Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini baholash



Yüklə 106,5 Kb.
səhifə1/8
tarix16.09.2023
ölçüsü106,5 Kb.
#144358
  1   2   3   4   5   6   7   8
Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini baholash


Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini baholash


M U N D A R I J A


KIRISH



  1. Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini o’ziga xos tomonlari

2. Zaif eshituvchi bolalarni og’zaki nutqini idrok etishi
3.Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini baholash
4. Maxsus maktab o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish hamda baholash darslari
5. Analitik-sintetik hisobga olishning maqsad va vazifalari, labdan o’qish ko’nikmalarini hosil qilish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’ YXATI
KIRISH

Eshitishda nuqsoni bor bolalar nutqini shakllantirish muammolari I.M. Soloveva, F.F.Rau, N.I. Shir, S.A.Zikov, T.V.Rozonov, N.G. Morozov, R.M.Boskiyelarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan. Og’zaki nutq inson jamiyatida ilk nutq shakli sifatida namoyon bo’lgan. Dastlabki so’zlar tovush kompliklar shaklida bo’lib, tarixiy rivojlanish davrida ma’lum tushunchalar sifatida aniqlanib, mustahkamlanib borgan. Lekin dastlab imo-ishora nutqi mavjud bo’lgan degan fikr ham mavjud. Bu ma’lumotga ko’ra, og’zaki nutq keyinroq paydo bo’lgan. Imo-ishora va mimikalar orqali o’z fikrini ifodalashda tovush taqlid so’zlarni ham qo’llaganlar. Keyinchalik tovush bo’linmalar imo-ishoralardan ajralib, mustaqil ma’noga ega bo’la boshlagan. Lekin tadqiqot natijalari tahliliga ko’ra bu ta’limot tanqidga uchragan va mustaqil emas deb tan olingan. Og’zaki nutq psixologik nuqtai nazardan jaranglanishga ko’ra faoliyat ko’rsatadi. So’zning tovush qobig’i uning, material qobig’i sanaladi. Tilning tovush tarkibi turlicha bo’ladi. O’zbek tilida fonemalar tavsiflanadi. Bunda jarangli – jarangsiz tovush variantlari ham farqlanadi. Fonema nutqning eng kichik birligi bo’lib, so’z ma’nosi va axamiyatini farqlash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Har bir tilda o’ziga xos tovush tarkibi bo’lib, buni bola nutqiy amaliyot jarayonida egallab boradi. Biz kattalar tomonidan so’zlarni bir necha marta takrorlanishi hamda uni bolalar tomonidan idrok etilishi asosida amalga oshadi.



Yüklə 106,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin