II BOB. JINOYAT QONUNI
1-§. Jinoyat qonuni tushunchasi va ahamiyati
JKning 1-moddasi qonun darajasida O‘zbekistonning jinoyat
qonunchiligini tashkil etuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning
doirasini,
shuningdek, ushbu hujjatlarning huquqiy asosini muayyan va aniq belgilab
beradi. Unga muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari Konstitutsiya va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan
normalariga asoslangan bo‘lib, ushbu Kodeksdan iborat». Bunda shuni
qayd etish lozimki, sharhlanayotgan moddaning
qoidalari jinoyat huquqi
sohasida vatanimiz an’analarini, jumladan, jinoyat-huquqiy normalarni
kodifikatsiya qilish hamda ularning alohida qonun –
Jinoyat kodeksi
shaklida mavjud bo‘lishining lozimligini aks ettiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi respublikamizning
jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini tashkil
etuvchi barcha jinoyat-
huquqiy normalarning asosiy va yagona shaklidir. Tarkibida jinoyat-
huquqiy normalar bo‘lgan yangi qonunchilik hujjatlari qabul qilingan
taqdirda ular majburiy tartibda Jinoyat kodeksiga kiritilishi lozim va
mustaqil ravishda qo‘llanilishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: