Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini baholash


Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini o’ziga xos tomonlari



Yüklə 106,5 Kb.
səhifə3/8
tarix16.09.2023
ölçüsü106,5 Kb.
#144358
1   2   3   4   5   6   7   8
Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini baholash

1.Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini o’ziga xos tomonlari
Psixologik nuqtai nazardan og’zaki nutq yengil sanaladi. Uni faoliyatga kirishish vositasi - tovush fonemadir. Yozma nutqning fonemaga kirishish vositasi – grafik belgi harfidir. Og’zaki nutqni idrok etish eshituv analizatori asosida, yozma nutqni idrok etish ko’ruv analizatori asosida amalga oshadi. Ularning ifoda vositalari ham turlichadir. Og’zaki nutqda bu optekkalari, mimika, imo-ishora, urg’u, yozma nutqda – bu uslub, so’zlarni alohida tanlash usullari hisoblanadi. Og’zaki nutq, yozma nutq ham monologik va diologik shaklda bo’ladi. Monologik nutq psixologik nuqtai nazardan murakkab javobgar bo’ladi va auditoriyaning hisobga olishi tayyorgarligini talab qiladi. Onologik nutq yengilroq bo’ladi. Uni tuzilishiga, u davom etayotgan sharoit va muhit yordam beradi. Bolada og’zaki nutq atrofdagilar bilan muloqotda rivojlanadi. Eshituv idroki yordamida bola atrofdagilar og’zaki nutqini idrok etadi, 5-6 yoshlarga eshituvchilar tovushlarni to’g’ri talaffuzini egallaydilar. Lug’at boyligi va gap grammatik qoidalarini amaliy egallaydi. Kar bola bu yo’l bilan nutqni egallay olmaydi, chunki u atrofdagilar nutqini eshitmaydi. Agar eshituvchi bola bog’chaga maktabga shakllangan nutq bilan borsa kar bola og’zaki nutqi mavjud bo’lmagan holda boradi. Unda nutqni boshidan boshlab shakllantirish kerak. Buning uchun kar bolaning artikulyatsion nafas olish va ovoz apparatini tayyorlash kerak. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, kar bolada eshituvchi bolaga nisbatan nutqiy nafas olish bir qator xususiyatlarga egadir. U bo’lingan havo oqimidan foydalana olmaydi va frazalarni qismlarga bo’laolmaydi. Maxsus mashqlar davomida kar bolalarda nutqiy nafas olish shakllanadi. Ularning ovozi ustida ham ish olib boriladi. Ko’p miqdordagi karlarda ovoz bo’g’iq, modullashmagan bo’ladi. Maxsus mashqlar jarayonida o’qituvchi kar o’quvchi ovozini eshituvchi bola ovoziga yaqinlashtirishga harakat qiladi, lekin bu har doim ham kerakli natijalarga olib kelmaydi. Kar bola nutqi ovozi butun hayoti davomida o’ziga xos otsenkaga ega bo’ladi. Kar o’quvchilarni og’zaki nutqqa o’rgatishning muhim qismi ularda turli talaffuzni shakllantirishdir. O’zbek tilidagi har bir fonema kar bolada maxsus usullar bilan qo’shiladi. Saqlangan analizatorlar ko’ruv, sezgi, harakat analizator faoliyatini qo’llab, o’qituvchi osenka oldi tovush talaffuzini ko’rsatadi va taqlid asosida talaffuz qilishni boladan so’raydi. Avvalom bor yengil talaffuz etiluvchi tovushlar “p”, “b”, “m” qo’shiladi, so’ng bug’in, so’z birikmalariga o’tiladi. SHu tartibda boshqa nutqiy tovushlar talaffuziga o’tiladi.
Bu jarayonni amalga oshirishda eshituv qoldig’iga tayaniladi. Kar bolada og’zaki nutqni shakllantirishda ko’ruv, harakat va sezgi analizatorlari yordamida bilan maydonga chiqadi. Eshituvchi bola o’z talaffuzini eshitish orqali nazorat qiladi, xato qilsa bu xatoni eshitib so’ng to’g’rilaydi. Kar bola talaffuzini dastlab oyna oldida, so’ng ko’ruv va harakat sezgilari orqali nazorat qiladi. tovush artikulyatsiyasi qanchalik aniq va yaxshi bo’lish kinestik sezgilar shunchalik differensiyalashgan bo’ladi. Bu sezgi turi kar bola talaffuzini shakllantirishda muhim o’rin hisoblanadi. Kar bolaning og’zaki nutqini shakllantirishda eshitish qoldig’i ham katta ahamiyat kasb etadi, pedagogik jarayon uchun III va IV guruhga kiruvchi 512 dan 1024 Gs va 1024 dan 2048 Gs gacha tovush chastotalarini qabul qiluvchi kar bolalar muhim ahamiyatga egadir. Eshitish qoidalaridan foydalanish unli tovushlar differensiyasi, to’g’ri mantiq va so’zli urg’ularni qo’llash imkonini beradi. Karlarni og’zaki nutqqa o’rgatishda teri va taktil vibratsion sezgilardan keng foydalaniladi. Masalan, o’qituvchi artikulyatsiyasi uxshash tovushlarni (p - b, t - d) kar o’quvchi diqqatini ayrim holda bu jarangsiz tovushli vibratsiyasi yo’q, ikkinchi holatda qo’yib xalqum yoki ko’proq qafasiga qo’yib vibratsiyasini sezish mumkin. Taktil vibratsiyatsion sezgilarni maxsus asboblari yordamida ta’limda qo’llash kar o’quvchilarni 38 % darajada og’zaki nutqni shakllantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu M.G.Abromov va M.N. Moginshinskiy tadqiqotlarda aniqlangan. Oxirgi yillarda mutaxassis defektologlar tomonidan kar bolalar og’zaki nutqini shakllantirishga bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ular kar bolalarni talaffuzga o’rgatishning samarali usullarini tadqiq etmoqda.
Nutqiy muloqot jarayonida kar bolalar nutqini shakllantirish va qisqartirilgan fonemalar tizimi asosida talaffuzga o’rganish tamoyilini ko’rib chiqamiz. S.A. Zikov tadqiqotlariga ko’ra kar bolalarda nutqni ularning hayotiy ehtiyojlarini hisobga olib, shakllantirish kerak. Til insonlarning mehnat faoliyati yuzaga kelib, shakllana borgan. U insonlarning fikr almashinuvi, ong quroli sanaladi.
CHunonchi, kar bolalar pedagogik ta’limi ularda so’zlashuv nutqini shakllantirish asosida tashkil etiladi. Agar oldin nutqiy ta’limotdan amaliyotga o’tsa, so’zlashuv nutqini shakllantirish muloqotni shakllantirishga o’qtiladi, lekin bu amaliyot grammatik jihatdan tashkil etilgan. Qisqartirilgan fonemalar tizimi asosida og’zaki nutqqa o’rgatishda tezroq maqsadga erishish uchun talaffuzi yengil bo’lgan, hosil bo’lish o’rniga ko’ra o’xshash fonemalar o’zaro almashtirib o’rgatiladi. Bu lug’at boyligi oshirish so’zlarni muloqotga kiritish, kar bola nutqiy amaliyoti imkonini oshiradi. Bunday psixologik yondashuv kar bolalarni tilga o’qitishning boshlang’ich etapida saqlangan bo’lishi mumkin. SHunga o’xshash holat eshituvchi bolani nutqiy rivojlanishida ham kuzatiladi. Eshituvchi bola 2-5 yoshlar o’rtasida ma’lum tovushlarni to’g’ri talaffuz eta olmaydi. Bu bosqich bolaning nutqiy apparati to’liq shakllanmaganligi va hosil bo’lishga ko’ra murakkab bo’lgan tovushlar talaffuziga tayyor emasligi bilan asoslanadi. SHuning uchun bola tovushlarni boshqalari bilan almashtiradi, tushirib qoldiradi. Bunda so’zning tovush tarkibi o’zgarsa ham u o’zining mazmunini o’zgartirmaydi. Vaqt o’tishi bilan bu xatolik o’z – o’zidan yo’qolib ketadi. SHunday qilib, kar bolada og’zaki nutqni shakllantirish faqat o’qituvchi rahbarligida maxsus tashkil etilgan sharoitlarda amalga oshadi. Bu jarayon quyidagini ko’zda tutadi:

  • Nutqiy nafasni shakllantirishni;

  • Modullashtirilgan ovoz qo’yish ustida ishlashni;

  • Talaffuzga o’rgatishni;

  • Labdan o’qishni;

  • Lug’at ishini;

  • Grammatik tizimni shakllantirishni.


Yüklə 106,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin