1-bosqich: Ingliz tilida birorta so’z beriladi: House 2-bosqich: Shu bilan bog’liq iboralar, so’z birikmalari hosil qilinadi: a big house, a nice
house, a big nice house.
Ular qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi bo’ladi. 3-bosqich: Ushbu so’z birikmalarini ishlatib turli qo’shma gaplar tizimini mashq
qiladilar. Ularning soniga ko’proq e’tibor beradilar. Ayrim grammatik xatolarni tuzatishga
alohida to’xtalib taxlil qilinmaydi, chunki bu ularni ko’proq gap tuzish istagini so’ndirib qo’yishi
mumkin.
When we came to our house there was nobody He is going to sell his house and leave his city soon. The problem is that they are not going to come their house back. O’qituvchi kartochkalarga qo’shma gaplarni ikki qismga ajratib yozadi, sinf
o’quvchilarini ikkita kichik guruhlarga ajratadi, ularga kartochkalarga yozilgan qo’shma gaplarni
tarqatadi va o’quvchilar gaplarni juftlaydilar, natijada qo’shma gaplar hosil bo’ladi. O’qituvchi
gaplarni tekshirib, faol o’quvchilarni baholaydi.
Individual ishlash turi. Bunda o’quvchilarning har biriga 1-2 tadan mustaqil ravishda qo’shma
gaplarga misol tuzish aytiladi. Bunda o’qituvchi nazoratchi, o’quvchilar hakam vazifasini
bajaradilar. Gap tuzgan o’quvchi o’rnidan turib, tuzgan gapini sinfga o’qib eshittiradi. Qolgan
o’quvchilar o’qituvchi yordamida uning gapini xatosini topishga harzakat qiladilar va munosib
baho beradilar. Jarayon shu holatda davom ettiriladi. 1-o’quvchi: The problem is that my friend got two on math and felt himself very upset.
2-o’quvchi: My aim is that all the schoolchildren participate in the lessons and get
excellent mark on subject.
Qancha ko’p gap tuzgan o’quvchiga yaxshiroq baho qo’yiladi. Biz didaktik o’yinlardan va interfaol metodlardan dars davomida ko’proq foydalansak, avvalo,
dars qiziqarli bo’ladi va shu bilan birga o’quvchilarni tushunishi va esda saqlab qolishi yaxshiroq
bo’ladi.