Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


GLOSSARY...................................................................... 169



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99
Strategik boshqarish

 
GLOSSARY...................................................................... 169
 
 
A LIST OF USED LITERATURE................................. 173 
 
 
 


13 
KIRISH 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish korxonalarini 
boshqarishda o„zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarini ilg„ab olish, 
ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur tahlil qilish, optimal iqtisodiy 
qarorlar qabul qilish, ko„p variantli yechimlardan muqobil yechimni tanlash, 
tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida korxonani strategik boshqarish muhim dolzarb 
masaladir. 
Raqobatning o„sib borayotganligi bilan tavsiflanadigan bugungi biznes muhiti 
korxona va tashkilotlardan turli – tuman strategiyalarni ishlab chiqish va ular asosida 
samarali faoliyatni tashkil etishni talab qilmoqda. Buning uchun korxona va tashkilot 
rahbarlari strategik boshqarishga oid yyetarlicha bilim va tajribalarga ega bo„lishlari 
kerak. Darvoqe, ko„plab mahalliy xo„jalik subyektlarining boshqaruv xodimlari 
raqobatchilarni ortda qoldirish maqsadida turli xil qarorlarni qabul qilishlariga 
qaramasdan, ularning faoliyati zamonaviy boshqaruv nuqtai-nazaridan qaraganda, 
ma‟lum bir strategiyalarga mujassamlashtirilmagan. Bu esa o„z navbatida mahalliy 
korxona va tashkilotlarning kelgusidagi faoliyat istiqbollarini baholash va belgilashda 
ma‟lum qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
 
Rivojlangan biznes muhitini strategik qarorlarsiz tasavvur qilib bo„lmaydi. 
Strategik qarorlar har qanday korxona va tashkilotning joriy va kelgusidagi asosiy 
faoliyati mazmunini belgilab berib, buning natijasida biznes subyektlari tashqi muhit 
omillariga qarshi o„zlarining samarali faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlariga 
ega bo„ladilar. Darhaqiqat, har qanday biznesning samarali tashkil etilishi va 
rivojlanishini uning tashqi muhitidagi o„zgarishlarning o„z vaqtida hisobga olinishi va 
shunga yarasha strategiyalarning ishlab chiqilishi belgilab beradi.
 
Korxona bozorda samarali faoliyat ko„rsatishi uchun iqtisodiy o„zgarishlar va 
noaniqliklarni oldindan ko„ra bilish, korxonani rivojlanish konsepsiyasini belgilash
korxona va uning bo„limlarini samarali boshqarishni olib borishni taqozo etadi.
Strategiya korxonaning samarali boshqarishda biznesga bog„liq bo„lgan juda 
ko„p raqobatbardosh harakatlari va qulay yo„llarini o„z ichiga oladi.


14 
Umumiy ma‟noda strategiya - bu korxonaning tutgan yo„lini mustahkamlashga, 
iste‟molchilarning talabini qondirishga va o„z oldiga qo„yilgan maqsadlariga 
erishishga qaratilgan rejali boshqarishdir. Menejerlar korxona qaysi yo„nalishda 
rivojlanishni aniqlash va harakat usulini tanlashda asosli qarorlar qabul qilishi uchun 
strategiyani ishlab chiqadi.
Strategik boshqarish – strategiyasining mavjud bozorlar va tovarlarga bo„lgan 
yo„nalishi, korxonalarda strategik jarayonni shakllantirish va boshqarish, 
korxonalarning tashqi va ichki muhitlarini tahlil qilish va boshqarish, strategiyalarini 
rejalashtirish va ijrosini ta‟minlash, strategik o„zgarishlarni boshqarish jarayonlarini 
o„rganishni o„z oldiga maqsad qilib qo„ygan. Strategik boshqarish fani korxona va 
tashkilotlarni ichki va tashqi bozorlarda o„z maqsadlarga erishish quroli sifatida 
qarashga alohida e‟tibor beradi. 
Strategiya korxonaning tashqi vaziyatiga va ichki holatiga qanchalik mos bo„lsa, 
shunchalik kam sonli o„zgarishlarni strategiyaga kiritish kerak bo„ladi. Strategiyani 
kelajakka mos kelmaslik darajasi oshib borgan sari, rahbarlikning yangi strategiyani 
yaratish ehtimoli ham oshib boradi. 
Strategiyani yaratish shunday faoliyatki, bunda rahbarning faqat yaxshi niyati va 
ijodiy yondashuvi yetarli emas. Strategiyani yaratish chuqur boshqaruv tahlilini talab 
qiladi.
Korxonani samarali boshqarish uchun uning strategiyasini sifatli yaratish va 
sifatli tatbiq etish zarur. Strategik boshqarish fanining vazifasi yaxshi tashkil etilgan 
strategik boshqaruv asosida uzoq vaqt mobaynida korxonaning samarali faoliyatini 
ta‟minlashdir. 
“Strategik boshqarish” fani iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turli 
mulkchilikka asoslangan korxonalarning xo„jalik yuritish faoliyatini boshqarish, 
ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan 
samarali foydalanish yo„llarini o„rganadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin