26
strategiyani samarali amalga oshirish bu nafaqat biznesning
muvaffaqiyati qoidasi,
balki boshqaruv sifatini sinovdan o„tkazish demakdir.
Lekin “a‟lo” strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish ham korxonani zaif va
qoniqarsiz faoliyat davrlaridan kafolatlamaydi. Ba‟zan rahbarning harakatlari natija
berishi uchun muayyan vaqt talab qilinadi. Hattoki a‟lo boshqariladigan korxonalar
ham noqulay vaziyatlarga tushib qolishi mumkin. Ammo “bizga”vaqt etishmadi" kabi
bahonalar yoki noqulay vaziyatlar ham bir necha yillar davomida ro„y berayotgan
qoniqarsiz faoliyatni oqlay olmaydi.
Rahbarning vazifasi noqulay vaziyatga ijobiy ta‟sir etuvchi tezkor strategiyalarni
qo„llab, vaziyatni nazoratga olishdir. Muvaffaqiyatli strategiyaning ma‟nosi shundan
iboratki, noqulay vaziyatlarga, shafqatsiz raqobatga va ichki muammolarga
qaramasdan korxona kuchli bozor mavqeini saqlab qolishi lozim.
Korxona moliyaviy va strategik maqsadlarni alohida belgilashi lozim. Moliyaviy
maqsadlarning mavjud emasligi, moliyaviy resurslarni
Yuqori tavakkalchilik bilan
sarflanishiga sabab bo„ladi. Natijada korxonaning o„sishi va raqobatbardoshligi
pasayadi.
Korxona strategik maqsadlari shuning uchun muhimki, ular korxona raqobat
mavqeini mustahkamlaydi va biznesning rivojlanish yo„nalishini ko„rsatadi.
Odatda, korxona strategiyasi:
-
puxta o„ylangan va maqsadga
muvofiq xatti-harakatlardan;
-
vaziyatlarni kutilmagan rivojlanishi va raqobatchilar bosimi kuchayganda
ularga qarshi chora-tadbirlardan tashkil topadi.
Yangi vaziyatlarga katta texnologik yutuqlar, raqobatchilarning bozorga yangi
tovarlarni
muvaffaqiyatli kiritishi, yangi qonunlarning paydo bo„lishi, davlat
siyosatining o„zgarishi va iste‟molchilarni tovarning yangi xususiyatlarga
qiziqishining ortib borishi va boshqa shu kabilar kiradi. Demak, strategiyani
rejalashtirilgan harakatlar va muhit o„zgarishlariga
javob reaksiyasi majmui deb
qarash maqsadga muvofiqdir.
Korxonaning amaldagi strategiyasi bu rejalashtirilgan va muhit o„zgarishiga
qarshi xatti-harakatlar majmuidan iborat.