39
bo„lishini nazorat qiladilar. Agar tanlangan strategiya yangi ko„nikmalarni va
texnologik «Nou-xau»ni talab qilsa, o„qish tayyorgarlikning oldingi o„rinlarida
bo„ladi.
Qisqa xulosalar
Strategiyani amalga oshirish bu - amaliy ma‟muriy ish bo„lib,
tashkil etish,
moliyaviy rejalashtirish,
kerakli siyosatni yuritish, motivlarni va kompaniya
madaniyatini hamda
boshqarish usullarini yaratish, qisqasi kompaniya maqsadlarini
amalga oshirishga xizmat qiluvchi hamma harakatlar majmuasidan iborat.
Kompaniyaning ko„rinishi qanday bo„lishi va
qanday raqobat mavqeiga ega
bo„lishi lozimligini aniqlash bu kompaniyaning strategik tasviri yoki ko„rinishi
demakdir.
Zamonaviy rahbar o„z kompaniyasining mavqeini va ushbu mavqega ta‟sir
etuvchi muhit qanday o„zgarishini tasavvur etishi lozim.
Strategiyaga mos yo„nalishni belgilash - bu asosiy boshqaruv funksiyalaridir.
Rahbarning vazifasi noqulay vaziyatga ijobiy ta‟sir etuvchi tezkor strategiyalarni
qo„llab, vaziyatni nazoratga olishdir.
Strategiyani quvvatlovchi ishchanlik muhitini yaratish
- bu asosan menejerning
tashkiliy o„zgarishlarni amalga oshirishi, xo„jalikni to„g„ri
yuritishi va ishchi-
xodimlarni maqsadlarni bajarishga jalb etish jarayonidir.
Nazorat savollari
1. Strategiyani amalga oshirishning asosiy masalalari qaysilar?
2. Strategiyani bajarishning sakkizta boshqaruv jarayonini sanab bering.
3. Strategiyani bajarish jarayoniga rahbarlik qilish usullari.
4. Tashkilotni yaratishdagi birlamchi harakatlarning asosiy turlari.
5. Boshqaruv guruhi qanday to„planadi?
Dostları ilə paylaş: