Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


Strategik menedjment tizimi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   99
Strategik boshqarish

Strategik menedjment tizimi
.
Zamonaviy, mohirona loyihalashtirilgan ta‟minot 
tizimlari korxonaga raqlbatchilarda yo„q bo„lgan imkoniyatlarni taqdim etganda 
raqobatli afzillikning asosi bo„lishi mumkin. 
Agar ilgor qo„llab-quvvatlovchi tizimlar raqobatchilar erisha olmaydigan 
ustunliklarni yaratsa, ular raqobat ustunligiga erishish uchun asos bo„lishi mumkin. 
Agar tashkilotda tizimlarni qo„llab-quvvatlovchi tizimlar mavjud bo„lmasa, 
kompaniya strategiyani talab darajasida amalga oshira olmaydi. Rivojlangan 
aviakompaniyalar kompyuter tizimsi bilan ta‟minlangan bo„lmasa, ya‟ni chiptalarni 
buyurtma asosida band etish, yuklarni operativ qayta ishlash tizimsi, samolyotlarga 
texnik xizmat ko„rsatish dasturlari bo„lmasa, u o„z mijozlariga Yuqori sifatli xizmat 
ko„rsata olmaydi.
Puxta o„ylangan qo„llab-quvvatlovchi tizimlar nafaqat strategiyani tatbiq etishni 
engillashtiradi, hattoki raqobatchilar ustidan raqobat ustunligiga erishish imkonini 
yaratadi. Masalan, kompaniya strategiyasi Yuqori sifatga asoslangan bo„lsa, 
kompaniya ishchilarini sifat masalalari bo„yicha o„qitish tizimsiga zaruriyat tug„iladi. 
Xodimlar sifat yaratilishining hamma jarayonlarini nazorat qiladi va Yuqori sifatni 
ta‟minlaydi. Arzon tovarlarni ishlab chiqarishga asoslangan kompaniya xarajatlarni 
tejash tizimsiga ega bo„lishi lozim. Tez o„sadigan kompaniyalar ishchilarni 
yollaydigan tizimlarga ya‟ni Yuqori malakali ishchi-xodimlarning yetarli sonini 
ta‟minlaydigan tizimlarga muhtoj. Buxgalterlik yoki boshqaruv maslaxatlarini 
berishga ixtisoslashgan kompaniyada muntazam o„qishni tashkil etish, xodimlarning 
malakasini oshirish va axborotlar bilan ta‟minlash tizimlariga ehtiyoj paydo bœladi. 


49 
2.5. Strategik axborotni ifodalash 
Ishonchli axborot – harakatlar yo„nalishini belgilaydi. Har qanday tashkilot 
muhim strategik axborotlarni to„plash va tayanch faoliyatlar dinamikasini kuzatish 
tizimiga muhtoj. Strategiyani talab darajasida tatbiq etish uchun kompaniyaning 
menejerlari operativ qayta aloqa vositaga ega bo„lishi shart.
Ushbu qayta aloqa yordamida:
-
menejerlar strategiyani dastlabki muammolarini aniqlash va moslashtiruvchi 
harakatlarni amalga oshirish imkoniga ega bo„ladi;
-
faoliyat maqsadga mos yo„nalishda amalga oshirilayotgani to„g„risida ishonch 
hosil qiladi. 
Aniq axborot bu eng zarur ish vositasidir. Har bir tashkilot o„z vaqtida zarur 
choralar qabul qilish uchun strategik ahamiyatli axborotlar to„plash va qayta ishlash 
tizimiga ega bo„lishi zarur. Telefon kompaniyalari signal sifati, ulanish vaqti, 
noto„g„ri ulanish, uzilib qolish va boshqa talab qilinuvchi ko„rsatkichlarni nazorat 
qilish uchun tarmoqlangan axborot tizimlariga ega. Yo„lovchilarni sifatli tashish 
uchun 
aviakompaniyalar 
samolyotlarning 
parvozidagi 
ushlanib 
qolishlar, 
samolyotlarning o„z vaqtida kelib-ketishi, bagaj bilan ishlash vaqti, bagajlarning 
butunligi bo„yicha shikoyatlar, samolyot bortidagi oziq-ovqat va ichimliklar zahirasi, 
chipta sotish va yuzaga kelishi mumkin bo„lgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf 
qilishni nazorat qiluvchi axborot tizimlarini yaratadilar. Ko„plab kompaniyalar 
mijozlar bilan ishlovchi mutaxassislarni tayyorlab, ularning kompyuter orqali axborot 
bazalaridan foydalanishi mijozlar so„rovlariga samarali javob berish va taklif 
etilayotgan xizmatlarni aniqlashtirishga imkon beradi. 
Strategiyaning bajarilishini sinchiklab nazorat qilish uchun kompaniya 
Menejerlari uni amalga oshirishdagi barcha xatti-harakatlarga o„z vaqtida javob 
berishi, kutilgan natijalarga erishilmaganda yoki belgilangan yo„nalishdan chetga 
chiqib ketilganda mos keluvchi qaror qabul qilishlari zarur. Bunday nazorat 
Menejerlarga muammolarni yuzaga kelish bosqichidayoq aniqlash hamda strategiyani 
aniqlashtirish yoki uni amalga oshirish bo„yicha zarur chora-tadbirlarni qabul qilish 
imkonini beradi va ishlar rejadagidek ketayotganiga ishonch hosil qilishga imkon 


50 
yaratadi. Dastlabki tajribani baholash ba‟zida oson bo„lmasada, u ishlarning haqiqiy 
ahvoli to„g„risida aniq ma‟lumot beradi va batafsil tahlil qilinishi lozim bo„ladi, 
chunki u o„zgartirish va qo„shimchalar kiritish uchun asos hisoblanadi. 
Aniq va o„z vaqtida olingan axborot xodimlarga o„z harakatlarini nazorat qilish 
va vaziyatni to„g„irlovchi qarorlarni o„z vaqtida qabul qilishga imkon beradi. 
Axborot tizimlari to„rtta asosiy sohani qamrab olishi zarur:
-
xaridorlar to„g„risidagi ma‟lumotlar;
-
ishlab chiqarish to„g„risidagi ma‟lumotlar;
-
ishchi-xodimlar to„g„risidagi ma‟lumotlar;
-
faoliyatning moliyaviy natijalari to„g„risidagi ma‟lumotlar. 
Asosiy strategik ko„rsatkichlarning barchasi ishlab chiqarish jarayonini 
tavsiflovchi ko„rsatkichlar bilan bir xil o„lchab turilishi lozim. Ko„plab chakana 
savdo kompaniyalari har bir magazindagi kundalik savdo to„g„risida hisobot 
tayyorlaydilar hamda har daqiqa zahiralar hisobini yuritadi va har bir mahsulot 
bo„yicha qayd qilib boradilar. Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar odatda 
mahsulot chiqarish va har bir ish joyida mehnat mahsuldorligi to„g„risida kundalik 
hisobot tuzadilar. Foyda va zarar to„g„risidagi oylik hisobotlar har oylik statistika 
natijalarini yuritish kabi kompaniyalar faoliyatida keng tarqalgan. 
Strategiya jarayonini nazorat qilishga imkon yaratuvchi hisobotlarni tuzishda 
beshta asosiy qoidaga amal qilish zarur: 
1. Axborot va hisobot tizimi atrof-muhitdagi vaziyat to„g„risida tasavvurga ega 
bo„lishga xizmat qiluvchi miqdordan ortiq bo„lmagan ma‟lumotlarga ega bo„lishi 
lozim. To„plangan ma‟lumotlar strategik ahamiyatli ko„rsatkichlarni va korxonaning 
rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin bo„lgan omillarni ajratib 
ko„rsatishi zarur. Menejerlar uchun zarur axborot tarkibiga juda qiziq bo„lsada, biroq 
foydasiz ma‟lumotlarni kiritmaslik lozim. 
2. Hisobotlar statistika ma‟lumolarini to„plash vaqtida o„zgartirish kiritish uchun 
o„z vaqtida amalga oshirilishi hamda Menejerlarning ishini ko„paytirib yubormasligi, 
ortiqcha ma‟lumotlar bilan ko„mib tashlamasligi lozim. 


51 
3. Statistika va axborotlar oqimi oson qabul qilish uchun sodda bo„lishi lozim. 
Murakkab dokladlar odamni chalkashtirib yuboradi va ishlab chiqarish jarayonlariga, 
rahbariyat ko„rsatmalarini bajarishga qaratlishi lozim bo„lgan e‟tiborni chalg„itadi, 
ya‟ni axborotlar Menejerlar ishining samarali bo„lishiga xalaqit berishi emas, balki 
xizmat qilishi zarur. 
4. Axborotlar va hisobot tizimi Menejerlarni hayron qoldirmasligi lozim, ya‟ni 
ular (axborot tizimlari) garchi zurur bo„lsada, faqatgina ishlab chiqarishning statistik 
hisobini yuritishga emas, balki ko„ngilsiz hodisalar haqida oldindan ogohlantirishga 
yo„naltirilishi lozim. Axborotning qay darajada moslashtirilgan (aynan siz uchun 
tanlangan) bo„lishi hal qilinmagan masala. Biroq axborotlar boshqaruv qarorlarini o„z 
vaqtida qabul qilish uchun yetarli bo„lishi zarur. 
5. Statistika hisobotlari rejadan chetga chiqishni aniqlashi va shu tarzda 
Menejerlar e‟tiborini kompaniya rivojlanishining rejada belgilangan yo„nilishdan 
og„ishiga qaratishi lozim. 
Statistika axborotlari strategiya ijrochilariga raqamlarni baholash imkonini 
beradi; hisobotlar yangi ishlanmalar va harakatlar yaratish uchun sharoitlarni 
ta‟minlaydi, shaxsiy muloqotlar esa qulay muhitni yaratish uchun xizmat qiladi va 
bunga ishonch hosil qilishga ko„maklashadi. Bularning barchasi ish natijalarini 
o„lchab beruvchi muhim vosita bo„lib, belgilangan rejadan bir oz og„ishni 
ko„rsatishga xizmat qiladi. Menejerlar muammoni aniqlashi hamda strategiyani 
muayyanlashtirish 
yoki 
bajarishni 
yaxshilash 
bo„yicha 
xatti-harakatlarni 
boshlamasdan avval rejadan chetga chiqilganlikni ilg„ab olishlari zarur. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin