102
Strategik boshqaruv hisobi joriy hisob metodlarini va ko‗proq iqtisodiy-
matematik modellar, prognozlashtirish hamda diskontlash metodlarini ishlatadi.
Strategik boshqaruv hisobining asosiy vazifasi
korxona boshqaruv tizimini
qo‗yilgan maqsadlarga erishishga yo‗naltirishdan iborat. Strategik boshqaruv
hisobining asosiy funktsiyasi korxona faoliyatini haqqoniy tahlil qilishga, bundan
tashqari strategik boshqaruv qarorlar qabul qilinayotganda barcha manfaatdor
shaxslarning xohishlarini hisobga olinishi uchun sharoit yaratishdan iborat.
Boshqacha aytganda, strategik boshqaruv hisobi korxona turli manfaatdor guruhlar
nuqtai nazarida qanchalik samarali ishlayotganligini aniqlash imkonini berishi
kerak.
Tadqiqotchi V.A.
Zalevskiyni yozishicha, ―Strategik boshqaruv hisobi
korxonalardagi mavjud ma‘lumotlarni qayd etish, qayta ishlash, tahlil qilish,
tayyorlash va uni rahbariyatga korxona va uning tarkibiy bo‗linmalarini komrleks
va persrektiv rivojlantirish bo‗yicha boshqaruv qarorlari
qabul qilishi uchun
taqdim etish jarayonidir‖ .
An‘anaviy modellarda boshqaruv hisobini asosiy maqsadi va vazifalari
mahsulot tannarxini kalьkulyatsiyalash va reja-nazorat funktsiyasini bajarishdan
iborat. Shunga mos ravishda an‘anaviy modelda boshqaruv hisobining ob‘ekti
moliyaviy ko‗rsatkichlar–daromad va xarajatlar hisob tizimi hisoblanadi. Hozirgi
kunda tannarxni kalьkulyatsiyalash uchun nisbatan takomillashgan metod bo‗lib
to‗liq tannarx hisobi yoki differentsiyalashgan hisob (direkt-kosting), reja-nazorat
funktsiyasini bajarish uchun esa daromadlarni foyda va zararlar markazi–xarajatlar
markazi bo‗yicha hisobga olish metodlari hisoblanadi.
Shuni a‘lohida ta‘kidlash joizki, an‘anaviy modellarda boshqaruv hisobi
tannarxni kalьkulyatsiyalash va reja-nazorat funktsiyasiga
asoslangan holda
buxgalteriya (moliya) hisobi ma‘lumotlariga asoslanib amalga oshirilishi mumkin.
Bunda tegishli moliyaviy ko‗rsatkichlar, ya‘ni daromad va xarajatlar (tushum va
to‗lovlar) tegishli boshqaruv hisoboti uchun buxgalteriya (moliya) hisobi
ma‘lumotlari asosida shakllantiriladi.
103
Moliyaviy mas‘uliyat (hisob) markazlari–xarajat va daromadlar markazlari
bo‗yicha, ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‗rsatiladigan xizmat va h.k.larni turlari
bo‗yicha taqsimlanadi. An‘anaviy modelda to‗g‗ri xarajatlarni hisobga olish uchun
mavjud buxgalteriya hisobining hisob siyosati vositasini ishlatish etarli bo‗ladi.
Masalan, ularni hisobga olish uchun buxgalteriya hisobining schetlar rejasini
kengaytirilgan analitikasi, material zaxiralari va xarajatlar hisobi metodlari–LIFO,
FIFO va boshqa metodlarni qo‗llash mumkin.
Egri xarajatlarni taqsimlash, masalan, boshqaruv
xodimlarining ish haqi
hisobot davrining oxirida to‗g‗ri (ishlab chiqarish uchun material va h.k.) xarajatlar
miqdori va ishlab chiqarilgan tovarlar (ko‗rsatilgan xizmat) va h.k. miqdoriga
to‗g‗ri mutanosib ravishda taqsimlanadi. Shunga mos ravishda mazkur modelda
reja-nazorat funktsiyasi moliyaviy natijalarni buxgalteriya schetlari rejasi kesimida
―erishilgan natijalarga‖ asoslanadigan metod va matematik, statistik
modellashtirish metodlari orqali rejalashtirish
hamda kelgusida mazkur reja
ma‘lumotlarini haqiqiy ma‘lumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshirilishi
mumkin.
Boshqaruv hisobining joriy qilish va yuritish bo‗yicha yuqorida bayon
qilingan an‘anaviy yondashuvi quyidagi kamchiliklarga ega:
− faqat so‗nggi iste‘molchiga yo‗naltirilishi bilan va hududiy hamda xalqaro
darajada raqobat darajasini oshirish bilan tavsiflanadigan zamonaviy ijtimoiy-
iqtisodiy muhitni imkoniyat va talabiga javob bermaydi;
− boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun kerak bo‗ladigan ma‘lumotlarni
buzib ko‗rsatilishiga olib keladi, jumladan, bevosita tovar ishlab chiqarish vaqtida
yuzaga keladigan xarajatlargagina ko‗proq e‘tibor
beriladi;
− asosan tegishli talablar asosida tartibga solinadi va moliyaviy
(buxgalteriya, soliq) hisobni, ya‘ni xo‗jalik jarayonlarini qayd etish muddatlari,
schetlar rejasi analitikasi va h.k. imkoniyatlari bilan chegaralanadi;
− ko‗proq o‗z e‘tiborini ichki xo‗jalik hisobi va ishlab chiqarish jarayonlari
hisobi hamda nazoratiga qaratadi va natijada korxonaning tashqi muhit omillari
ta‘siri etarli darajada baholanmaydi.
104
An‘anaviy modellarning yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan kamchiliklarini bartaraf
etish maqsadida boshqaruv hisobi evolyutsiyasini 3-4-bosqichlarida zamonaviy
kontsertsiyalari raydo bo‗lgan va u hozirgi kunda keng rivojlanmoqda.
Boshqaruv hisobining mazkur istiqbolli kontseptsiyalari-ning
maqsadi
nafaqat hisobot davrida yuqori natijalarga erishish imkonini beruvchi, balki
korxonani istiqbolda bir me‘yorda rivojlanishi va boshqaruv qarorlarini qabul
qilish imkonini beruvchi ma‘lumotlarni shakllantirishdan iborat.
Ta'kidlaganimizdek,
boshqaruv hisobining
zamonaviy
konsersiyalari
an'anaviy modellarning kamchiliklarini tuzatadi.
Jumladan, an'anaviy shaklni 4-
chizmada ko‗rsatilgan ustama xarajatlarni taqsimlash muammolarini R. Kuperni
1987 yilda e'lon qilgan nashridan so‗ng keng tarqalgan xarajatlarning funksional
hisobi (ABS) konsepsiyasi hal etadi.
Dostları ilə paylaş: