Milliy standartlashtirish - bu muayyan bir mamlakat doirasida o‘tkaziladigan standartlashtirish faoliyatidir.
Standartlashtirish har xil faoliyat turlari va uning natijalariga daxldor qoidalar, umumiy qonun-qoidalar yoki tavsiflarni o‘zida qamrab olgan mehyoriy hujjat hisoblanadi.
"Mehyoriy" hujjat atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek umumiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va qoidalar tushunchasini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Standartlashtirish maqsadlari ko‘p qirrali bo‘lib, ular asosan quyidagilardan iborat: bir xillashtirish (har xillikni boshqarish), qo‘llanishlilik, moslashuvchanlik, o‘zaroalma- shuvchanlik, sog‘liqni saqlash, xavfsizlikni
tahminlash, tashqi muhitni asrash, mahsulotni himoyalash, o‘zaro tushunishlikka erishish, savdodagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. Bir maqsadning amalga oshishida bir vaqtda boshqa maqsadlarning ham amalga oshishi mumkin.
Standartlashtirishda mahsulotning vazifasiga muvofiqligi deganda belgilangan sharoitlarda muayyan vazifalarini buyum, jarayon yoki xizmatlar tomonidan bajarish qobiliyati tushuniladi.
Moslashuvchanlik esa, mahlum sharoitlarda belgilangan talablarni bajarish uchun nomaqbul tahsir ko‘rsatmasdan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarni birgalikda qo‘llanishiga yaroqliligi deb tushuniladi.
O‘zaroalmashuvchanlik – bir xil talablarni bajarish maqsadida bir buyum, jarayon, xizmatdan foydalanish o‘rniga boshqa bir buyum, jarayon, xizmatning yaroqliligidan iborat.
Har xillikni boshqarish (unifikatlashtirish yoki birxillashtirish) deb, muayyan ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan eng maqbul o‘lchamlarni yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlashga aytiladi.
3. Standartlashtirishning asosiy tamoyillari.
Standartlashtirish bo‘yicha umumiy maqsad - bu mahsulot sifati, protsesslar va xizmatlar bo‘yicha
Davlat va istehmolchilarning qiziqishlarini qimoyalashdir.
Standartlashtirishning ushbu umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda uning asosiy tamoyillarini keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: |