Suv havzalari o‘lchamlari
|
|
Suv havzasi turlari
|
|
|
CHuqurlik, m.
|
|
Xovuzlarn
|
|
|
|
|
|
Balanddan
|
|
|
|
Suzish
|
|
|
sakrash
|
|
ing ichki
|
O‘quv-
|
Sport
|
Sayoz
|
|
|
yo‘lkalar
|
|
moslamasi
|
|
o‘lchamlar
|
mashq
|
mashq
|
joyda
|
|
i soni
|
ostidagi
|
|
i
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
chuqurlik
|
|
|
|
|
|
|
|
|
20x10
|
O‘quv
|
-
|
4
|
1,1
|
|
1,8
|
|
25x10
|
Kichik
|
-
|
4
|
1,1
|
|
3.5-4,5
|
|
25x12,5
|
|
-
|
5
|
1,1
|
|
3,5-4,5
|
|
25x15
|
|
-
|
6
|
1,1
|
|
3,5-4,5
|
|
50x10
|
Katta
|
Katta
|
4
|
1,1
|
|
3,5
|
|
50x12,5
|
|
|
5
|
1,1
|
|
4,5 - 3,5
|
|
50x15
|
|
|
6
|
1,1
|
|
4,5 - 3,5
|
|
50x20
|
|
|
8
|
1,8 -2
|
|
5-4,5
|
Hovuzning qisqa yon tomonlaridan suzish yo‘lkalari markaz bo‘yicha suv satxidan 0,75 m balandlikda start tumbalari o‘rnatiladi. Tumbaning ustki qismi notekis bo‘lib, suv tomonga 15% nishablikda joylashtirilgan. Rejada tumbalarning o‘lchamlari 0,5x0,5 m. Hovuz atrofida aylanma yo‘lka mo‘ljallangan bo‘lib, yon tarafdagi yo‘lkalarning eni 3 m bo‘ladi.
36
Bu yo‘lkalar ikki qismdan iborat: asosiy va yonlama (xususan hovuz bilan chegaradosh). YOnlama yulka basseynga suvning qaytishi uchun nishablikka ega (0,0005%, eni 50 sm). Hovuzning bo‘ylama uzunligi bo‘ylab ikki tomonida va suv sathidan 1,2 m pastda dam olish zinasi (15 sm) bo‘lib, qirralari yo‘nilgan holatda bo‘ladi.
Sport maydonlarining texnologik chizmasi
Sport maydonlarining texnologik chizmasida sport turlariga mo‘ljallangan maydonlarini ko‘rinishi va o‘lchamlari, bundan tashqari o‘yin maydonlarini qoplamalarining tuzilishi va qanday bo‘lishi kerakligi ifodalanadi. Maydonlarning tuzilishini va o‘lchamlarini aniqlash maqsadida sport maydonlari chizmalari berilgan. Sport o‘yin maydonlari, asosan, to‘g‘ri to‘rtburchak, ochiq yoki yopiq ko‘rinishida bo‘ladi. O‘quv mashqlarining jarayoni va har xil sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazishga mo‘ljallanib qurilgan hamda jihozlangan sport inshootlari bilan tanishib chiqamiz.
Basketbol maydoni
Basketbol maydoni maxsus er uchastkasida rejalashtirilib, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, alohida qoplama yotqizilgan (yog‘ochli yoki sintetik, rezina-bitum va tuproqqa), maxsus belgili va mos ravishda jihozlangan bo‘ladi. O‘yin maydoni 28x15 m bo‘lib, ichki chiziqlardan o‘lchanadi va uzunasiga tortilgan yon chiziq deyiladi. Boshqa zonalar esa kontitental va milliy musobaqalarda quyidagicha: 4 m yon chiziq va 2 m yuz chiziq qisqaroq bo‘lishi ham mumkin. YAngi qurilgan o‘yin maydonlari 28x15 m bo‘lishi shart. Agar yopiq holdagi maydon bo‘lsa, poldan shipgacha bo‘lgan balandligi 7 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. O‘yin maydoni tekis va yaxshi yoritilgan va yoritkichlar o‘yinchilarga xalaqit bermasligi kerak. O‘yinchilarga yaxshi ko‘rinishi uchun maydonni chegaralovchi chiziqlar qalinligi 5 sm bo‘lishi hamda maydon bir tekislikda yotishi lozim. Maydonni chegaralovchi chiziq tashqarisida undan 2 m uzoqlikda yana bir chiziq tortilib, bu oraliq xavfsizlik zonasi deyiladi.
Maydon o‘rtasidan markaziy chiziq va aylana tortilgan bo‘lib, aylana radiusi 180 sm ga teng. Aylana o‘lchami tashqi chizig‘igacha o‘lchanadi. Markaziy chiziq va yuza chiziqqa parallel holda tortilib, yon chiziqni kesib, 0,15 m tashqariga davom ettirilgan bo‘ladi.
37
28-rasm. Basketbol maydoni
38
Basketbol ustuni va shiti
Halqa balandligi 3050 mm, temirdan tayyorlangan: xom-ashyo – temir, ustun rangi-ochiq, yorqin ranglar, ustun balandligi – 3900-4100 mm, basketbol ustunlari GOST 62-91-86 va barcha texnika xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
29-rasm. Basketbol ustuni va shiti.
Voleybol o‘yin maydoni
Maydon o‘lchamlari. Maydon to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, o‘yin maydoni uzunligi 18 metr, eni 9 metr bo‘lishi kerak. Maydon tashqarisida birinchi chiziqdan 3 metr uzoqlikda yana bir chiziq tortilib, bu oraliq xavfsizlik zonasi deyiladi. SHuning hisobiga qurilish o‘lchami 24x15 metr bo‘ladi. Xavfsizlik zonasi ochiqda joylashgan maydonda 3 metr, yopiqdagida esa 2 metr bo‘ladi. Soddalashtirilgan qoidaga muvofiq 15x7,5 metrni tashkil etadi.
Maydonni chegaralovchi chiziqlar maydon bilan bir tekislikda bo‘lib, chiziqlar eni 5 sm bo‘ladi. Uzunasiga tortilgan chiziq – yon chiziq, eniga, ya’ni ko‘ndalangiga tortilgan chiziq – yuz yoki en chiziq deb ataladi. Maydon o‘rtasida ikkita yon chiziqqa tutashgan o‘rta chiziq o‘tadi.
39
30-rasm. Voleybol o‘yin maydoni . T-murabbiy, BH-bosh hakam, hakam chizig‘i, to‘pni uzatish
40
maydonni ikkiga bo‘lib turadi. Har bir maydonchada o‘rta chiziqdan 3 metr uzoqlikda o‘rta chiziqqa parallel yana bir chiziq o‘tib, bu oraliq-hujum zonasi deb ataladi. Hujum zonasi chizig‘idan orqa yuz chiziqqacha 6 metr oraliq – himoya zonasi deb ataladi.
Voleybol maydoni quyidagi jihozlar bilan taminlanadi.
To‘r. O‘rta chiziq ustida maydonga ko‘ndalang tortiladi, uzunligi 9,5 metr, eni 1 metr katakchalarining o‘lchami 10x10 sm bo‘ladi. Balandligi o‘yinchilarning jinsi va yoshiga qarab, ya’ni: erkak guruhi uchun – 2,43 sm; ayollar guruhi uchun – 2,24 sm bo‘ladi. To‘r kanop yoki ipak ipidan to‘qilgan va yo‘g‘onligi 5 mm bo‘ladi.
To‘p. To‘p yumaloq bo‘lib, aylanasi 661 sm, og‘irligi 27010 g, charmdan yasalgan.
Futbol maydoni
Maydon o‘lchami. O‘yin o‘tkaziladigan maydon to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uzunligi 90 m dan 120 m gacha va eni 45 m dan 90 m gacha bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Xalqaro musobaqalarida o‘yin o‘tkaziladigan maydon uzunligi 100
dan 110 m gacha va eni 64 m dan 75 m gacha bo‘lishi kerak. Maydon uzunligi har doim uning enidan katta bo‘lishi tavsiya etiladi. Maydonni chegaralovchi chiziqlar kengligi 12 sm dan ortiq bo‘lmasligi, aniq ko‘rinib turishi va maydon bilan bir tekislikda yotishi shart (31-rasm).
Maydonning uzunasiga chizilgan chiziqlar – yon chiziqlar, maydonning ko‘ndalangiga chizilgan chiziqlar esa darvoza chiziqlari deyiladi. Maydon o‘rtasidan uning eniga tortilgan chiziqlar o‘rta chiziq bo‘lib, undan maydon markazi beligilanadi. Maydon markazi belgisidan radiusi 9 m li aylana chiziladi. CHiziqlar o‘lchami maydon o‘lchamiga kiradi.
Darvozabon maydoni. Darvoza ustunlar ichidan darvoza chizig‘i buylab uning ikki yon tarafiga 16,5 m uzoqlikda nuqta belgilanib, darvoza chizig‘iga perpendikulyar qilib maydonga 16,5 m li chiziq tortilib, ikkala-si tutashtiriladi. Hosil bo‘lgan maydon jarima maydoni deyiladi.
Darvoza chizig‘idan 2 m uzoqlikda darvoza qarshisida penalti to‘p te-pish joyi belgilanib shu erdan 9 m li radiusda jarima maydoni chizig‘i ustiga yarim aylana chiziladi. Maydonning har 4 ta burchagi ichidan radiusi 1 m bo‘lgan yon chiziqlari chiziladi. Bu burchak sektorlari deyiladi.
Darvoza chizig‘i o‘rtasida darvoza o‘rnatilib, uzunligi 7,32 sm balandli-gi 2,44 sm bo‘ladi. Tusin va ustunlari to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, ularning kesishmasi 12x12 sm ni tashkil qiladi.
41
Maydon usti tekis, chimli qoplama bilan qoplangan ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak.
Futbol maydonidan suvni oqib chiqib ketishi uchun markaziy qismdan chegara chizig‘ tomon qiyaliklar qilinadi.
Futbol maydoni qurilishini quyidagicha olib boriladi: chuqurligi 30-40 sm xandak kovlanadi. Xandak tubi shag‘al tosh bilan to‘ldiriladi va za-xob suvlar ariqchalaridan tashkil topgan tarmog‘i yotqiziladi.
31-rasm. Futbol maydoni.
42
32-rasm. Futbol maydoni darvozasi
Zaxob suvlar tushadigan ariqchalar tubidan chuqurligi 25-30 sm xandaqlar qilinadi. Ular bir-biridan 17-18 m oraliqda quvurdan aylanib chiqib ketadigan qilib o‘rnatiladi.
Maydon qatlami atmosfera suvlarini tabiiy shimib olsa bunday joylarda zaxob suv quvurlari tarmog‘i qurilmaydi.
Agarda suv shimimaydigan er bo‘lsa, uning asosiga qalinligi 6-8 sm yirik daryo qumli qatlam qoplanadi va uning ustiga qalinligi 10-15 sm li tuproqli qatlam yotqiziladi. Ikkala qatlamni engil g‘altak mola bilan shibbalanadi.
Dostları ilə paylaş: |