tasvirlangan shprengel, vertikal sim va prujina vositasida pastga tortib qo'yilgan; natijada shprengelning hamda progibomer simi mahkamlangan nuqtaning qo'zg'almasligi ta’minlangan. 4.3-rasm, b da yuk osib taranglangan sim shprengel tasvirlangan. 4.3-rasm, d da esa shprengelning uchi prujina yordamida fermaning yuqori poyasiga mahkamlangan variant tasvirlangan. Gorizontal ko'chishlarni aniqlashda progibomerlarni qanday o'matilishi 4.4-rasmda berilgan. Havo haroratining o'zgarishi simning uzunligiga sezilarii darajada ta’sir etishi mumkin, bu esa o'z navbatida sinov natijalarida o'z aksini topadi. Uzunligi 1 m bo'lgan po'lat sim harorat 10 °C ga oshirilganda 1mm dan ortiqroq uzayadi. Bunday holat sinov natijalarini tahlil etishda hisobga olinishi zarur. INDIKATORLAR Indikatorlar strelkali asboblar turkumiga kirib, o'lchash jarayonida shtifti (nayzasim on o'qi) obyekt sirtiga tegib turadi. Eng ko'p tarqalgan indikatorlaming shkala bo'linmasi 0,01 mm ni tashkil etib, 10 mm gacha bo'lgan ko'chishlarni o'lchay oladi. Bir necha santimetmi o'lchay oladigan maxsus indikatorlar ham bo'ladi. OMchashda o'ta aniqlik talab etilgan hollarda shkala bo'linmasi 1 yoki 2 mk boMgan mikroindikatorlar qoMlaniladi. Indikatorlaming kinematik sxemasi 4.5-rasmda ko'rsatilgan. 4.6-rasmda to'sin konstruksiyasining solqiligini bir necha indikator yordamida oMchash sxemasi tasvirlangan. Tayanchlarning cho'kishi chetki 45
b) ж У Г l /
4.6-rasm. To'sin konstruksiyasi solqiligini shtiftli indikator yordamida o'lchash: