi. Poyaning о‘sish konusi biri ikkinchisini yopib turuvchi mayda barglar bilan о‘ralgan. Ular poyaning uchki qismi bilan birgalikda kurtak hosil qiladi. Poyaning о‘sish konusida odatda ikki turdagi hujayralar guruhi ajratiladi: tashqi qavat (tunika) va ichki (korpus). Tunika hujayralari dermatogen hujayralariga о‘xshash antiklinal bо‘linish xususiyatiga ega va ulardan poyaning epidermasi hosil bо‘ladi. Korpus qavati hujayralari turli yо‘nalishda bо‘linishi sababli ulardan poyaning birlamchi tuzilishiga xos bо‘lgan barcha tо‘qimalar kelib chiqadi.
Poyaning birlamchi ichki tuzilishi. Poyaning birlamchi tuzilishida epiderma, birlamchi pо‘stloq va markaziy silindlar ajratiladi.
Epiderma tunika qavatidan shakllanadi. Agarda u bir necha qavat hujayralardan iborat bо‘lsa, birlamchi pо‘stloqning tashqi qavatlari ham hosil bо‘lishi mumkin.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin