O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI
SPORT INSHOOTLARI
(o‘quv qo‘llanma)
TOSHKENT – 2007
1
Mualliflar:
Xodjaev M.S. – fizika-matematika fanlar nomzodi.
Tolametov A.A. – O‘zDJTI Informatika va informatsion texnologiyalar kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Nurmuxamedov A.M. – fizika-matematika fanlar nomzodi, dotsent. Umarov J.X. – O‘zDJTI Informatika va informatsion texnologiyalar
kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Taqrizchilar:
Kerimov F.A. – pedagogika fanlar doktori, professor Maxkamjonov K.M. – pedagogika fanlar nomzodi, professor.
O‘quv qo‘llanma jismoniy tarbiya institutlari va universitetlarning jismoniy tarbiya fakulьtetlari talabalari va magistrantlari uchun mo‘ljallangan.
O‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishida muhokama qilingan va nashr etish uchun tavsiya etilgan.
O‘zDJTI nashriyot-matbaa
bo‘limi, 2007 y.
2
KIRISH
O‘zbekistonda xalqaro sport tadbirlari (musobaqalari) Mustaqillikka qadar qariyb o‘tkazilmagan bo‘lsa, so‘nggi yillarda respublikamiz eng yirik xalqaro musobaqalarni yuksak tashkiliy darajada o‘tkazishga qodir bo‘lgan mamlakat sifatida shuhrat qozondi. Zamonaviy sport inshootlarining bunyod etilishi diyorimizda eng yirik xalqaro musobaqalarni o‘tkazish imkoniyatini bermoqda.
Sport inshootlari jismoniy tarbiyaning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi. Ular maxsus qurilgan inshootlar bo‘lib, barcha sport turlaridan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
«Sport inshootlari» fani sport pedagogikasi bosqichida uning bir bo‘lagi hisoblanadi. Bu bosqichda ilm o‘rganish uchun sport gigienasi, bio-mexanika, pedagogika, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatidan ma’lum darajada bilimlarga ega bo‘lish lozim. Tanlangan mutaxassislik bo‘yicha talabalar kelajakda o‘z malakasini oshirish uchun, o‘z navbatida, sport in-shootlaridan foydalanish, qurilishdagi me’yoriy qoidalarni bilishlari lozim.
Jismoniy tarbiya mazmuni bu fanning asosiy o‘rnini aniqlab beradi va bo‘lajak mutaxassisga o‘zi tanlagan sport turidan sport inshootlarini ijtimoiy tajribalarini va rivojlanishini o‘rgatadi.
“Sport inshootlari” fanining maqsadi:
sport inshootlari haqida kerakli nazariy bilimlarni egallash va amalda ularni qo‘llay bilish mahoratini o‘rganish;
sport inshootlaridan foydalanish va uni rivojlantirish muammolarini hal etishni bilish, hal etishga tayyor turish, ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish;
yuqori mehnat madaniyatini tarbiyalash, jamoat mehnati natijasida bunyod etilgan boyliklarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish.
«Sport inshootlari» fanining vazifalari:
sport pedagogikasi faoliyati uchun eng maqbul sharoit yaratish, uni topish, tushuntirish;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joydan unumli va maqsadga muvofiq holatda foydalanish.
Harakat faoliyatini maqsadga muvofiq yo‘naltirish uchun nazariy bilimlar tizimini mashg‘ulot o‘tkaziladigan joyga to‘g‘ri muvofiqlashtirish;
sport inshootlarini to‘g‘ri tushunish;
3
kishilarning harakat faoliyatini o‘tadigan joylar shart-sharoitini yaxshilash;
jamiyat mehnati bilan bunyod etilgan moddiy va qimmatbaho boylik bo‘lmish sport inshootlarini me’moriy shakl sifatida asrash;
sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sportga xizmat qiladigan ijtimoiy tashkilotni jismoniy tarbiya tizimining tarkibiy qismi deb bilish;
Sport inshootlari fani bo‘lajak mutaxassislarga murabbiy va o‘qituvchi bo‘lishida ijtimoiy tajriba beradi. O‘quv materiali mazmuni har xil jihozlar, qurilmalardan foydalanish, ularni tayyorlash qoidalari va usullari, harakat va mashqlarga mustaqil joy tayyorlash, sport inshootlarining atrof-muhitga ta’sirini to‘g‘ri hisobga olishni o‘rgatadi.
«Sport inshootlari» – ilmiy-o‘quv fani bo‘lib, boshqa fanlar bilan o‘zaro ta’sir etishi natijasida jismoniy tarbiya mutaxassislariga malaka oshirish, o‘sish uchun kerakli shart-sharoit yaratadi.
4
Sport inshootlari haqida tushuncha
Sport inshootlari bu maxsus faoliyatga mo‘ljallangan ko‘p qirrali madaniy sog‘lomlashtiruvchi sport majmuasi bo‘lib, Respublikamizda sport maydonlari, suzish hovuzlari, manejlar va boshqa inshootlar o‘quv mashqlar o‘tkazishga hamda ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joyiga aylangan. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasida sport inshootlarini rejalashtirish umumxalq dasturga kiradi.
Hozirgi kunda sportni rivojlantirishga Respublikamizda katta e’tibor berilmoqda. SHuning uchun sport inshootlarini qurishda reja-lashtirish kabi masalalarga echim topilishi zarur bo‘lib, ular bugungi kun talablariga mos tushishi lozim.
Jismoniy tarbiya va sport-sog‘liqni mustahkamlovchi, aholini ish qobiliyatini oshiruvchi, mehnat unumdorligini ko‘taruvchi, ishlab chiqarish kuchini rivojlantirishda asosiy manbadir. Hozirgi vaqtda jismoniy tarbiya harakatlari, milliy sport o‘yinlariga alohida e’tibor berilmoqda. YAngi qurilayotgan sport inshootlariga fan va texnikaning yuqori bosqichdagi texnik vositalari ishlatilmoqda. YAngi qurilgan inshootlardan to‘g‘ri, samarali foydalanish uchun jismoniy tarbiya va sport muammolarini yaxshi biladigan yosh mutaxassislarga ehtiyoj ko‘paymoqda.
Sport inshootlarini qurishda sport talablari e’tiborga olinadi. Bu albatta, sport inshootining, eng avvalo, o‘quv jarayoniga mosligi hamda maxsus ventilyasiya, isitish, yoritish tizimlari, mashg‘ulot jarayonida ishlatiladigan jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Sport inshootining ko‘rinishi yaqqol funksional, konstruktiv, me’moriy tarafdan bir-biri bilan uyg‘unlashganligi talabga muvofiq bo‘lishi kerak.
Sport ob’ektlarini qurishda ratsional foydalanish qoidalarini va inshootlar ekspluatatsiyasini e’tiborga olish zarur. Bularning hammasini sport instruktorlari, murabbiylar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, yangi sport qurilishi boshliqlari bilishi shart. SHuning uchun jismoniy tarbiya institutida “Sport inshootlari” faniga alohida e’tibor berilgan.
SHu fanning asosiy maqsadibirinchidan:
sport inshooti ob’ektlarini qurishda qo‘yilgan me’yor va talablar mosligini o‘rganish;
sport inshootlaridan foydalanishda zarur bo‘lgan bilim va amaliy tajribalarni egallash;
5
moddiy va moliyaviy tarafdan ko‘p chiqimli bo‘lmagan oddiy sport inshootlari qurilishini amalda bilish;
sport inshootlarini tashkil qilish, loyihalash, qurish, moliyalashtirish va foydalanish asoslarini bilish.
Dostları ilə paylaş: |