3. Tajribada olingan natijalarni ishlash. 3.1. 2.1 – banddagi o‘lchash natijalari bo‘yicha Uchiq=f(Ukir) va Ikir =f(Ukir) bog‘liqliklar grafiklarini chizing va asosiy parametrlarni aniqlang: U0, U1, I0kir,
I1 kir, UM+, UM-, UM.. O‘rtacha iste’mol quvvatini Ro‘rt hisoblang.
3.2. Signal tarqalishidagi o‘rtacha kechikish vaqti tkech.o‘rthamda qayta ulanish ishini Aul hisoblab toping.
3.3. 2.2 – bandda o‘lchangan chiqish kuchlanishining yuklamaga bog‘liqlik grafigini U1chiq=f(RYu) quring. Grafikda kuchlanish pasayishinining pasport ko‘rsatmasidagi qiymati U1chiq=2,4 V ga mos keluvchi yuklamaning RYu..min qiymatini belgilang.
4. Hisobot mazmuni. Ilovada keltirilgan K155LA3 mikrosxema pasport ko‘rsatmalari.
O‘lchash natijalari jadvallari va bog‘liqliklar grafiklari.
Olingan IMS parametrlari qiymatlari.
5. Nazorat savollari. 1. Qanday maqsadda TTM sxemalarda murakkab invertor qo‘llaniladi ?
2. TTM sxemasining diod – tranzistorli mantiq (DTM) sxemasidan afzalligi nimada ?
3. Uch holatga ega mantiqiy sxema nimadan iborat ?
4. IMS chiqish zanjirlarini shuntlovchi diodlar qanday vazifani bajaradilar ?