Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini baholash
3.Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini baholash Nutq so’zlashish, o’qitish bilan bog’liq faoliyatini har xil turlari qatorida max-sus mashg’ulotlar o’tkazish katta ahamiyatga ega, ayrim fikrni aytishda rejalashtiril-gan mashg’ulotdir, bu tizim har bir sinf programmasidan muntazam o’rganishni tah-lil qiladi.
Misol: Bolalarga “ Qayerda yotibdi? ”, “ Qayerga qo’yding? ”, “ Qayerdan olding? ” de-gan savollarni o’rganish uchun maxsus programma lug’atidan foydalaniladi. 1-2-sinf-lar darslarida so’zlashish nutqi maxsus mashg’ulotlarda yaqqol vaziyat vujudga keladi. Bunday vaziyat didaktik o’yinni eslatadi. 3-4- sinflarda so’zlashishi nutq mashg’ulot-larini o’tkazishda bolalarni o’tgan tajribalari va misollar asosida sayir qilganda-gi materiallarda o’qilgan suhbatlar, hikoya, ekskursiya asosida o’tkaiziladi.
Ayrim so’zlashish tili fikrida ish olib borishda har xil mashg’ulotlar qo’llani-ladi. O’qituvchining fikrini yodda tutib, bolalar sinfga qarab o’qituvchisi bergan savo-lini qaytarib berishadi.
Obrazni o’zlashtirish, so’zlashni, nutq materialini yolg’iz yangi o’qitish yo’li va o’z-lashtirishning boshlang’ich bosqichidir. SHuning uchun bu material fikrlashni barcha turidagi ishda qo’llashadi.
GAP TUZISHNI O’RGANISH.
Nutq faoliyatida gap tuzish malakalari asos bo’ladi. SHuning uchun eshitishda nuq-soni bo’lgan bolalarning o’qish jarayoni davomida ularni shakllanishiga va mustah-kamlashtirishga ko’p vaqt ajratiladi. Bular jumlasidan, og’zaki so’zlashish, yozuv nutq-lar, lug’at bilan ishlash va grammatik tuzish darsida, o’qish darsida va boshqa buyum-lar bilan dars berganda va sinfdan tashqari darsda gap tuzish malakasini oshirishda asosiy ahamiyat ona tili darslariga qaratiladi. Gap tuzishni o’rganish mehnat fao-liyati bilan bog’liq, o’z o’ziga hizmat qilish, o’yin va maxsus mashg’ulotlarda, gap tuzish mashg’ulotlari nutqqa kiritilgan lug’at bilan mustahkamlaydi. Bu mashg’ulotlar o’quv-chida to’g’ri so’zlar tuzish malakasini ishlab chiqadilar.
PREDMETLARNI KO’RSATISHGA ASOSLANIB
GAP TUZISH.
U yoki bu predmetni o’zlashtirish sharoitida ish olib boriladi, predmetlar esa te-gishli lug’at to’g’risidagi ma’lumotlarni mustahkamlashni maqsad qilib qo’ygan.
Misol: predmetning mansubligini belgilash uchun uning xususiyatini va narsalar nomini qaytarish uchun quyidagi mashg’ulotni o’tkazish mumkin. O’qituvchi bolalarga gap tuzishni aytadi va bunda u bolalarning kiymini ko’rsatadi: Bu nima? –deb so’ray-di. “ Bu kurtka, sviter, fartuk, ko’ylak ” – deb javob berishadi. O’qtuvchi devorga
“ Nodirning ko’ylagi ko’k ”- deb yozadi, o’quvchilar esa birgalikda o’qishadi. “ Kimning ko’ylagi ko’k? ” –deb o’qituvchi so’raydi va “ Nodirning ko’ylagi ko’k ”-deb o’quvchilar-dan javob oladi. O’qituvchi “ Nodirning ko’ylagi qanaqa? ” –deb davom etadi. “ Ko’k ”-deb javob berishadi. Bunda ega va fe’l aniqlanadi.
Keyin o’quvchilar galma-galdan gap tuzishadi.
“ YUlduzning fartugi yashil ”
“ Bahromning kamziri kulrang ”
“ Hilolaning sviteri sariq ”
“ Jahongirning maykasi qizil ”
“ Feruzaning ko’ylagi qizil ”
Ish jarayonida qilingan xatolar to’g’irlanadi.
NAMOYISH ASOSIDA GAP TUZISH.
Bu mashqning turi ilgarisiga o’xshaydi. Bolalarini bevosita voqiyani ilgari id-rok etish bilan o’tadi. Farqi shundaki, ahamiyat markazida boalalrda u yoki bu pred-metlar orqali, o’qituvchi o’z faoliyati bolalar orqali paydo bo’lgan vaziyatni tushunti-radi.
Misol tarzida mashq yozishni keltirmagan fe’l bilan tuzilgan gap mashg’ulotni rivojlanishini keltiradi. Qo’yida, to’kdi, yiqitdi, to’ldirdi. Bu fe’llar bilan qi-lingan harakatni namoyish qilish uchun stakan, piyola, banka, suv bilan grafin, pat-nis bilan likopcha kerak bo’ladi. Mashg’ulotlarni tayyorlashda esa og’zaki nutqni ri – vojlantirishda foydalanilishi mumkin.
Mashg’ulotlarni keyngi etapi o’qituvchi bergan va bolalar o’zlariga asos qilib olgan vazifalarni bajarishi va gap tuzishi lozim. “ Hilola piyoladan stakanga suv quydi ”, kabi gaplar beriladi.
Hozirgi maktab va maktabgacha muassasalarda og’zaki nutqga o’rgatish, daktil ko’ri-nishidan, so’zlashuv nutqini shakllantirish bilan birga olib boriladi.
Bunday yondashuv bolalarga muloqat uchun kerakli bo’lgan nutqiy materialni tez egallash imkonini beradi. Sinxron – daktil va o’qituvchi tomonidan so’zlarni og’zaki gapirishni, shuningdek, o’quvchilarni ko’rganlarini og’zaki qayd etish, eshitish qoldi-g’ini, ovozli nutqni qabul qilinishi ( ovoz kuchaytiruvchi apparat yordamida ) nutq ap-paratini aktivlashtirishga, ovoz va so’zning nutqiy, harakatli konturini qabul qi-lishga yordamlashadi.
Bularning hammasi o’quvchilarda talaffuz qilish va labdan o’qish ko’nikmalarini shakllantrish va keyinchalik sistematik va maqsadga yo’naltirilgan ishlarni hal qi – lish uchun imkon yaratadi. Labdan o’qishga o’rgatishning asosiy maqsadi shundan ibo-ratki, atrofdagilar bilan muloqat jarayonida, bolalarda eshituv-ko’ruv, erkin ko’ruv qobiliyatini rivojlantirish orqali og’zaki nutqni qabul qilishni rivojlantirish.
Karlarni o’qitishning hozirgi zamon metodi – labdan o’qish ko’nikmalarini shakl-lantiriga qaratilgan spetsifik talablar, sekin- astalik bilan og’zaki-daktilga o’qi-tishni kamaytirib, uning hisobiga ko’ruv – eshituv orqali nutqni qabul qilishga
( daktilsiz) xizmat qiladi. CHunki bu usulni rivojlantirish uchun optimal sharoit-larni yaratish mumkin emas.
Karlarni talaffuzga o’qitishning asosiy masalasi shundan iboratki, maksimal darajada aniq va tushunarli talaffuzga erishish, shu bilan birgalikda og’zaki nutqni muloqot vositasi va fikrlash jixozi qilib rivojlantirish.
Bizning maktab va bog’chalarda hozirda qabul qilingan analitiko – sintetik metod variantining xususiyatini uning konsentrik metodi xarakterlidir. YA’ni, bolalarda so’zlarning tuzilishini talaffuz qilishni shakllantirish va shu bilan birga uni og’zaki shaklda bir tekisda, qayta ishlangan nutqiy materialni tanlashga o’zgacha yondashishda namoyon bo’ladi. Konsentrik metod asosida ( F.F. Rau, N.F.Slezina ) yaxshi eshitadigan bolalar nutqini talaffuz jihatidan o’zlashtirish qonun- qoidalari yotadi.
Berilgan metodning mohiyati shundan iboratki, maktabga keladigan umuman nutqi bo’lmagan karlarni talaffuzga boshlang’ich o’qitilishida 2 ta konsentrdan iborat-ligidir. YA’ni, birinchisi tayyorlov sinfiga mos kelsa, ikkkinchisi esa 1-2- sinflar-ni o’z ichiga qarab oladi. Tayyorlov sinflarida o’quvchilardan tovushlar sistemasining 17 ta asosiy tovushlarni so’zlarda hosil qilish talab etiladi. Bu tovushlar unlilar-dan – A, O, U, E, I va undoshlardan – P, T, K, F, S, SH, X, V, M, N, L, R tovushlari kiradi.
Bu tovushlar artikulyatsiya jihatidan bir – biridan juda farq qiladi va boshqa o’xshash tovushlariga tez va yengil o’zlashtiriladi. Asosiy tovushlar munosabatiga ko’-ra – asosiy tovushlarga kirmaydigan tovushlar, ba’zida so’zlarda o’xshash tovushlarga almashtirishga yo’l ko’yadi.