3-BOB. IQTISODIY TAHLILNING METODI, METODIKASI VA
METODOLOGIYASI
3.1. Iqtisodiy tahlilning metodi va uning xususiyatlari
Metod
- grekcha «methodos» so‘zidan olinib nazariya, ta’limot va
amaliyotni o‘rganishdagi yondashuv yoiid ir. Keng m a’noda metod
tabiat va jamiyatdagi jarayonlar, predmetlar hamda voqeliklami tadqiq
etishning o‘zaro bog‘langan yalpi usullari,
tamoyillari, shuningdek,
haqiqatni bilishning vositalari, uslublari v a y o ila ri tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning metodi - korxonadagi xo‘jalik jarayonlari va
boshqa faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o ‘zgarishi hamda rivoj-
lanishini dialektik yondashuv usulida o‘rganishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorlikni oshirish maqsadida korxonaning xo‘jalik hamda boshqa
faoliyat turlarini tavsiflaydigan ko'rsatkichlar tizimidan foydalanish,
ushbu ko‘rsatkichlaming o‘zgarishi sabablarini tadqiq qilish, ularning
o ‘zaro bogiiqliklarini aniqlash hamda hisob-kitob
qilish iqtisodiy tahlil
fani metodining o‘zigaxos jihatlaridir.
Metodining mazmuniga ko‘ra talilil vositasida xo‘jalik jarayonlari
va boshqa faoliyat turlarini o‘rganishda dialektik yondashuv, y a ’ni har
bir voqelik mavjud va rivojlanishda, deb qaraladi. Bu voqeliklar sondan
sifat o‘zgarishiga va yangi sifatning paydo boiishi, inkomi-inkor qilish,
qarama-qarshilik kurashi, eskining tugashi, yangi - ilg‘or voqeliklaming
paydo b o iish i kabi xususiyatga ega boiadi. Dialektik yondashuv va
uning barcha usullari x o ‘jalik jarayonlarini o ‘rganishda, tahlil qilishda
korxona faoliyatining barcha bosqichlarida qoilaniladi.
Iqtisodiy tahlil metodining ta’rifida uning e’tiborli
jihatlari ham
ko‘rsatilgan. Jumladan, x o ‘jalik jarayonlari va iqtisodiy voqealami tahlil
qilishda juda ko‘plab ko‘rsatkichlardan foydalanish zarurligi.
Tahlil uchun kerak b o ig a n ko‘rsatkichlar, ularning turi ham da miq
dori o ‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonning mazmuni, hajmi va davriga
b o g iiq b oiad i. Hatto, tahlil natijasida avvaldan m oijallanm agan yangi
ko'rsatkichlar ham hisoblab topilishi mumkin. Mazkur holat iqtisodiy
tahlil metodining o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi.
O'rganilayotgan xo‘jalik jarayonlarining, y a ’ni ко' rs atkichiarnrng
o ‘zaro farqlanishi hamda o'zgarishi sabablarini aniqlash tahlil ishlarida
muhim ahamiyatga ega. Har bir o'zgarishga ta’sir ko'rsatgan sabablami
(omillar) hisoblash iqtisodiy tahlil metodining yana bir o'ziga xos
xusu-
siyatidir. Chunki tahlil qilinayotgan iqtisodiy ko'rsatkichlar va ulardagi
o'zgarishlar doimo bir-biri bilan uzviy bog'liq, o'zaro aloqa ham da ta’sir
natijasida sodir boiadi. Tahlil vositasida mazkur holatlar, y a’ni o 'zg a
rishlar aniq hisoblanadi va o'rganiladi. Ta’kidlash kerakki, ayrim olin
gan omillar oxirigi yakuniy natijaga sezilarli ta’sir ko'rsatishi va uni
tubdan o'zgartirib yuborishi ham mumkin. Shuning uchun ham xo'jalik
faoliyatidagi o'zgarish sabablari, ulaming omillar ko'rinishida yuzaga
chiqishi tahlilda jiddiy tarzda o'rganiladi. Demak, ko'rsatkichlarga ta ’sir
etuvchi asosiy va qo'shimcha omillami aniqlash ulami tasniflash tahlil
metodining muhim xususiyati b o iib sanaladi. Sabablami aniqlash va
omillami to 'g 'ri guruhlash xo'jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning
sifatli b oiishida muhim rol o'ynaydi.
Iqtisodiy tahlil metodining yana bir o'ziga xos tomoni o'rgani
layotgan ko'rsatkichlarni bir-biriga o'zaro ta’sirini va bogiiqligini aniq
hisoblab ko'rsatib benshdir. M aium ki,
korxona ishlab chiqaradigan
mahsulot hajmi uch guruh omillar - ishchi kuchi, mehnat vositalari va
mehnat predmetiaridan foydalanishga bo g iiq. O 'z navbatida har bir
guruh omillar ham tarkibiy elementlarga ajraladi. Misol uchun, ishchi
kuchidan foydalanish bo'yicha omillar miqdor va sifati bo'yicha guruh-
lanadi. Bu yerda, miqdor omil ishchilar soni, sifat omili esa ulaming
mehnat unumdorligidir (bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan o'rtacha
mahsulot). Ishchining bir yildagi o'rtacha
mehnat unumi - bir yilda
ishlangan o'rtacha kishi kunlari, ish kuni davomiyligi va bir ishchining
yil davomida ishlagan kishi soatiga b ogiiq. Bu sanab o'tilgan har bir
ko'rsatkich o 'z navbatida boshqa omillarga bevosita bogiiq. Ishchining
bir yilda ishlangan o'rtacha kishi kunlariga qo'shim cha dam olish,
sababsiz ishga kelmaslik, uzoq safarga borish, kasallik tufayli ishga
chiqmaslik va korxona aybi bilan bekor turish kabi sabablar ta ’sir
ko'rsatadi. Aytilganlardan m a iu m boim oqdaki,
korxona iqtisodiy
faoliyatidagi barcha ko'rsatkichlar bir-biri bilan zanjirli b o g ian ib
ketgan. Bu umumiy zanjir tizimida har bir omilning o 'z o'm i bor ham da
ular muayyan miqdorda voqeliklarga ta’sir ko'rsatishi mumkin. Tahlil
jarayonida e’tiborga olinmagan har bir ko'rsatkich yoki omil uning
natijalaming noaniq b oiishig a hatto iqtisodchilami n o to 'g'ri xulosalarga
olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlil metodining muhim xususiyati
o'rganiladigan muayyan iqtisodiy ko‘rsatkich alohida tarzda, boshqa
omillardan ajratilgan holda tahlil qilinmaydi. Ulaming o'zaro bog‘liqligi
doimo e’tiborda tutiladi. Faqatgina, ayrim hollarda
iqtisodiy jarayonlar
bo‘yicha hisob-kitoblami mantiqiy asoslash uchun, y a’ni yakuniy natija
ko‘rsatkichiga faqat bir omilning ta’siri o'rganilayotgan vaziyatlarda
boshqa omillaming o ‘zgarish sabablari hamda ta’sir etish miqdori shartli
o'zgarmas, deb qaralishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: