Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги


Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq



Yüklə 4,04 Mb.
səhifə25/30
tarix20.11.2023
ölçüsü4,04 Mb.
#165325
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Ўзбекистон ало а ва ахборотлаштириш агентлиги

2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
2.1. Mikrosxemaning uzatish va kirish xarakteristikalarini o‘lchash.
2.1.1. K155LA3 mikrosxemada mavjud to‘rtta 2 YoKI - EMAS elementlarning ixtiyoriy biridan foydalanib, 14.3 – rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing (misol tarikasida bir sxemaning chiqishlari tartibi keltirilgan).

14.3 – rasm. O‘lchash sxemasi.
IMS kirishlaridan biriga kirish kuchlanishi bering, ikkinchisiga (ishlatilmayotgan) esa manbaning “+” qutbini ulang. E1 kirish kuchlanishini 0÷5 V oralig‘da o‘zgartirib borib kirish Ikir =f(Ukir) hamda uzatish xarakteristikasini Uchiq=f(Ukir) o‘lchang. O‘lchash natijalarini 14.1 -jadvalga kiriting.
14.1 – jadval.

Ukir, V

0

0,5

1

1,5

2

2,5

3

3,5

4

4,5

5

Ikir, mA


































Uchiq, V


































2.1.2. Ukir =U0 ≈ 0,4 V bo‘lganda va Ukir =U1 2,4 V bo‘lganda mos ravishda iste’mol I0ist. va I1ist. toklarini o‘lchang (U0 va U1 sath qiymatlari pasport ko‘rsatmalaridan olinadi).


2.2. Mikrosxema yuklama qobiliyatini o‘lchash.
Oldingi bandda tadqiq etilgan sxemadan foydalaning. IMS kirishiga pasport ko‘rsatmasidagi mantiqiy nol qiymatini Ukir=0,4 V bering. IMS chiqishiga yuklama qarshiliklari: RYu=56kOm,10kOm, 1 kOm, 470 Om, 100 Om berib, yuklama chiqish xarakteristikasini Uchiq=f(RYu) o‘lchang. O‘lchash natijalarini 14.2 -jadvalga kiriting.
14.2 – jadval.

Ryuk, kOm

0,1

0,47

1

10

56

Uchiq, V
















2.3. Mantiqiy mikrosxema tezkorligini tadqiq etish.


14.4 – rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing. O‘lchashni osonlashtirish maqsadida hamda kechikish vaqtini uzaytirish maqsadida to‘rtta mikrosxema ketma – ket ulangan (olingan natijani to‘rtga bo‘lish kerakligi yoddan ko‘tarilmasin).
Kirish (A nuqta) va chiqish (V nuqta) ga ossilografni ulang. Bu vaqtda IMS chiqishiga ossilograf pultida o‘rnatilgan kuchlanish bo‘luvchisi 1:10 orqali ulanishi kerak. Bu holat ulanish kabeli sig‘imi va ossilograf ta’sirini 10 marotabaga kamaytirishga imkon beradi. (Kirish zanjiri past qarshiliklili bo‘lgani uchun, bu yerda bu xolat talab etilmaydi).
Kirishga amplitudasi 5 V va chastotasi 1 kGs bo‘lgan to‘g‘ri burchakli impulslar beriladi. Oldi va orqa frontlarning kechikish vaqtlarini (t0,1kech , t1,0kech) aniqlang.

14.4 – rasm. O‘lchash sxemasi.



Yüklə 4,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin