Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


Strategiyani quvvatlovchi siyosat va muolajalar yaratish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
Strategik boshqarish

 
2.2. Strategiyani quvvatlovchi siyosat va muolajalar yaratish 
Strategiyadagi o„zgarishlar odatda ichki jarayonlarni boshqarish usul va 
uslublarida ba‟zi bir o„zgarishlar kiritilishiga olib keladi.
Quyida ko„rib chiqilgan siyosat va jarayonlar strategiyani bir necha xil usul 
bilan amalga oshirishga imkon beradi: 
1. Yangi yoki yaqinda tekshirilgan jarayonlar Yuqoridan pastga xodimlarni 
nazorat qiluvchi bo„linma Menejerlariga, barcha xodimlarga mazkur sharoitlarda 


43 
ma‟lum bir xatti-harakatlarni qay tarzda amalga oshirish bo„yicha buyruq va 
ko„rsatmalarni etkazib berilishini ta‟minlaydi. 
2. Kompaniya siyosati va jarayonlari xatti-harakatlarni birlashtirish hamda butun 
tashkilot bo„yicha amalga oshirish, mustaqil harakatlarni cheklab qo„yish, individiual 
va guruh harakatlarini bir yo„nalishga yo„naltirishga ko„maklashadi. 
3. Siyosat va standartlashtirilgan jarayonlar ayrim strategik ahamiyatli 
harakatlarni geografik jihatdan tarqoq struktura bo„linmalarida bajarish lozimligiga 
ta‟sir ko„rsatishga ko„maklashadi. 
4. Eski siyosat va jarayonlarni yo„qotish va ularning o„rniga yangilarini 
o„rnatish kompaniya ishiga, uning ichki ishlab chiqarish muhitiga ta‟sir ko„rsatishi 
sababli strategiyani amalga oshiruvchi shaxslar siyosatni o„zgartirish jarayonidan 
korporativ madaniyatni yangi strategiyaga mos keladigan tarzda o„zgartirishga ta‟sir 
ko„rsatish vositasi sifatida foydalanishi mumkin. 
Demak, strategiyani tatbiq etilishi nuqtai-nazaridan kompaniya menejerlari 
siyosatni va ko„nikmalarni yaratishga ijodiy yondoshishlari maqsadga muvofiq. 
Strategiyadagi o„zgarishlar odatda mehnatni tashkil etilishini va operatsiyalarni 
bajarish usullarini ham o„zgarishini talab qiladi. Insonlardan o„z tashkiliy xulqini, ish 
joyidagi urf-odatlarni o„zgartirilishini talab qilinishi qarshilikka uchraydi. Ayniksa, 
ish o„rinlari sonini qisqartirilishi insonlarga stress va tashvish keltiradi. 
O„zgarishlarni aniq ko„rsatmalarga asoslanib, amalga oshirish kerakmi, yoki mustaqil 
harakatlarga ham yo„l ochish kerakmi?, degan savollar tug„iladi. 
Siyosat va muolajalarga nisbatan tegishli ko„rsatmalarning berilishi strategiyani 
tatbiq etishga yordam beradi: 
1.
Yangi va qayta ko„rib chiqilgan siyosat va protsedura menejerlar, brigadirlar 
va oddiy xodim uchun xulq-atvor va faoliyat yo„nalishi hisoblanadi. Bu o„z navbatida 
strategiyani amalga oshirishda ishonchlilikni va mustahkamlikni ta‟minlaydi. 
2.
Siyosat va muolajalar alohida shaxslarni va guruhlarni harakatlarini kerakli 
sohalarga yo„naltirish orqali strategiyani tashkilotga moslashuvini engillashtiradi. 
3.
Siyosat va standartlashgan operatsiya muolajalari strategik muhim 
faoliyatlarni geografik keng tarqalgan tashkilotlarda muvofiqlashgan holda 


44 
bajarilishini ta‟minlaydi. Tashkiliy birikmalar o„rtasidagi kamchiliklarni bartaraf 
etilishi firmaning xodimlari va xaridorlariga uning siyosatini to„liq tassavur etish 
hamda tushunish imkonini yaratadi. 
4.
Sobiq siyosat va muolajalarning rad etilishi ichki ishlab chiqarish muhitini 
o„zgarishiga sabab bo„ladi. Strategiyani amalga oshiruvchilar ushbu o„zgarishlardan 
foydalanib, strategiyani tatbiq etilishiga xizmat qiladigan madaniyatni yaratishlari 
lozim. 
Demak, strategiyani tatbiq etilishi nuqtai-nazaridan kompaniya menejerlari 
siyosatni va ko„nikmalarni yaratishga ijodiy yondoshishlari maqsadga muvofiq. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin