25
-
biznes ichida funksional zonalar uchun javobgar (ishlab chiqarish, marketing,
moliya, ilmiy izlanishlar va kadrlar) rahbarlar;
-
asosiy ishlab chiqarish bo„limlarining rahbarlari javobgarligi.
Strategiyani shakllantirish va tatbiq etish oliy rahbariyat zimmasida bo„lganligi
uchun direktorlar kengashining strategik roli strategik muammolarni to„g„ri hal
etishni nazorat qilishdan iboratdir. Direktorlar kengashi muhim strategik harakatlarni
nazorat qiladi va strategik rejalarni rasmiy quvvatlaydi. Kamdan-kam vaziyatlarda
direktorlar kengashi strategiyani yaratishda yetakchi rol o„ynaydi.
Strategik boshqaruv jarayonida direktorlar kengashining roli strategik
harakatlarni tanqidiy baholash va kelajak strategiyasini amalga oshishini
ta‟minlashdan iborat. Direktorlar kengashining asosiy vazifalaridan yana biri oliy
rahbariyatning strategiyani yaratish va amalga oshirish sohasidagi malakasini nazorat
qilish ya‟ni, direktorlar kengashi ijrochi-direktori va boshqa rahbarlar o„z vazifasini
qanday bajarayotganini baholashdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: