Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy xavfliligi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy xavfliligi uning ijtimoiy hayotda 
tutgan o‘rni, xulq-atvorining huquqqa xilof qat’iy yo‘nalishga ega ekanligi 
yoki uning g‘ayriijtimoiy xulq-atvoridan dalolat beradi (misol uchun, 
retsidivist, alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ularning 
analoglari yoki psixotrop moddalar iste’mol qiluvchilar va boshq.). 
Shaxsning ijtimoiy xavfliligini aniqlashda uning sodir qilgan jinoyati, 
shuningdek, uning jinoyat sodir qilgunga qadar va muayyan holatda 
ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgandan keyingi xulq-atvori hisobga olinishi 
kerak. 
42 


JK 8-moddasining 2-qismi bir jinoyat uchun ikki marta 
javobgarlikka tortish mumkin emasligini belgilaydi. Ushbu qoidaning 
qonunda mustahkamlanganligi odillik prinsipining ikkinchi bir jihatini 
ochib beradi. Xususan, agar JK 8-moddasi 1-qismida jazo yoki boshqa 
huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi belgilangan bo‘lsa, uning 2-
qismida, umuman, jinoiy javobgarlikning odilona bo‘lishi ta’kidlangan. Bu 
o‘rinda bir jinoyat uchun bir marta javobgarlikka tortish mezon bo‘lib 
xizmat qiladi. Bunda jinoyat sodir etgan shaxsning holati, ilgari jinoiy 
javobgarlikka tortilganligi, uning sudlanganligi yoki oqlanganligi 
ahamiyatga ega emas. Ushbu va boshqa holatlarda uning mazkur qilmishi 
uchun qayta jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida odillik prinsipi jinoyat 
subyektlarining tengligini belgilovchi fuqarolarning qonun oldida tengligi 
prinsipini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan bir qator rasmiyatchiliklarni 
bartaraf etishga xizmat qiladi. Odillik prinsipi jinoyat ishlarini ko‘rishda 
odil sudlovni amalga oshirishda fuqarolarning qonun oldida haqiqiy 
tengligiga erishishning obyektiv imkoniyatini ifoda etadi. Fuqarolarning 
qonun oldida tengligi va odillik prinsipining birgalikda tatbiq qilinishi 
keng ma’noda qonunni amalda to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati hamda huquqni 
qo‘llash faoliyatida jinoyat huquqi subyektlari tengligining real asoslarini 
belgilaydi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin