Sistemalik va komplekslilik. Komplekslilik – bu murakkab sistemadagi barcha elementlarning muvofiqligidir.
Dinamiklik va standartlashtirishning o‘suvchanligi. Standartlar fan va texnikadagi yuz berayotgan o‘zgarishlarga «adaptatsiya», yahni moslashishi kerak. Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkiloti «ISO»ning standartlari o‘suvchandir.3
Standartlashtirishning samaradorligi – bu normativ hujjat qo‘llanilganda iqtisodiy yoki ijtimoiy
samara berishidir, yahni standartlashtirishga sarflangan bir so‘mning o‘n so‘m foyda keltirishidir.
4.Standartlarni ishlab chiqishning ustivorligi bu ustivorlik tovar va xizmatlarning o‘zaro muvofiqligi, almashuvchanligi va xavfsizligini tahminlashdir.
Uyg‘unlashtirish tamoyili - bu xalqaro
savdoda to‘siq bo‘lmaydigan uyg‘unlashgan standartlarni ishlab chiqishdir.
Afzallik tamoyili. Bu tamoyil afzalroq sonlar qatoridan foydalanishga asoslangan bo‘lib, ulardan
buyum, uskunalarning nomenklaturasini kamaytirishda foydaniladi.
Standartlashtirishning usullari:
Unifikatsiya:
sistemalashtirish;
klassifikatsiya yoki tasniflash;
2. Simplifikatsiya;
3. Tipizatsiya yoki turlarga ajratish;
4. Selektsiya yoki tanlash;
5. Optimallash (optimizatsiya);
6. Agregatlash (agregatirovanie)
Unifikatsiya - standartlashtirish shakli bo‘lib, ikki yoki undan ortiq hujjatlarni (texnik shartlarni) birlashtirishdir va bu hujjat bilan reglamentlangan buyumni istehmolda o‘zaro almashtirish mumkin bo‘lganligi, albatta, nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.Boshqacha qilib aytganda, unifikatsiya- bu bir xil funktsional yunalishda bo‘lgan bir turdagi detalh va agregatlar sonini ratsional qisqartirish bo‘yicha faoliyatdir.4 Mahsulotni unifikatsiyalash koeffitsienti
Kp mavjud bo‘lib, u quyidagi ifoda bilan keltiriladi: Kn = n-n0 / n×100.
Bu erda: n-buyumdagi detallar soni bo‘lib, unga
standart, unifikatsiyalashgan hamda umummashinasozlik, tarmoqlararo va tarmoqda qo‘llaniladigan detallar kiradi. n0-optimal detallar soni;
sistemalashtirish- bu buyumlar, hodisalar va tushunchalarni aniq tartib va ketma-ketlikda joylash bo‘lib, foydalanishga qulay bo‘lgan tizimni yaratadi.
Masalan, bu tizimdan entsiklopedik va politexnik mahlumotnomalar va bibliografiyalarda foydaniladi. OKP - obo‘erossiyskiy klassifikator promqshlennoy i selhskoxozyaystvennoy produktsii. Mashinalarning o‘lchamlari va parametrlarini hamda ularning detallari va kismlari sistemalashtirish uchun afzalroq sonlar qatori foydalaniladi.
klassifikatsiya- bu buyum, hodisa va tushunchalarni klasslar, razryadlarga, ularning umumiy belgilariga bog‘liq holda joylanishidir. Masalan, UDK - universalg‘naya desyatichnaya klassifikatsiya gumanitar va texnikaviy adabiyotlarni indekslar bilan rubrikalashning xalqaro tizimi sifatida qabul qilingan. Masalan, UDK62- texnika, UDK621-umumiy mashinasozlik va elektronika, UDK62,3-elektrotexnika va boshqalar.
• Simplifikatsiya - standartlashtirishning shakli bo‘lib, buyumlarning turi va boshqa turli ko‘rinishlarining mikdorini qarayotgan vaqtdagi mavjud talablargacha kamaytirishdir. Simplifikatsiya
obhektlariga hech qanday texnikaviy mukammallashtirishlar kiritilmaydi.
• Tipizatsiya - bu ko‘p sonli va ko‘p turdagi mashina, pribor, instrument va boshqalardan o‘z sifati bo‘yicha ratsional bo‘lgan va o‘z tartibida umumiy
detallar bo‘lganlarini tanlashdir. Maqsadi buyumlarning ko‘pxilligini likvidatsiya qilishdir.
|