Bu ham iqtisodiy tahlilning tavsifli jihatlaridan biridir. Masalan, texnik
yangilanishlar mehnat unumdorligining o‘sishi, rentabellik va boshqa
ko'rsatkichlar darajasi oshishiga ijobiy ta’sir o ik azad i, lekin bunda
uning atrof-muhitni ifloslantirishi kabi salbiy oqibatlarini ham yodda
tutish lozim.
Tahlilda dialektik metoddan foydalanish korxonaning xoLjalik fao
liyatini o'rganish barcha o'zaro bog‘liqliklami hisobga olgan holda olib
borilishi lozimligini anglatadi. Hech bir hodisa agar u boshqalardan aj-
ratilgan holda ko'rib
chiqilsa, to‘g ‘ri tushumlishi mumkin emas. Misol
uchun, yangi texnikani joriy etishning mahsulot ishlab chiqarish tannarxi
darajasiga ta’sirini o'rganishda nafaqat bevosita, balki bilvosita aloqani
ham hisobga olish zarur. M a’lumki, yangi texnika joriy etilishi bilan ish
lab chiqarish xarajatlari, demak mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ham
oshadi. Lekin bu holat mehnat unumdorligi oshishiga ijobiy ta’sir ko‘r-
satadi. Bu esa ish haqidan tejalishiga va shu omil tufayli mahsulot ishlab
chiqarish tannarxi pasayishiga olib keladi. Demak, u yoki bu iqtisodiy
hodisani anglash va to‘g‘n baholash uchun barcha o'zaro aloqalaming
boshqa hodisalar bilan o'zaro bogiiqliklarini o'rganish zarur.
Bu ham
iqtisodiy tahlilning metodologik jihatlaridan biridir.
Shuningdek, tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri uning
nafaqat sabab-oqibat aloqalarini o'rganish, balki ularga miqdoriy tavsif
berishi, y a ’ni faoliyat natijalariga omillar ta’sirini miqdoran oichashni
ta’minlash sanaladi. Bu analitik tadqiqotlar darajasini oshiradi.
Tahlilda sabab aloqalarini o ig an ish va oich ash ni induksiya va
deduksiya metodi bilan amalga oshirish mumkin. Mantiqiy induksiya
ko'm agida sabab aloqalarini o'rganish usuli shundan iboratki, tadqiqot
xususiydan umumiy tomon, xususiy dalillardan umumlashtirish,
sabab-
dan natija tomon olib boriladi. Deduksiya - shunday usulki, bunda tad
qiqot umumiy dalillardan xususiyga, natijalardan sababga tomon amalga
oshiriladi. Iqtisodiy talilil da ham u ham bu yondashuvdan foydalaniladi.
Induksiya metodlari barcha ko'rsatkichlarning alohida omillarga nis
batan o'zgarishidagi ta’sirchanlikm kompleks baholash uchun q o i-
laniladi. Deduksiya yordamida tadqiq etilayotgan natijaviy ko‘rsatkichni
shakllantiruvchi butun kompleks omillar tadqiq qilinadi.
Bilishning dialektik metodiga muvofiq har bir jarayon, har bir iqti
sodiy hodisani tizim va tizimga o‘zaro b o g iiq elementlar majmuasi
sifatida ko‘rib chiqish lozim. Bulaming har biri uning rivojlanishi uchun
munosib hissa qo'shadi. Tizim elementlaridan biriga ichki yoki tashqi
tavsifidagi ixtiyoriy ta’sir uning boshqa elementlarida ham o ‘z aksini
topadi. Bundan tahlil obyektlarini o‘rganishga tizimli yondashuv zarurati
kelib chiqadi, bu tadqiqot metodologivasining y o ‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. Tizimli yondashuv talilil obyektini chuqur o‘rganishga, u
haqida yanada to ‘liq
va yaxlit tasavvur olishga, bu obyektning alohida
qismlari o ‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini aniqlashga imkon beradi.
Tizimli yondashuvning asosiy xususivati - dinamizm, o‘zaro ta ’sir,
o‘zaro bogiiqlik, tizim elementlarining o'zaro aloqasi, komplekslilik,
yaxlitlilik, tobelik, yetakchi b o 'g 'in ajratilishi kabilardir.
Tizimli yondashuv elementlari o'rganilayotgan hodisalar va jara-
yonlaming maksimal detallashtirish (xususiy tahlil) va ulaming tizim-
lashtirilishini ko‘zda tutadi. U yoki bu hodisalami detallashtirish (tar-
kibiy qismlarga ajratish) o'rganilayotgan obyektda yanada jiddiy va aso-
siysini aniqlash uchun zarur bo'lgan darajada olib boriladi. U obyekt va
tahlil maqsadiga bog'liq. Bu iqtisodiy tahlildagi murakkab vazifa bo'lib,
analitikdan iqtisodiy hodisalar mohiyati,
shuningdek, ulaming rivojla-
nishini aniqlovchi omil va sabablar haqida aniq bilimlar talab qiladi.
Tizim elementlarini tizimlashtirish ulaming o'zaro aloqadorligi va
o'zaro ta ’sirini o'rganish asosida amalga oshiriladi. Bu asosiy kompo-
nentlami, funksiyalami, tizim elementlari tobeligini aniqlashga, o'rgani
layotgan obyekt (tizim)ning taxminiy tuzilishli-mantiqiy tahlil modelini
tuzishga imkon beradi. Grafik jihatda u odatda rasm ko'rinishida taqdim
b o ia d i, bu yerda har bir elementga muayyan blok mos keladi. Alohida
bloklar o'zaro strelkalar bilan b o g iiq , ular ichki va tashqi tizim aloqalari
mavjudligi va yo'nalishini ko'rsatadi. Tuzilishli-mantiqiy chizmaiar
asosida matematik bo g iiq lik
shakllari belgilanadi, tizimning elementlari
o'rtasidagi o'zaro aloqani tavsiflovchi matematik modellar tuziladi,
ulaming parametrlari aniqlanadi. Tizimlashtirish tahlildagi o 'ta mas’uli-
yatli davr hisoblanadi. Bu jarayonda doimiy omillami tasodifiy lari dan
ajratish, ko'plab o'rganilayotgan omillaming to'plamidan faoliyat nati
jalari b o g iiq b o ig a n asosiylarini aniqlash zarur.
Iqtisodiy tahlilning yuqorida qayd qilingan tomonlar bilan bevosita
shartlangan muhim metodologik jihati, korxonaning xo'jalik faoliya
tidagi iqtisodiy jarayon va hodisalaming sabab-oqibat aloqalarini kom
pleks, tizimli tadqiq qilish uchun zaruriy sanaluvchi ko'rsatkichlar
tizimini ishlab chiqish va undan foydalanish hisoblanadi.
Tahlilda tizimli bilan bir qatorda vaziyatli yondashuv mavjud, unga
muvofiq amalga oshirish belgilangan funksiyani inqirozli hodisalardan
ogohlantirish maqsadida boshqarilishi lozim b o ig a n vaziyat tashkil
etadi. T o 'g 'ri qaror qabul qilish uchun yuzaga kelgan vaziyatni baholash
v a uning istiqbolda rivojlanishini prognozlash zarur. Vaziyatli yonda-
shuvning o‘ziga
xosligi shundan iboratki, u tizimli tahlilning asosiy
g ‘ovalarini rivojlantirib, eng ahamiyatli tizim parametrlarini, eng dol-
zarb omillami ajratadi, qo‘yilgan maqsadlarga yanada samarali usullar
bilan erishish mumkin bo'lganlariga ta’sir ko‘rsatadi. Vaziyatli yonda
shuv hozirgi vaqtda iqtisodiy tahlilni rivojlantirish metodologiya va me-
todikasining eng istiqbolli y o ‘nalishlaridan biri sanaladi.
Dostları ilə paylaş: