Asosiy tushuncha va atamalar. Standartlar va Standartlashtirish
Standart bu mahsulot yoki xizmatlar uchun talablar, qoidalar va ko‘rsatmalarni o‘zaro bir-biri bilan mutanosib kelishini ta’minlovchi hujjat hisoblanadi. Bu talablar, ba'zan, mahsulotlar yoki xizmatlar jarayonlari tavsifi bilan tushuntiriladi.
Standartlar kelishuvlar natijasidir va ular tegishli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Standartlar maqsadi belgilangan doiradagi tartibini optimal darajasiga erishishdir.
Standartlashtirish - Standartlarni
shakllantirish, ishlab chiqish va tadbiq etish jarayoniga aytiladi.
Standart - bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi (konsensus) asosida ishlab chiqarilgan va
mahlum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiyalar, talablar va usullarini o‘z ichiga olgan hamda, belgilangan va tan olingan idora
tomonidan tasdiqlangan mehyoriy hujjatdir.
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va jamiyat uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo‘lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali mahlum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo‘ladi. Standartlashtirishning muhim natijalari odatda mahsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi g‘ovlarni bartaraf qilish hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ko‘maklashishda namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |