‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Asosiy tushuncha va iboralar


səhifə106/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Asosiy tushuncha va iboralar
J.S. Mill, ishlab chiqarish qonunlari va taqsimot qonunlari, mini­
mum ish haqi va fiziologik minimum, Kumo, Tyunen, iqtisodiyot va 
matematik, talabning elastikligi.


Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. J.Millning iqtisodiy qarashlari qanday?
2. J.Mill ishlab chiqarish qonunlari bilan taqsimot qonunlarini 
qanday baholaydi?
3. Minimum ish haqi va fiziologik minimum nima?
4. J.R. Mak-Kulloxning asosiy g'oyalariga tushuncha bering.
5. Iqtisodiyotga matematik uslub kim tomonidan kiritildi? «Talabning 
elastikligi» nimani bildiradi? Baho va mahsulot miqdori o'rtasida qanday 
bog‘lanish bor?
6. Tyunenning iqtisodiy modelini izohlab bering. Samarali va 
samarasiz xo'jalik qanday aniqlanadi? Klassik maktab va hozirgi zamon.


UCHINCHI QISM
KLASSIK MAKTABGA MUQOBIL TA’LIMOTLAR
XI b о b. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL
IQTISODIY G‘OYALARNING VUJUDGA KELISHI
11.1. XIX asming birinchi yarmida islohotchilik ilmiy
konsepsiyalarining shakllanishi
XVIII-XIX asr boshlaridagi sanoat to‘ntarishi katta ijtimoiy- 
iqtisodiy o‘zgarishlarga olib kelish bilan birga, A. Smit ta’limotini 
turlicha tanqid qiluvchi nazariy maktablami shakllanishiga yetarli zamin 
tayyorladi. Bu nazariy maktablar umuman klassik iqtisodiy maktabga 
muxolif bo‘lib, uch asosiy yo‘nalishda: iqtisodiy romantizm, xayoUy 
sotsializm, nemis tarixiy maktabi (ijtimoiy-tarixiy) yo‘nalishida 
rivojlandi. Bulaming asosiy vakillari klassik iqtisodiy maktabga qarshi 
chiqish bilan birga ulardan o'zgacha jamiyatning nisbatan ideal ijtimoiy- 
iqtisodiy tuzilish modelini taklif qildilar.
Darslikning shu va keyingi boblarida klassik iqtisodiy maktabga 
qarama-qarshi g'oyalaming ba’zilari bilan yaqindan tanishamiz.
Kapitalistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab 
chiqarish ustun bo'lgan sharoitda sanoat to'ntarishi davriga kirayotgan 
mamlakatlarda bu tuzumni tanqid qilib, unga mayda ishlab chiqa­
ruvchilar manfaatini bergan iqtisodchilami paydo bo'lishi tabiiy bir 
hoi edi. Mayda ishlab chiqaruvchilar nazariyotchilar klassik iqtisodiy 
maktabga ham, xayoliy-sotsialistlarga ham qarshi turuvchi iqtisodiy 
ta’limotni ilgari surishga intildilar. Ular kapitalistik jamiyatning mayda 
tovar ishlab chiqarishni siqib chiqarish, yollanma mehnatni kengay- 
tirish bilan bog'liq bo‘lgan ko'pgina belgilarini tanqid qilib, xususiy 
mulkchilikni, sohibkorlik erkinligini yoqlab chiqadilar.
XIX asming birinchi choragida iqtisodiy ta’limotlarda, shuningdek, 
ilk bor ishchilar sinfining ahvoli asosiy muammo qilib ajratib ko‘rsatila


boshlandi. Chunki aynan mana shu davrdan boshlab sanoat rasman 
shakllandi va ularga xos muammolar ko‘zga tashlana boshlagan edi.
Mayda ishlab chiqarish nazariyotchilari «iqtisodiy romantizm»ga xos 
islohotchilik harakatlarini targ‘ib qilib, o‘z rivojida bir necha bosqichni 
bosib o'tdi. Agar birinchi bosqich vakili hali kapitalizmdan voz kechishga 
uni cheklab qo‘yishga intilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqich maktabi vakili 
esa kapitalizmni isloh qilish loyihasini ilgari surib, «kichik kapitalizm»ni 
saqlab qolish tarafdori edi. Markscha-lenincha ta’limotdan farq qiliuvchi, 
bu maktab vakillari ijodini, ta’limotlarini o‘rganish nihoyatda zarurdir. 
Chunki ilmiy maktab vakillari o‘z davrlarida klassik iqtisodiy maktab 
vakillarini tanqid qilib, xayoliy sotsialistlar g'oyalariga qarshi kurashdilar, 
marksizm ta’limoti ommalashuviga qarshilik qilishga urindilar.
Ushbu bobda shu maktabning asosiy vakillari S.Sismondi, P.Prudon, 
K.Rodbertusning iqtisodiy ta’limotlariga xos xususiyatlar, ulaming 
uslubiyati bilan yaqindan tanishamiz. Bu olimlar qoldirgan ilmiy meros 
uzoq davr davomida turli mamlakatlardagi iqtisodiy qarashlaming 
shakllanishiga katta ta’sir o'tkazib keldi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin