Qadimgi dunyo, o‘rta asr va yangi davr sport inshootlari haqida qisqacha tarixiy ma’lumot
Jismoniy tarbiya va sportning tarixiy ildizlari qadimdan ma’lum. Arxeologik qazilmalar natijasida sport bilan shug‘ullanish tosh asrida ham bo‘lganligi aniqlangan. Bunga asos bo‘lib tarixiy qazilmalarda sport qurilishlari topilganligi xizmat qiladi (Hindiston, Arabiston, O‘rta Osiyo va Janubiy Amerika). Qadimiy zamondan odamlar jismoniy tarbiyani ahamiyatini yaxshi tushunishgan.
Jismoniy tarbiya va sport sog‘liqni mustaxkamlovchi mexnatkashlarning ish qobiliyatini oshiruvchi ishlab chiqarish kuchini rivojlantiruvchi asosiy muhim manbadir.
Tarixdan ma’lumki, qadimiy Gretsiyada sport musobaqalari o‘tkazilgan. Bu musobaqalarni o‘tkazish uchun har bir shaharda sport inshootlari mavjud bo‘lgan. Arxeologik qazilmalar ham buni isbotlab bergan. Masalan, Egey dengizi sohillaridagi Krit orolining Miken shahri qazilmalarida har xil o‘yinlar, mashqlar va tortishuvlar tasvirlari ifoda etilgan. Jismoniy mashqlar jangchilarni xarbiy-jismoniy tayyorlash uchun qo‘llaganlar. Gomerning «Iliada» va «Odisseya» poemalarida ommaviy yugurish, kurash, mushtlashish, disk uloqtirish, kamondan o‘q otish, aravada poygalashish (er. oldingi XII-IX asr) batafsil yoritib berilgan.
YUnon stadionining arenasi to‘g‘ri to‘rtburchakli shaklda bo‘lib, uzunligi 200 mbo‘lgan.
Olimpiyadagi qadimiy stadionda tomoshabinlar tabiiy Kronos tog‘ining tabiiy janubiy qiyaligidan joy olib, stadion arenasi esa tog‘ yonbag‘ridagi kenglikda bo‘lgan.. Arena atroflarida tuproqdan tepaliklar barpo etilib, ularda ham tamoshabinlar joylashganlar. Bu tribunalar taxminan 40000 kishilik sig‘imga ega bo‘lgan.
Keyinchalik Delьf (eramizgacha V asrning ikkinchi yarmida), Afina (eramizgacha IV asrning ikkinchi yarmida), Epidavr (eramizgacha IV asrning birinchi yarmida) va boshqa shaharlarda ham bunday stadionlar bunyod etildi.
Olimpiada o‘yinlari – qadimiy Grek jismoniy madaniyati rivojla-nishini axamiyatli tarafi xisoblanadi. O‘yinlar xar 4 yilda muntazam ra-
6
vishda Olimpiya shahrida (1-rasm) o‘tkazilgan ma’lumotlarga ko‘ra bu bay-ramning boshlanishi er. avvalgi 776 yil boshlariga to‘g‘ri keladi.
Eramizdan avvalgi VII asrda Olimpiya shahrida joylashgan Gera obidasida Olimpiya mash’alasi yoqilgan va bronzadan yasalgan Ifit diski saqlangan. Diskda olimpiya o‘yinlarining qonun va qoidalari yozilgan edi.
Umumgrek olimpiada o‘yinlari qarorida Gretsiyaning ko‘pgina shaharlarida kichik miqyosidagi, lekin davlat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy tarafdan katta axamiyatga ega bo‘lgan o‘yinlar o‘tkazilib turilgan. Gretsiyaning bir qator shaharlarida va rayonlarida qazilmalar natijasida o‘yinlar uchun mo‘ljallangan ko‘pgina inshootlar va stadion qoldiqlari topilgan.
1-rasm. Gretsiyadagi qadimiy Olimpiya shahrining qo‘rinishi
Qadimiy stadionlar uch davrga bo‘lingan:
Ellenik
Ellenistik
Qadimiy Rim davridagi stadionlar
Ellenik davr. Mustaqil davlatlar hisoblangan qadimiy Gretsiya shaharlari fan, madaniyat va sport sohalarida boshqa davlatlar bilan doim raqobatlashganlar. YAxshi qo‘shnichilik va do‘stlik musobaqalari ruhi, qadimiy Gretsiyada jismoniy madaniyat va sport rivojiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Gretsiya stadionlari me’moriy shakllari, kengligi va landshafning garmonik mosligi bilan ajralib turadi. Ellenik davr stadionlari davlat ijtimoiy hayotida etakchi rol o‘ynagan. Bu davrdagi stadionlar o‘rindiqsiz qurilgan.
Dostları ilə paylaş: |