Muayyan jinoyatning og‘irlik darajasi uning uchun jazo nazarda
tutilgan modda sanksiyasida o‘z aksini topadi. Shu nuqtai nazardan
qonunni qo‘llashda ushbu moddaning sanksiyasidagi jazo yoki boshqa
huquqiy ta’sir choralari jinoyatning og‘irligiga muvofiq ravishda
tayinlanadi.
(Jinoyatning og‘irlik darajasi haqida ushbu tom III bobining
«Jinoyatlarni tasniflash» deb nomlangan 3-§ ga qarang.)
Muayyan jinoiy qilmishning obyektiv tomonini ifodalovchi
jinoyatning og‘irlik darajasidan farqli ravishda,
aybning darajasi bu
shaxsning ruhiy holati, ayb shakli, xulq-atvorining motivi, maqsadi,
aybdorning kayfiyati, his-hayajoni va turli kechinmalarini umumiy
tavsiflovchi kategoriyadir. Mazkur elementlar jinoyat huquqi nuqtai
nazaridan turlicha xususiyatga ega bo‘lib, ularning ba’zilari jinoyat
tarkibiga kiritilgan, ba’zilari kiritilmagan. Biroq tanlangan jazo yoxud
boshqa huquqiy ta’sir choralarini baholash uchun aybning darajasini
aniqlashda shaxsning o‘zi sodir qilgan jinoiy qilmishiga ruhiy
munosabatini ifodalovchi yuqorida keltirilganlarning barchasi inobatga
olinishi zarur.
(Subyekt tomon aybining darajasi haqida «Jinoyatning subyekt
tomoni» deb nomlanuvchi VII bobda batafsil berilgan.)
Tayinlanayotgan jazo yoki boshqa ta’sir choralari va sodir etilgan
qilmish, jinoyatchi shaxsining ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosibligi
qo‘llanilayotgan choralarning adolatliligini aniqlashda e’tiborga olinadi.
Dostları ilə paylaş: