Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


GLOSSARIY  Strategik tasavvur



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99
Strategik boshqarish

GLOSSARIY 
Strategik tasavvur
- tashkilotning faoliyat va rivojlanish yo„nalishini oldindan 
ko„rish. Tashkilotning nima qilishga intilishi va qanday ko„rinishga ega bo„lishi 
muhimdir. 
Tashkilot missiyasi
- «Biznesimiz qanaqa va biz iste‟molchilarimiz uchun nima 
qilmoqchimiz?» degan savolga boshqaruv nuqtai nazaridan javob berishdir. 
Missiyada tashkilot faoliyati va uning tarkibi mukammal yoritiladi. 
Moliyaviy maqsadlar
- tashkilotning moliyaviy maqsadlari uchun rahbarlar 
belgilaydigan natijalar. 
Strategik maqsadlar
- tashkilotning bozor mavqeini va raqobatbardoshligini 
ta‟minlash uchun rahbarlar belgilaydigan maqsadlar. 
Uzoq muddatli maqsadlar
- yaqin 3-5 yilda yoki yildan-yilga muntazam 
amalga oshiriladigan maqsadlar. 
Qisqa muddatli maqsadlar
- yaqin kelajak maqsadlari. Qisqa muddatli 
muvaffaqiyatlar (ko„lami) rahbariyat uzoq muddatli maqsadlarni qanchalik tezlik 
bilan amalga oshirmoqchi ekanligini ko„rsatadi. 
Strategiya
- rahbarlarning maqsadga erishishi uchun harakat qilish obrazi
yo„nalishi. 
Strategik reja
- tashkilot missiyasini va rivojlanish yo„nalishini, strategiyani, 
uzoq va qisqa muddatli maqsadlarni aks ettiradi. 
Strategiyani shakllantirish
- rahbariyatning umumiy funksiyasi bo„lib, 
tashkilot missiyasini, faoliyat maqsadlarini va strategiyani yaratishga qaratilgan 
harakatlar. 
Korporativ strategiya
- bu diversifikatsiyalashgan kompaniyani umumiy 
boshqaruv rejasidir. 
Biznes strategiyasi
– bu birlik biznesni boshqaruv rejasidir. Biznes 
strategiyasining asosiy muammosi bu aniq biznes sohasi bo„yicha kompaniyaning 
bozor mavqeini mustahkamlashdan iborat. 
Operativ strategiyalar
- tayanch ishlab chiqarishni (korxonalar, savdo 
nuqtalari, taqsimot markazlarini) boshqarishda va strategik ahamiyatga ega kundalik 


169 
operativ muammolarni hal etishda (reklama, materiallarni sotib olish, zahiralarni 
boshqarish, texnik xizmatlar, ta‟minot) tor strategik tashabuss sifatida foydalaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin