Ilmiy tadqiqotlar jarayonida о ‘tkaziladigan konstruksiya sinovlari
yangi
ishlanayotgan temirbeton konstruksiyalarini hisoblashning nazariyasi va
uslubiyatini takomillashtirish uchun zarurdir. Bunday sinovlar eksperimental-
nazariy, loyiha-konstruktorlik ishlanmalarning tarkibiy qismi sanaladi.
Tajribalar jarayonida beton va armaturaning o'zaro ta’siri, armaturaning
soni, sifati va joylashuvini konstruksiyaning mustahkamligi, deformat-
siyalanuvchanligi va yorilishbardoshligi hamda kuchlanish holatiga ta’siri
o'rganiladi; konstruksiyaning real ishlash sharoiti bilan hisobiy gipotezalar
orasidagi farq aniqlanadi va h.k. Bunday sinovlar qo'yilgan masalaga har
taraflama javob beradigan maxsus ishchi dastur tuzishni, ba’zi hollarda esa
ya’ni o'lchov asboblari va zaruriy uskunalar tayyorlashni talab etadi.
Yangi qurilgan inshootlar yoki konstruksiyalarning sinovi
ulami loyihaga
qanchalik mosligini juda kam hollarda, asosan mas’uliyati yuksak bo'lgan
inshootlarni (ko'priklar, fazoviy tom yopmalari va b.) foydalanishga
topshirishdan oldin amalga oshiriladi.
175
Foydalanishda bo'lgan inshoot va konstruksiyalar
zarurat tugMlgan
hollarda, masalan, inshootning yuk ko'taruvchi elementlariga qo'yiladigan
yukni oshirishga ehtiyoj tug'ilsa yoki konstruksiya eskirsa yoki shikastlansa,
uning haqiqiy mustahkamligini, bikiriigini va yorilishbardoshligini tekshirish
maqsadida sinaladi.
12.2. Sinasb ishlarida qo‘llaniladigan asbob-uskunalar
12.2.1. Sinov presslari va mashinalari
Sinov mashinalari va presslar mexanik tajribaxonalarning asosiy asbob-
uskunalaridan sanaladi.
Sinov presslari konstruksiya elementlari va namunalami siqishga sinaganda
qo'llaniladi. Presslar gidravlik yoki mexanik uzatmali (privodli) bo'ladi.
Presslaming siquvchi kuchi bir necha ming tonnagacha yetadi. Qudratli presslar
faqat gidravlik uzatmali qilib tayyorlanadi. Presslarda maxsus jihozlar yordamida
nafaqat siqishga, balki deformatsiyaning boshqa turlariga ham sinasa bo'ladi.
Ayrim sinovlami o'tkazishda presslardan tashqari maxsus va universal
sinov mashinalaridan foydalaniladi. Masalan, cho'zilishga sinashda
cho'zuvchi kuchlarni yoki cho'zilish deformatsiyalarini o'lchaydigan
mashinalardan foydalaniladi. Cho'zilishga mo'ljallangan mashinalarning
asosiy ishchi organi changal (zaxvat)lardan birini harakatga keltiruvchi
mexanizm va namunani cho'zilishga bo'lgan qarshilik kuchini o'lchaydigan
asbobdan iborat. Cho'zilish jarayonida sinalayotgan namunaning o'qi
joylashuviga qarab mashinalarga gorizontal va vertikal turlarga ajratiladi.
Zo'riqishlar richagi uskunalar, richag-mayatnikli sistemalar, prujinali
kuch o'lchagichlar, manometrlar, mesdozalar, kuch o'lchagich gidrot-
silindrlar, kombinatsiyalashgan sistemalar va boshqalar yordamida o'lchanadi.
Qurilish tajribaxonalarida maksimal zo'riqishni 5 dan 80 mN gacha
bo'lgan mashina va presslardan foydalaniladi. Agar sinalayotgan konstruksiya-
laming o'lchamlari va talab etilgan yuk shu yerdagi sinov mashinalarida
mavjud bo'lsa, sinovni aniqlik darajasi ancha past bo'lgan yig'ma stendlar
o'rniga, aynan shu mashinalarda o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Sinov mashinalari (12.1-rasm) gidravlik ta’sir prinsipida ishlaydi.
Mashina rama ko'rinashidagi vertikal staninaga ega, uning yuqorigi traversasiga
ishchi tsilindr o'matilgan, uning ostida sinovlar o'tkaziladigan bo'sh joy
ko'zda tutilgan. Boshqaruv pultida moy idishi, elektr uzatma va mayatnikli
manometr joylashgan.
Zo'riqishning chegaraviy qiymati 50 tk (~500kN) dan yuqori bo'lgan
mashinalarda boshqaruv pulti staninada alohida o'matiladi.
176
|