Standartlarning o‘ziga xos xususiyatlari.
Standart asosan uchta xususiyatga ega bo‘ladi:
Darajaviy : kompaniyada milliy va xalqaro
darajalar singari
Ilmiy : oziq-ovqat, tekstil va menejment injeniringi kabi
Aspekt : qadoqlash va yorliqlashtirish, sinovdan o‘tkazish va analizlash, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashtirishga o‘xshagan.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o‘rinlarida mahsulotlar deb yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhit uchun
xavfsizligi,resurslarnitejashmasalalarida istemolchilarning va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
mahsulotlarning o‘zaro bir - birining o‘rnini bosishini va bir-biriga monandligini tahminlash;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga
muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish;
resurslarning barcha turlarini tejashga, ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi, xavf-xatarni hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi obhektlarining xavfsizligini tahminlash;
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati to‘g‘risidagi to‘liq va ishonarli axborot bilan tahminlash;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini tahminlash;
o‘lchashlarning yagonaligini tahminlash;
Standartlashtirishning asosiy vazifalari:
iste’molchi va davlatning manfaati yo‘lida mahsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qo‘yish;
davlat, respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga kerakli talablarni belgilovchi mehyoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo‘llash, shuningdek hujjatlardan nazorat qilish;
standartlari talablari bilan uyg‘unlashuvini tahminlash;
bir-biriga mosligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli, informatsion, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek mahsulotning o‘zaro almashinuvchanligini tahminlash;
parametrik va turlar o‘lchovi katorlarini, tayanch konstruktsiyalarni, buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy
qismlarini aniqlash va qo‘llash asosida birxillashtirish;
mahsulot, uning tarkibiy kismlari, buyumlari, xom-ashyo va materiallar ko‘rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog‘lanishi;
material va energiya sig‘imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi texnologiyalarni qo‘llash;
mahsulotning ergonomik xossalariga talablarning belgilanishi;
metrologik mehyor, qoida, nizom va talablarning belgilanishi;
standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish;
xorijiy mamlakatlarning talablari O‘zbekiston
Respublikasining xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini qondirolgan hollarda ularning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash tajribasini kengaytirish;
texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;
mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish;
texnika-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy qilish;
sinovlarni mehyoriy-texnika jihatidan tahminlash, mahsulot sifatini sertifikatlashtirish, baholash va nazorat qilish;
|