XX asrning universal sport inshootlari
Universal sport inshootlari sportning taraqqiy etishi natijasida va yil davomida sport turlari (gimnastika, engil va og‘ir atletika, boks, sport o‘yinlari, velopoygalar, xokkey, konьkida figurali uchish va boshqalar) bo‘yicha o‘quv-mashqlarini va namoyish ishlarini olib borilishi talablari asosida paydo bo‘ldi va keng tarqaldi.
Universal sport zallari o‘zgaruvchan sport arenasiga, 10-15 ming tomoshabinga mo‘ljallangan tribunaga, shuningdek, mashg‘ulot zallari va quyidagicha tartibdagi tomoshabin va sportchilarga xizmat ko‘rsatuvchi xonalarga ega: kirish (tomoshabinlar uchun) xonalari kuluarlar, bufet,
32
kiosk va tomoshabinlar uchun hojatxonalari; sportchilar uchun xonalar-vestibyulь garderobi bilan, kiyim almashtirish, dush va xojatxonalari, ko‘rsatmalar berish xonalari, massaj, tibbiyot qismi, hakamlar, dam olish xonalari, bufetlar, uslubiyot xonalari va boshqalar; ma’muriy-xo‘jalik-rahbariyat, xo‘jalik bo‘limi, kassalar, muhofaza xonasi, o‘quv bo‘limi, pochta va boshqalar; yordamchi qo‘shimcha xonalar-sovitish moslamalari uchun, isitish, shamollatish, transformator podstansiyasi, ustaxonalar va boshqalar;
Bu binoning arxitekturaviy-rejaviy va fazoviy kompozitsiyasi asosida hajmiy o‘lchamlari sodda va tashqi ko‘rinishdan aniq ifodalangan to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi inshoot yotadi.
Binodan o‘lchamlari 30x61 m bo‘lgan sport arenasi 15000 o‘rinli tribuna, o‘quv – mashg‘ulot sport zali va sportchilarga hamda tomoshabinlarga xizmat ko‘rsatuvchi xonalar joylashgan.
Sport arenasidan turli maqsadlarda foydalaniladi. Unda xokkey o‘yinlari, gimnastika va boks bo‘yicha musobaqalar, o‘quv mashg‘ulotlar yoki sun’iy muz ustida figurali uchish namoyishlari o‘tkaziladi. Boks musobaqalarida tomoshabinlar uchun yig‘ma o‘rindiqlar o‘rnatilishi bilan tomoshabin sig‘imi 17500 kishiga etadi.
Zal sportchilar va tomoshabinlar uchun barcha turdagi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Tribunalarning to‘lishi va evakuatsiyasi birinchi qavatda zalni o‘rab turuvchi vestibyulь, ikkinchi qavatda kuluarlar yordamida amalga oshiriladi. Tribunalarda suyanchiqli, yondorsiz o‘rindiqlar o‘rnatilgan. O‘rindiqning bir tomoshabin uchun eni
sm ko‘ndalang o‘tish yo‘laklari orasidagi o‘rinlar soni 35-50 gacha tomoshagoh qatorlari chuqurligi 75 sm. Yo‘laklar orasidagi seksiyalarda
dan 1150 gacha tomoshabin joylashadi. Eni 1,5 m bo‘lgan evakuatsiya lyuklariga (har 650 kishiga) evakuatsion o‘tish yo‘lagining 1 pogon metri to‘g‘ri keladi. Zalning balandligi 18 metr, qurilish kubaturasi 248000 m3. Bino konstruksiyasi karkas, 6x6 m konstruktiv setkali, yig‘ma temir-betondan tashkil topgan. Zalning yopma oralig‘i 78 m bo‘lib, metall fermalar asosida bajarilgan.
Madriddagi sport o‘yinlari zalining shakli to‘g‘ri to‘rtburchakli, asosiy kirish fasadning old qismida joylashgan.
Avvalgi sxemalardan farqli o‘laroq zalning asosiy qismi bu erda oldinga turtib chiqqan va qo‘shimcha xonalar joylashgan ikki qism bilan birikadi. Tomoshabinlar uch qavatli teatr ko‘rinishidagi tribunalarda joylashadilar. Zal yopmasining o‘ziga xosligini aytib o‘tish joiz, bunda
33
oynaband ikki qo‘shma qobiq ko‘rinishidagi yopma bo‘ylama yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro bog‘langan.
Quyida bir nechta universal sport zallarini qo‘rinishi berilgan (17-25-rasmlar).
Dostları ilə paylaş: |