Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
86
va e’tiqodining butunligi bois turli ne’matlarga sazovor bo‘ladi. Bolani, avvalo, Allohga tavakkal qilib 
yashashga o‘rgatish joiz. Allohga tavakkal esa, barcha ne’matlarning egasi Alloh ekanligini tan olishdan va 
Unga umidvor bo‘lishdan boshlanadi.
15. Bolaning hayotdagi barcha yutuq va kamchiliklariga ham sabrli munosabat ko‘rsatish kerakligi islom 
dinida ta’kidlanadi. Bolaga adolatli munosabat ko‘rsatish insonning bezagidir. Bolani har kuni quchoqlash va 
o‘pish bu sunnat. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “
Rasululloh o‘z huzurlarida al-Aqra’ ibn Hobis Taymiy 
o‘tirganida Hasan ibn Alini o‘pdilar. Shunda u: “Mening o‘nta bolam bor. Ulardan birortasini o‘pganim 
yo‘q”, dedi. Bas, Rasululloh unga nazar soldilar va: “Rahm qilmaganga rahm qilinmas”, dedilar
” (Buxoriy 
rivoyati)
61
.
16. Oiladagi barcha bolalarni o‘zaro teng ko‘rish, ularni ayirmaslik, birini ikkinchisidan ustun qo‘ymaslik, 
boy bo‘lgan bolaga yaxshi munosabat ko‘rsatib, kambag‘al bolaning ko‘ksini cho‘ktirish, uning kamchiliklarini 
ochiq aytib, haqorat qilish mumkin emas. Agar bolaning ishi yurishmayotgan bo‘lsa, buni Allohning sinovi 
sifatida qabul qilish va bolani yaxshi duolar bilan sidqidildan Alloh oldida duo qilish zarur. Otaning duosi va 
onaning duosi bolaning taqdirini o‘zgartirishi mumkin. Har bir farzand ota va ona mehriga bir xilda munosib 
bo‘lib, birining ikkinchisi oldida ustunligi yo‘qdir. Ota-ona o‘z bolasining yaxshi taqdiriga ishonishi zarur, 
bu narsa aslida ularning Alloh mehriga ishonishlarini anglatadi. Allohning ne’matidan bahra olishlariga umid 
qilishga o‘rgatadi. Hadislarda: “Allohdan qo‘rqinglar va bolalaringizga adolatli bo‘linglar. Shunda ular sizni 
hurmat qiladi hamda sizga itoat qiladi” deyilgan
62
. Islom dinida, “Agar ota farzandlaridan biriga biror narsa 
tortiq qilsa, toki bo‘lak farzandlariga ham adolat qilib, o‘shancha tortiq qilmas ekan, joiz bo‘lmay, unga 
guvohlik qilinmas”, deb ta’kidlanadi. Rasululloh: “Farzandlaringizni teng ko‘ringizlar!”, deb ta’kidlaganlar
63

Qur’on oyatlari va hadislarda keltirilgan mazkur qadriyatlar farzand va uni tarbiya qilinishi tartiblariga 
bevosita aloqadordir. Eng qadimgi davrlardan boshlab “bola” tangrining qudrati va in’omi, hayotning bosh 
maqsadi va mag‘zi, ruhiy ne’mat, oilaviy baxt va uning sarhisobi, ma’naviy ozuqa, xursandlik nishonasi, 
avlod an’analarining davomchisi, umuman, o‘zbek xalqining milliy-ma’naviy qadriyatlarining muhim 
asoslaridan biri sifatida tavsif qilingan. Bola muhofazasi, bolani maqsadli tarbiya qilish zarurligi, uni ta’lim 
bilan ta’minlash bizning hududimiz uchun tarixiy-ijtimoiy hodisa sanaladi. Biz yuqorida ta’kidlangan mana 
shu insoniy qadriyatlarni bilishimiz va ularda keltirilgan ma’naviy boylikni tarbiya, xususan oilaviy tarbiya 
jarayoniga tatbiq etishimiz, keltirilgan tamoyillarga esa o‘z hayot tartibimiz va turmush tarzimizda itoat 
etishimiz zarur.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin