2.3 Poyaning ikkilamchi qalinlashishi va unda kambiyning ishi Ataktostelning turli variantlari bо‘lishi mumkin. Agar poyaning о‘rta qismida havo bо‘shlig‘i bо‘lsa, bog‘lamlar poyaning chetki qismida joylashadi. Somon poyalarda kuchli sklerenxima tо‘qimasining rivojlanishi, uning mustahkamligini ta’minlaydi. Bir urug‘pallali о‘simliklarning poyasida о‘tkazuvchi naylar bog‘lamlari poyaning barcha qismida tarqoq holda joylashganligi sababli pо‘stloq bilan markaziy silindirni ajratishda ancha bо‘ladi.
Bir urug‘pallali о‘simliklarning poyalarida kuchli о‘sish kuzatiladi. Maysalarning uchki apikal meristemasi о‘sish vaqtida kо‘lami kattalashib kuchli mustahkam poyani hosil qiladi. Shuning uchun poyaning asosi ingichkalashib teskari konussimon shaklga о‘tib qoladi. Apikal meristema doimiy saqlanadigan katta о‘simlikda poya tо‘g‘ri nay shaklida bо‘ladi (palmalarda).
Maysalarning ildizlarida ham kambiy bо‘lmaydi, shuning uchun yer ustki qismini ta’minlay olmaydi, natijada bir urug‘ pallali о‘simliklarning poyalarining asosida kо‘p sonli qо‘shimcha ildizlar paydo bо‘ladi.
Bir urug‘pallali о‘simliklar poyasining chetgi qismlarida meristema hujayralari saqlanib qolib ikkilamchi qalinlashgan zona deb ataladigan va ular kambiy hujayralariga о‘xshaydi, lekin boshqacha ishlaydi. Ularning ichkari tomonga hosil qilgan hujayralarni kо‘pchiligi asosiy parenximaga aylanadi, ba’zilari prokambiy kabi bо‘linib yopiq tipdagi bog‘lamlarni hosil qiladi. Tashqi tomondagi hujayralari periderma kabi qoplagich tо‘qimani hosil qiladi. Bir urug‘pallali о‘simliklar kambiysi bо‘lgan avlodlaridan kelib chiqqan, lekin kambiysini yо‘qotgach qaytadan kambiy hosil qila olmagan demak, bir urug‘pallali о‘simliklarning evolyusiyasi orqaga qaytmagan.
XIX asrning 70-yillarida fan Mol de Barii va de Sak tadqiqotlariga kо‘ra poya uch tipdagi tо‘qimalardan tashkil topgan degan fikrlar paydo bо‘lgan: ular epiderma, asosiy parenxima va о‘tkazuvchi tо‘qimalar. Evolyusiya davomida poyaning tuzilishi murakkablashib, yana bir qancha tо‘qimalar paydo bо‘lib, turli tipdagi poyalarning tuzilishi vujudga kelgan. Murakkab tuzilgan poyalarni о‘rganish uchun fransuz botanigi Van Tigem tomonidan Stelyar nazariyasi ishlab chiqilgan. Van Tigemning avvalgi tushunchasi bо‘iycha ildizning markaziy silindiridagi birlamchi о‘tkazuvchi tо‘qimalarni peritsikl о‘rab turadi deyilgan, keyinchalik bu tushunchani poyalarning tuzilishini о‘rganishda foydalanilgan (56-rasm).
1) Poyaning qadimgi sodda tipi-gaplostel (yunon. gaplos - sodda) yoki protostel - gaplostelning markazida ksilema joylashib, floema bilan о‘ralgan (riniofit va boshqa sodda tuzilgan о‘simliklar poyasida va hozirgi ba’zi sporali yuksak о‘simliklarda ham uchraydi). V. Kambiy avval prokambiy bog‘lamlarda, sо‘ngra bog‘lamlararo halqa shaklida paydo bо‘ladi. Lekin bog‘lamlararo kambiy faqat mexanik tо‘qima elementlarini hosil qiladi yoki о‘zak va pо‘stloq parenximasidan farq qilmaydigan yupqa pо‘stlik parenximani ham hosil qiladi.
G. Kambiy umuman paydo bо‘lmaydi. Birlamchi tо‘qimalardan tashkil topgan о‘tkazuvchi naylar bog‘lamlari birlamchi parenximalar orasida joylashadi.
Kо‘pchilik daraxt va butalarning novdalari A. B – tiplarida rivojlanadi, uzoq yashamaydigan uncha yо‘g‘onlashmagan novdalar bog‘lamli tiplarda qoladi (V. G). Kambiy paydo bо‘lishida barglarning soni, kattaligi va poyada joylashishi muhim rol о‘ynaydi. G − tipi barcha bir pallali о‘simliklarga (daraxt, buta, о‘t) xosdir.
Xulosa O`simliklar haqida olgan bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish, bir tizimga solish, taksonomik birliklar, filogenetik sistemalar va boshqa shunga o`xshash o`simliklar haqidagi tasavvurlarni ilmiy asosda kengaytirish; o`simliklarni ilmiy asosda o`rganish tarixini, fotosintez, mineral oziqlanish, nafas olish va boshqa shunga o`xshash o`simliklar haqidagi tasavvurlarni ilmiy asosda kengaytirish;
Hujayra tuzilishi, hujayra komponentlarining tuzilishi, tarkibi, funksiyasi, ahamiyati haqidagi bilimlar, har bir hujayra komponenti tuzilishi, funksiyasi va ahamiyati, o`simliklarni ilmiy asosda o`rganish tarixini, botanika, o`simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanishi tarixini bosqichma-bosqich bayon etish; talabalarni biologiya, qishloq xo`jaligi, farmatsevtika va o`rmonchilikda keng miqyosda qo`llaniladigan tadqiqotlarning amaliy va eksperimental metodlari bilan tanishtirish; talabalarga tabiat qonunlarining birligi, o`simlik organizmlariga nisbatan fizikaviy va kimyoviy qonunlarni tadbiq etilishini tushinishiga yordam berish.
О`simliklarning hujayraviy tuzilishi, tо`qimalar tasnifi, vegetativ organlarining ichki va tashqi tuzilishlari, generativ organlarning tuzilishi, о`simliklarning jinssiz, jinsiy va vegetativ kо`payishlari, tuban va yuksak о`simliklar sistematikasi, ularning asosiy sistematik guruhlari, oila, turkum va turlarini farqlay bilishi, о`simliklarning hujayraviy tuzilishi, о`simlik hujayrasining fiziologiyasi, о`simliklarda suv almashinuvi, fotosintez, oziqlanish, nafas olish, о`sishi va rivojlanishi haqida tasavvurga ega bо`lishi;