Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini baholash


Analitik-sintetik hisobga olishning maqsad va vazifalari, labdan o’qish ko’nikmalarini hosil qilish



Yüklə 106,5 Kb.
səhifə7/8
tarix16.09.2023
ölçüsü106,5 Kb.
#144358
1   2   3   4   5   6   7   8
Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini baholash

4.Analitik-sintetik hisobga olishning maqsad va vazifalari, labdan o’qish ko’nikmalarini hosil qilish
Hozirgi vaqtda bolalar maktablarida talaffuzga o’rgatishning analitiko –sinte-tik, konsentrik, polisensorlik metodlari qabul qilingan.
Analitiko –sintetik – bu ya’ni so’z yoki jumla ustida ish olib borilayotgan payt-ning o’zida, eshituv-ko’ruv orqali paytda eshituv- ko’ruv orqali qabul qilish va ular-ning ma’nosini aytishdir. Bola kerakla bo’lgan tushunchalarni bilib olganlaridan keyin ular taqlid orqali nomlashlari kerak bo’ladi.
To’g’ri talaffuzga o’rgatish uchun o’qituvchi zaruriyat tug’ilganida, so’zlarni qism-larga ( bo’g’in, tovush ) bo’ladi, ularni bir paytning o’zida qayta ishlaydi, keyin esa so’zni yana tahlil ( sintez ) qiladi.
Mazmun – so’z, jumla – bo’g’in, tovush ( analiz )
Tovush – bo’g’in, so’z, jumla ( sintez )
Bu butun bilan qism, analiz bilan sintezning o’zaro munosabatini dialetik tu-shunish ( tafakkur, jamoa va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlarni haqida ilm ).
Butun harakat va uning jarayonlarini qayta ishlashni oldindan biluvchi analiti-ko – sintetik metod, turli xil nutqiy harakat ko’nikmalarini shakllantirish uchun psixologik jihatdan shakllantirilgandir.
Demak, analitiko- sinetik metodi talablariga muvofiq, so’z qismlari ustidagi (bo’g’in, tovush) ish, mazmunli tovushlar kompleksi ( so’z, ibora va jumlalar ) ustidagi ishga xizmat qiladi.
So’zlarni qayta ishlishda mashg’ulotlar, so’zlarni ritmik va ravon talaffuz qi-lish ko’nikmalarini hosil qilishga qaratilgan bo’lishi kerak. Tovushlar talaffuzi ishlab chiqilish bilan bolalar bilan birinchi bor uchrashsalar, so’zlar analiz qilina-di. Analiz ayrim hollarda tovushgacha, boshqa hollarda esa faqat bo’g’ingacha o’tkazila-di. O’qitishning analizning birinchi bosqichlarida, bolalar uchun talaffuz qilish-ning ayrim qiyinchiliklarini tug’diradigan so’zlar bo’g’inlarga (tovushlarga) bo’lina-di. SHunga muvofiq, og’zaki nutq ko’nikmalarini o’zlashtirish yo’lida har bir o’quvchi-ning individual xususiyatlarining hisoboti to’la ta’minlanadi.
So’zlarni ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan mashg’ulotlarni qayta ishlashda, o’quvchilarga so’zlarni o’qish va boshqa bir vaziyatlarda mustaqil, ya’ni hech qanday gra-fiksiz so’zni hosil qilish orqali rasmni nomlash va savollarga javob berish taklif etiladi. Bularning barchasi nutqiy materiallarni mustaqil holda chiqishga osonlashtiriladi.
Kar bolalarni o’qitish va qayta ishlab chiqish jarayoni, kar bolalani yaxshi eshita-digan odamlar jamoasida ijtimoyi adaptatsiyasiga erishilishiga yo’naltirilgan. Og’-zaki ( so’zlashuv ) nutq tarbiyasiga, asosiy o’rinni egallagan butun kompleksi masala-larini yechish orqali erishish mumkin.
Kar bolalarni talaffuzga o’qitishda, yaxi eshitadiganlarga tabiiy yo’l bilan yaqinlashtirish maqsadida konsentrik metod qo’llaniladi. Konsentrik metod mohiya-tinibiz yuqorida ko’rsatib o’tdik.
SHunday qilib, bolalar asosiy tovushlar ishtirok etgan so’zlarni talaffuz qili-shi kerak: stol, lampa, non, eshik, favvora va xokozo. Lekin asosiy bo’lmagan tovush-larni o’z ichiga olgan, ya’ni daftar, kitob, maktab, daraxt va xokozo so’zlarni bolalar vaqtinchalik tovushlarini o’xshatish mumkin: taftar, kitop, maktap, taraxt.
Bolalar tomonidan tovushlarni o’zlashtirishning konsentrik metodi, qo’pol arti-kulyatsion defferensiyalardan asta-sekin o’ta nozikka o’tishni, ya’ni asosiy didaktik qonunga ko’ra, o’qitishda o’ta soddadan, o’ta murakkabga qarab borishni ta’minlaydi.
Sizlar bilasizki, I.P. Pavlov odam nerv sistemasining katta kompensator imko-niyatlarini ko’rsatgan. Odamning biron- bir analizatorlar faoliyatlari uning o’rni-ni egallaydilar. SHuning uchun berilgan o’qitish metodi faqatgina analitiko-sinte-tik va kotsentrikka emas, balki polesensorga ham ajratilgan. Demak, karlarni talaf-fuzga o’qitish jarayonida ko’rish, taktil va harakatlantiruvchi analizatorlariga yonda-shish kerak. CHunki, ular o’zining mazmunda karlar uchun talaffuzni o’zlashtirishda juda yaxshi sharoitni yaratadilar. Qoldiq funksiyasini ishlatish, mohiyatining asosi-ni tashkil etadi.
Tayyorlov sinfining 3 chorak oxirlarida bolalar asosiy tovushlarni o’zlashtirib oladilar va shu bilan tovushlar tuzilishidan qat’iy nazar, fonemalar sistemasi qisqartirilgan so’zlarni talaffuz qilish imkoniga ega bo’ladilar.
1-2 – sinflarda so’zlarning talaffuzini aniqlash bo’yicha tizimli ish olib bori-ladi. Nutqda asta-sekin jarangli undoshlar (b,d,g) va affrikat (g) paydo bo’ladi.
Maktabgacha yoshdagi karlarni og’zaki nutqini o’qitishda konsentrik metodning qo’llvshning birinchi bosqichida talaffuz qilishni yanada yengillashtirish, ya’ni “ I” va “E” tovushlarni, “SH” tovushi o’rniga aylana shakldagi labda talaffuz qilinadi-gan “S” tovushini, shuningdek “R” o’rniga”L”, “X” o’rniga “K” tovushini qo’llash xa-rakterlanadi. Bundan tashqari kar bolalar bog’chalarini boshlang’ich davrlarida tez-tez qaytarish yo’li orqali struktra jihatdan uchun va murakkab bo’lgan so’zlar talaf-fuzning yengillashtirishga yo’l qo’yiladi.
O’qitishning birinchi yili ohirida, maktabgacha yoshdagi yil ohirlarida maktabga-cha yoshdagi kar bolalar nutqida bir qator so’zlarning tovush tarkibini ridutsiv ish-lab chiqilishiga yo’l qo’yiladi. Masalan, “sut” o’rniga “ut”, “ ber” o’rniga “be”, “shkaf” o’rniga “af”.
Karlarni talaffuzga o’qitish masalalarini aniqlashda, og’zaki nutqining 1 ta funksiyasi haqida aytib o’tish kerak. Birinchi, eshitayotgan odamga qaratilgan bo’lsa, ikkinchisi gapirayotgan odamga qaratilgan.
Atrofdagilar bilan muloqot qilganda, karlarni nutqi fonetik tomondan tushu-narli bo’lishi, og’zaki nutqi, tafakkur quroli rolini ishonchli bajarilishi, talaf-fuzi maksimal darajada aniq va tilning fonetik izimi aks etishi kerak bo’ladi.
Tushunarli va aniq talaffuz qilish – bu ikki tushuncha bir- birini qoplamaydi. Og’zaki nutq yetarli darajada tushunarli bo’lishi mumkin, lekin aniq bo’lishi mum – kin emas. YOki aksincha tilning fonetik sistemasining hamma elementlari bir-biri-ga aniq qarama – qarshi qo’yilgan va talaffuzda shuni aks etgan bo’lsa ham, nutqning chiqish juda ham tushunarsiz bo’lishi mumkin.
Aniq nutqni to’la egallagan ba’zi karlar talaffuzini tekshirishda, ularning nutqida intonatsiya, urg’ular va fonemalar sitemasi buzilgani kuzatiladi. SHu bilan birga ayrim eshitadiganlar orasida ham tushunishi qiyin bo’lgan nutqlar ham uchrab turadi.
Og’zaki nutq karlarga atrofdagilar bilan muloqot qilishi uchun asosiy rolni egallaydi. SHuning uchun karlarni talaffuzga o’qitishning asosiy va boshlang’ich masa-lasi, ularni yetarli darajada anq qilib gapirishga o’rgatish. Agar karlarninng ta-laffuzi yetarli darajada tushunarli va shu bilan birga kerakli bo’lgan tilni o’zlash-tirish kinesteziya kafilligini olmasa, nutqiy tafakkurning ishonchli bazasi bo’lib xizmat qilmasa, unda bularning hammasi yozuv va daktil hisobiga kompensatsiya qilinishi mumkin.
Karlarni talaffuziga o’qitishning ikkinchi masalasi shundan iboratki, tushunar-li talaffuzni maksimal darajada yetkazish. YA’ni, ancha to’la va og’zaki nutqda uchray-digan iboralarni, fikrlarni ajratib talaffuz qilish.
Karlarni talaffuzga o’qitish berilgan ikkita masaladan tashqari yana boshqa masa-lalar ham mavjud.
Nutqiy kinesteziyalarga shunday nutqiy faoliyatlar kiradiki, ular labdan o’qish, og’zakinutqni eshituv va eshituv – ko’ruv orqali qabul qilish, o’qish va yozish.
Karlar talaffuzi yetarli darajada tez bo’lishi va uning nutq tempi gaplashayotgan nutq tempiga mos bo’lishi kerak, shuningdek karlar o’z nutqida so’zlashuv urg’usiga va orfoepik qoidalariga rioya qilishi kerak.
Kar bolalarni talaffuzga o’qitishning tarkibi, ularning ohzaki nutqi fonetik shakllanganligi, yuqorida ko’rsatilgan talablarga javob berish uchun zarur bo’lgan bi-lim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.



Yüklə 106,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin