Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги



Yüklə 4,04 Mb.
səhifə17/30
tarix20.11.2023
ölçüsü4,04 Mb.
#165325
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Ўзбекистон ало а ва ахборотлаштириш агентлиги

3. Hisobot tarkibi:

  1. Ishning nomi;

  2. Ishning maqsadi;

  3. O‘lchash sxemalari;

  4. Hisoblashlar;

  5. Kirish-chiqish fazalar siljishi ossilogrammalari;

  6. Xulosa.

4. Nazorat savollari.
1. “Ideal” OK parametrlariga qanday talablar qo’yiladi?
2. Inverslamaydigan OK sxemasini ishlashini tushintiring?
3. OK chiqish amplituda xarakteristikasini tushuntirib bering.
4. OK xususiyatlari
5. OK sxema turlari.


10– LABORATORIYA ISHI


Operatsion kuchaytirgich parametrlarini tadqiq etish.


Ishning maqsadi: Operatsion kuchaytirgich parametrlarini o‘lchash usullarini o‘rganish, LM324 (N) mikrosxemasi yordamida inverslaydigan OK parametrlarini tadqiq etish.


1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish.
Integral ko‘rinishda bajarilgan operatsion kuchaytirgich (OK) – bu universal analog mikrosxemadir. U ikki kirishli differensial kuchaytirgichda bajarilgan keng polosali o‘zgarmas tok kuchaytirgichi bo‘lib, chiqishida shakllanayotgan signal kirishdagi signallarning farqiga teng bo‘ladi.
Operatsion kuchaytirgich ikkita kirishga ega bo‘lib birinchisi «+» kirishi inverslamaydigan, ikkinchisi «–» kirishi esa inverslaydigan kirish hisoblanadi.
Uning chiqishida teskari aloqa zanjirini qo‘llab kirishdagi signallar ustidan turli matematik amallar bajarish imkoniyati borligi tufayli ham operatsion kuchaytirgich nomini olgan. Chiqish zanjirini tanlashga qarab OK qo’shish, ayirish, ko‘paytirish, o‘rta qiymatni aniqlash, integrallash, differensiallash, logarifmlash va boshqa amallarni bajarish uchun qo‘llanilishi mumkin. Amallarni bajarish aniqligi OKning kuchaytirish koeffisiyenti va kirish qarshiligi qancha katta, chiqish qarshiligi esa qancha kichik bo‘lsa, shuncha yuqori bo‘ladi.
Operatsion kuchaytirgichlarning asosiy parametrlari.
Ularga quyidagilar kiradi:

  • OK kuchaytirgich teskari aloqa koeffisiyenti KU. - KU ning teskari aloqa qiymati bir necha o‘n – yuz mingni tashkil etadi;

  • sinfaz kirish signallarning so‘nish koeffisiyenti – KTA.SF. OKning ikkala kirishiga berilayotgan signallarni so‘ndirish qobiliyatini baholaydi. Odatda, KTA.SF desibellarda ifodalanadi:



  • siljituvchi kirish kuchlanishi - USIL. Bu kattalik, OK chiqishida kuchlanish nolga teng bo‘lishi uchun, kirishga berish kerak bo‘lgan kuchlanish qiymatini belgilaydi. Bu kattalik OK ning ideal emasligini xarakterlaydi va kirish kaskadidagi tranzistorlarni bir xil emasligiga asoslangan. Odatda USIL qiymati millivolt - o‘n millivoltlarda bo‘ladi;

  • kirish toklari - IKIR. Chiqishdagi kuchlanish nolga teng bo‘lganda kirishlarda oqib o‘tadigan tokni bildiradi. Bu toklar kirishdagi bipolyar tranzistorlarning baza toklari yoki OK kirish kaskadida maydoniy tranzistorlar qo‘llanilgan bo‘lsa zatvordagi sizish toki bilan tushuntiriladi. Odatda IKIR qiymati nanoamper – o‘n mikroamper (10-10÷10-15A) larda belgilaydi;

  • kirish toklarining farqi IKIR – 10÷20% ga yetishi mumkin. Bu kattalik OK kirish kaskadining simmetrik emasligini ifodalaydi;

  • chiqish kuchlanishining ortib borish tezligi VU.ChIQ - bu kattalik UChIQ qiymatini o‘zining nominal qiymatidan 10% ÷ 90% gacha o‘zgarishining, shu o‘zgarishlarga ketgan vaqtga nisbatiga teng;

  • birlik kuchaytirish chastotasi - f1. Bu kattalik OKda kuchlanishni kuchaytirish koeffisiyenti birga teng bo‘ladigan kirish signali chastotasini bildiradi. Bu kattalik OK kuchaytirishi mumkin bo‘lgan signallarning chastota diapazonini belgilaydi.


10.1– rasm. LM324 mikrosxemasining ichki tuzilishi

Yüklə 4,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin