Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99
Strategik boshqarish

Qisqa xulosalar 
Kompaniyaning mavjud strategiyasiga aniqlik va puxtalik bilan kiritilgan 
o„zgartirishlar kamdan-kam hollarda odamlar va resurslarning bir faoliyat sohasidan 
boshqasiga o„tishini talab qiladi. 
Strategiyani tatbiq etilishi byudjet bilan bog„liq. Moliyaning etishmasligi 
strategiyani tatbiq etishni sekinlashtiradi. 
Haddan tashqari katta hajmda moliyalash esa tashkilotni resurslarini noo„rin 
sarflanishiga sabab bo„ladi va uning ko„rsatgichlarini yomonlashtiradi. Strategiyani 


52 
tatbiq etuvchilar byudjetni yaratish jarayoniga, dasturlashga va byudjet talablariga 
jiddiy e‟tibor berishlari lozim. 
Strategiyani tatbiq etish menejerlarni smetalarni tuzish jarayoniga jalb etadi. 
Strategik rejani o„ziga tegishli qismini bajarish uchun tashkiliy birliklar resurslarga 
muhtojdir. Bu vazifa strategiyani muvaffaqiyatli bajarish uchun yyetarlicha malakali 
insoniy resurslarga ega bo„lishini talab qiladi. Strategiyani amalga oshiruvchilar o„z 
ijrochilarining yangi kapital loyihalarga va katta hajmdagi operatsiya smeta 
mablag„lariga talablarini tahlil etishlari hamda strategiyani tatbiq etishga xizmat 
qiladigan xarajatlarni amalga oshirishlari lozim. 
Strategiyadagi o„zgarishlar odatda mehnatni tashkil etilishini va operatsiyalarni 
bajarish usullarini ham o„zgarishini talab qiladi. Insonlardan o„z tashkiliy xulqini, ish 
joyidagi urf-odatlarni o„zgartirilishini talab qilinishi qarshilikka uchraydi. Ayniksa, 
ish o„rinlari sonini qisqartirilishi insonlarga stress va tashvish keltiradi. 
O„zgarishlarni aniq ko„rsatmalarga asoslanib, amalga oshirish kerakmi, yoki mustaqil 
harakatlarga ham yo„l ochish kerakmi?, degan savollar tug„iladi. 
Ishonchli axborot – harakatlar yo„nalishini belgilaydi. Har qanday tashkilot 
muhim strategik axborotlarni to„plash va tayanch faoliyatlar dinamikasini kuzatish 
tizimiga muhtoj. Strategiyani talab darajasida tatbiq etish uchun kompaniyaning 
menejerlari operativ qayta aloqa vositaga ega bo„lishi shart.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin