Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Norasmiy sharh o‘z ichiga ilmiy-doktrinal va oddiy sharhni qamrab 
oladi. 
Doktrinal (ilmiy) sharhlash jinoyat huquqi sohasidagi huquqshunos 
olimlar, mutaxassislar tomonidan beriladi. Majburiy ahamiyatga ega 
bo‘lmagan doktrinal sharhlash huquqni qo‘llash organlari xodimlariga 
ularning professional huquqiy ongini shakllantirgan holda JK 
normalarining mohiyatini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. 
Odatdagi sharhlash ham huquqiy ahamiyatga ega emas va oddiy 
fuqarolar tomonidan berilishi mumkin (masalan, jurnalistlar tomonidan 
ommaviy axborot vositalarida). Uning ahamiyati shundaki, bu sharhlash 
umumiy prevensiya masalalarini yechishda fuqarolarning huquqiy ongini 
oshirishda ta’sir kuchiga ega. 
Hajmiga ko‘ra, sharhlashning uchta turini ko‘rsatishadi: so‘zma-so‘z, 
cheklangan va kengaytirilgan sharh. 
So‘zma-so‘z sharhlashda berilgan sharh jinoyat qonunining matniga, 
unda ishlatilgan atamalarga va ifodalarga so‘zma-so‘z mos bo‘lishi kerak. 
Normaning mazmuni uning qonundagi verbal ifodasiga to‘liq mos bo‘lishi 
shart. Boshqacha aytganda, qonunning formal tomoni uning mazmunini 
belgilaydi. 
Cheklangan sharhlashda berilgan sharh asosiy matn hajmiga 
nisbatan kichikroq bo‘ladi. Masalan, JK 124-moddasida tamagirlik yoki 
boshqa past niyatlarda qasddan bolani almashtirib qo‘yish uchun 
javobgarlik nazarda tutilgan. Ko‘rsatilgan moddaning tahriridan kelib 
chiqib, bola deganda, yangi tug‘ilgan chaqaloq nazarda tutilganmi yoki 
voyaga yetmagan bolami degan savolga javob berish kerak bo‘ladi
1

Bunda 124-moddaning umumiy mazmunidan kelib chiqib (bunda ota-
1
Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги Конвенциянинг 1-моддасига мувофиқ, ҳар бир инсон ўн саккиз ёшга 
тўлгунига қадар бола ҳисобланади, агарда мазкур болага қўлланиладиган қонунга асосан у балоғатга олдинроқ 
етмаса (Қаранг: Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги Конвенция (БМТ Бош Ассамблеясининг 1989 й. 20 ноябрдаги 
44/25-
Резолюцияси билан қабул қилинган ҳамда имзолаш, ратификация қилиш ва қўшилиш учун очилган, 
Ўзбекистон Республикаси учун 1994 й. 29 июлдан бошлаб Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 1992 
й. 9 декабрдаги 757-XII-сон қарорига асосан кучга кирган ). 
107 


onalar bolani tanib olishlari qiyin bo‘lganligi uchun) bu holatda yangi 
tug‘ilgan chaqaloq nazarda tutilganligini ta’kidlash mumkin. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin