2-§. Jinoiy javobgarlik kelib chiqadigan yosh
JK 17-moddasi 1-qismi holatiga ko‘ra, shaxs qonunda belgilangan
yoshga yetmay turib jinoiy qilmish sodir etgan bo‘lsa, bu holda shaxs
jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas, shuningdek, jinoyat subyekti
bo‘lib ham hisoblanmaydi.
235
Yosh deganda, u yoki bu shaxsning alohida psixofiziologik holatini
tavsiflovchi, tibbiy-biologik, ijtimoiy psixologik va huquqiy o‘zgarishlar
bilan aloqador bo‘lgan davrning o‘tishi tushuniladi.
Jinoyat qonunchiligi yosh to‘g‘risida hech qanday maxsus normalarni
aks ettirmaydi, u faqat agar shaxs qandaydir jinoyat sodir etgan bo‘lsa,
jinoiy javobgarlik necha yoshdan kelib chiqishini ko‘rsatadi xolos. Yosh
tushunchasini jinoyat huquqi belgilaydi.
NOTA BENE !
Yosh deganda, u yoki bu shaxsning alohida psixo-fiziologik holatini
tavsiflovchi, tibbiy-biologik, ijtimoiy psixologik va huquqiy o‘zgarishlar
bilan aloqador bo‘lgan, tug‘ilishdan to inson hayotining qandaydir
xronologik muddatigacha o‘tgan vaqtning kalendar davri tushuniladi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, yuridik adabiyotlarda yosh
subyektning yuridik belgisi sifatida insonning tug‘ilishidan to jinoyat sodir
etishigacha bo‘lgan vaqtning miqdori bilan aniqlanadi
1
.
Umumiy qoidalarga ko‘ra, sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik
shaxs 16 yoshga to‘lganda vujudga keladi. Voyaga yetmagan shaxs
ijtimoiy ongining yetarli darajasi o‘z xulqini jamiyatda o‘rnatilgan
qoidalarga moslashtirishni talab qilish imkonini beradi, shuning uchun
voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlari uchun javobgarlikka
tortilishlari mumkin. Faqat JK 17-moddasi 2, 3 va 4-qismlarida
ko‘rsatilgan maxsus jinoyat tarkiblari uchungina javobgarlik 13, 14 yoki
18 yoshdan vujudga keladi.
Yosh chegarasini belgilashga bunday xususiy yondashuv shu bilan
izohlanadiki, umumiy jinoyat yoshidan farqli ravishda ba’zi og‘ir va o‘ta
og‘ir jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik vaqtliroq vujudga keladi.
Xususan, JK 17-moddasi 2-qismiga ko‘ra, og‘irlashtiruvchi
holatlarda qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddasi 2-qismi) jinoyati uchun
1
См. подробнее: Коченов М.М. Теоретические основы судебно-психологической экспертизы. Автореф. дис.
…докт психол. наук. – М.: 1991. – С. 34; Боровых Л.В. Проблема возраста в механизме уголовно-правового
регулирования. Автореф. дис. …канд. юрид. наук. – СПб.: 1993. – С.8; Щукина Г.И. Возрастные особенности
школьника. – Л.: 1995. – С. 3; Михеев Р.И. Проблемы вменяемости, вины и уголовной ответственности (Теория
и практика). Автореф. дис. …докт юрид. наук. – М.: 1995. – С. 17.
236
javobgarlik 13 yoshdan vujudga kelishi mumkin. JK 17-moddasi 3-qismi
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgunga qadar 14 yoshga to‘lgan shaxsni
jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning aniq
chegarasini o‘rnatgan.
Shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladigan yosh haqidagi umumiy
qoidalardan istisno, ya’ni 13 yoshdan 16 yoshgacha shaxslar jinoyat
subyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyat tarkibi shunday zaruratdan kelib
chiqqanki, berilgan jinoyat tarkiblari ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lgan
jinoyatlarni tavsiflaydi. Ular og‘irlashtiruvchi holatlarni nazarda tutadigan,
kvalifikatsiya qilinadigan yoki alohida kvalifikatsiya qilinadigan jinoyat
tarkiblarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, JK 17-moddasi 2- va 3-
qismida sanab o‘tilgan jinoyatlar ikki obyektga tajovuz qiluvchi murakkab
tarkibli jinoyatlar hisoblanadi yoki tajovuzni amalga oshirish aybning
murakkab shaklini tashkil etuvchi qandaydir ijtimoiy xavfli oqibatlar
keltirib chiqaradi yoki bu obyektlarga tajovuz boshqa mustaqil jinoyatni
sodir etish orqali amalga oshiriladi. Masalan, o‘smir 15 yoshida ommaviy
tartibsizliklarda (JK 244-moddasi) ishtirok etsa, uni bu norma orqali
javobgarlikka tortish mumkin emas, chunki bu jinoyat uchun javobgarlik
16 yoshdan vujudga keladi. Shu bilan birgalikda, ommaviy tartibsizliklar
Jinoyat kodeksining boshqa moddalarida ko‘rsatilgan shaxsga qarshi
zo‘ravonlik harakatlari, bosqinchilik, o‘t qo‘yish, mulkka zarar yetkazish
yoki yo‘q qilish hamda boshqa harakatlar bilan kuzatiladi hamda ular
uchun javobgarlik 14 yoshdan belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, o‘smir
qanday faktik harakatlar sodir etganidan qat’i nazar, uning harakatlari shu
normalar orqali kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan yoshning minimal chegarasi (13 va 14 yosh) qonun
chiqaruvchi tomonidan, jinoyat qonunida belgilangan yoshga yetguniga
qadar, shaxs JK bilan taqiqlangan u yoki bu qilmishining ijtimoiy xavfli
ekanligini anglashi, o‘z irodasini, o‘z jinoiy xatti-harakatlarini sodir
etishning birinchi damlaridayoq nazorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishidan
dalolat beruvchi shaxsning psixologik va ijtimoiy rivojlanish
237
xususiyatlarini, shuningdek, kriminologik mezonlarini
1
hisobga olgan
holda o‘rnatiladi.
Ba’zi hollarda esa shaxs jinoiy javobgarlikka faqat voyaga
yetganidagina tortiladi
2
. Jumladan, JK 17-moddasi 4-qismi javobgarlikni
18 yoshdan belgilagan.
Bir qancha jinoyatlar muayyan bir sohadagi ijtimoiy munosabatlarga
tajovuz qilib, ularning subyektlari faqatgina 18 yoshga to‘lgan shaxslar
bo‘lishi mumkin. Bunday holatda gap jinoyat subyekti faqat voyaga yetgan
shaxslar bo‘lishi mumkin bo‘lgan jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar, harbiy
jinoyatlar va boshqa jinoyatlar haqida ketyapti. JK 17-moddasi 4-qismida
ko‘rsatilgan ko‘pgina jinoyat tarkiblari aybdor shaxsning kasbiy yoki
xizmat faoliyati bilan yoki normativ-huquqiy aktlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
kelib chiqadigan majburiyatlar bilan u yoki bu tarzda bog‘liq. Xususan,
voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsizlarni ta’minlashdan bo‘yin
tovlash (JK 122-moddasi) yoki aksincha, ota-onasini moddiy
ta’minlashdan bo‘yin tovlash (JK 123-moddasi) jinoyat turlari uchun
jinoiy javobgarlik aybdor shaxsning O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 64- va 66-moddalari
3
ko‘rsatmalaridan kelib chiqadigan
1
Уголовный кодекс Республики Узбекистан: научно-практический комментарий. / А.С. Якубов, М.Х.
Рустамбаев и др.; отв. ред. А.С. Якубов. – Т.: Адолат, 1996 (автор Раздела – А.С. Якубов). – С. 36.
2
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси, 22-модда.
3
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган
умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24
апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX,
XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11
апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93-
моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон
Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг
Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011
йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг
иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган
Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва
қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига,
83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-
моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон
Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг
Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-
моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган
қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) –
Т.: “Ўзбекистон”, 2017. -21, 23 б.
238
majburiyatlari yoki harbiy xizmat fuqarolarning voyaga yetishi bilan
o‘tashi kerak bo‘lgan majburiyati
1
hisoblanadi. Bunday holatlar
buzilishining zaruriy sharti shaxs 18 yoshga to‘lganidagina bo‘lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |