4-§. Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi
JK 13-moddasi Jinoyat kodeksini qo‘llashda vaqt bo‘yicha amal
qilish tartibini o‘rnatishga bag‘ishlangan bo‘lib, jinoyatni kvalifikatsiya
qilishda qaysi qonun asosida ish olib borish yoki qaysi qonunni yetakchi
qilib olish kerakligini nazarda tutadi. Bunda mamlakatimiz jinoyat qonuni
qoidalariga xos bo‘lgan izchillik, tartib bilan ish ko‘rish va nihoyat Jinoyat
kodeksining vaqt bo‘yicha ta’sir chegaralari o‘z ifodasini topdi. Ko‘rsatib
o‘tilgan qoidalar shundan kelib chiqadiki, jinoyat qonunini to‘g‘ri qo‘llash
quyidagi shart-sharoitlar yig‘indisiga albatta, mos kelishi kerak:
– qonun ta’sir qilish davrini aniq belgilash zarurligi;
– jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlash zarurligi.
Yangi qonun kuchga kirmasdan turib jinoyat tugagan hollarda eski
qonunni qo‘llash kerak. Agar jinoyat yangi qonun amal qilish vaqtida sodir
etilgan bo‘lsa, jinoyat davomlimi, bir martalimi, qancha davom etishidan
qat’i nazar, yangi qonunni qo‘llash bilan ish olib boriladi.
JK 13-moddasi 1-qismiga ko‘ra, «qilmishning jinoiyligi va jazoga
sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan qonun
bilan belgilanadi» va shu orqali qonun amal qilishining vaqt chegarasi
formulasini mustahkamlaydi. Qonunni qo‘llashning yagona sharti, jinoyat
sodir etilgan vaqtda ushbu qonun amalda bo‘lishi, ya’ni O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi qoidalari va O‘zbekiston
Respublikasining 2012 yil 24 dekabrdagi «Normativ-huquqiy hujjatlar
85
to‘g‘risida»gi 342-sonli Qonuni (yangi taxrirdagi)
1
hamda jinoyat sodir
etilgan vaqtda O‘zbekiston hududida bu qonunlarning albatta, ijro etilishi
shart bo‘lgan holatlar nazarda tutiladi.
JK 13-moddasi mazmuni eng muhim va barqaror ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilingan va
bir qancha muhim va qat’iy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi
hujjatlarnigina
2
emas, balki jinoyatchilik va jazolash ishlarini aniqlashga
ta’sir etuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ham to‘laligicha qamrab oladi.
Xususan, buzilishi jinoyat deb topiladigan xulq-atvor qoidalarini
o‘rnatuvchi normativ-huquqiy hujjatlar ham qonun hisoblanadi, masalan,
yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlarining Intizom nizomi va boshqalar. Boshqacha qilib aytganda,
qonun shunday bir normativ-huquqiy hujjatki, u albatta, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisida yoki referendumda qabul qilingan, qonun
sifatida tan olingan, shuningdek, mohiyati adolat va insonparvarlik
tamoyillariga muvofiq keluvchi hujjatdir.
Haqiqatan ham, ko‘pchilik hollarda sodir etilgan qilmishlarning
xavflilik darajasi va shu bilan birga jinoiy jazoning og‘irligi, uni keltirib
chiqargan oqibatlar ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarning buzilishi natijasidami
yoki yo‘qmi (masalan, Jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi), bu
qilmishlarning ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab aniqlanadi.
Shunday qilib, qonun tushunchasi Kodeksning vaqt bo‘yicha ta’sir
qilish nuqtai nazaridan quyidagi aktlar guruhini o‘z ichiga oladi:
– O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
– O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
– vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining hujjatlari;
1
Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 24 декабрдаги «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида»ги 342-
сонли Қонуни. (янги тахрирдаги )» //" Ўзбекистон Республикасининг Қонун хужжатлари тўплами", 2012 й., 52-
сон, 583-б
2
Ўзбекистон Республикасининг 200 йил 24 декабрдаги «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида»ги 342-
сонли Қонуни
86
– mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Bu normativ-huquqiy hujjatlarning barchasi, ular O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan qilmishlarning jinoiyligi
va jazoga sazovorligiga ta’sir ko‘rsatgan holdagina jinoyat qonuni sirasiga
kiradi.
Shuni nazarda tutish kerakki, sanab o‘tilgan aktlar guruhi jinoyatni va
bu qilmishning jazolanishi kerakligini aniqlamaydi – bu O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining faqatgina o‘ziga xos alohida huquqidir,
biroq bu aktlar u yoki bu harakatni jinoyat deb tan olishga yoki jinoyatdagi
harakatsizlik va jamiyat uchun xavflilik darajasini aniqlashga ta’sir etadi.
Masalan, Chet elda hisobvaraqlar ochish uchun ruxsatnomalar berish
Tartibiga muvofiq «yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el
banklarida ochilgan hisobvaraqlarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki ruxsatisiz mablag‘larning hisoblab yozilishi ularni yashirish deb
hisoblanadi»
1
, lekin uning jamiyatga xavfliligi va chet el valyutasini
yashirishning jazolanishi esa, faqat Jinoyat kodeksi bilan aniqlanadi.
JK 275-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortish uchun giyohvandlik
vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish,
saqlash, hisobga olish, o‘tkazish, jo‘natish yoki tashish tartibini
o‘rnatuvchi qoidalari amaldami, yangisi bilan almashtirilganmi, degan
masalaga aniqlik kiritish kerak, ya’ni ushbu munosabatlarni tartibga
soladigan normativ akt mavjudligini aniqlash kerak.
Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishga doir qoidalarni qo‘llashda
ularning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston
Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonuniga
muvofiqligi talab etiladi. Masalan, Konstitutsiyaning 16-moddasi 1-
qismiga binoan, qonun Asosiy Qonunning prinsiplari va moddalariga zid
bo‘lmaslik va ularni buzmaslik talablariga javob berishi lozim
2
. Bunda,
1
Қаранг: Чет элда ҳисобварақлар олиш учун рухсатномалар бериш Тартиби (Ўзбекистон Республикаси
Адлия вазирлиги томонидан 1999 йил 22 январда 610-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган, Ўзбекистон
Республикаси Марказий Банки бошқаруви томонидан 1998 йил 28 мартда 390-сон билан тасдиқланган), 4.5-
банд // Ўзбекистон Республикаси вазирликлари, давлат қўмиталари ва идораларининг меъёрий ҳужжатлари
ахборотномаси, 1999 й., 1-сон; 2003 й., 5-6-сон; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2007й.,
21-
сон, 254-модда; 2008 й., 35-36-сон , 355-модда.
2
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган
87
qonunni qabul qiluvchi organ kompetentligi, qabul qilinayotgan qonun
statusiga mos kelishi muhim talab hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni faqatgina, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi,
Prezident farmoni esa, faqat O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul
qilinadi.
Agar normativ-huquqiy hujjatlar ko‘rsatilgan talablarga mos kelmasa,
u huquq manbasi sifatida tan olinmaydi va o‘z-o‘zidan jinoyatni baholash
ishlarida unga asoslanish mumkin emas. Agar sud ishni ko‘rishda to‘g‘ri
qaror qabul qilishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan birorta normativ
hujjatning Konstitutsiyaga mos kelmayotganligini aniqlasa, ishni to‘xtatish
to‘g‘risida ajrim chiqaradi va barcha materiallarni Oliy sud yoki Oliy
xo‘jalik sudlari raislariga yuboradi, ular «O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq,
masalani Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga
ega.
Qonun O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tamoyil va
qonunlariga mos kelishi bilan bir vaqtda o‘z mazmuni, shakli, rekviziti
bilan
O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar
to‘g‘risida»gi Qonuni tamoyillariga javob berishi kerak. Xususan, ushbu
Qonunda uning mazmunidagi muayyan talablar, normativ-huquqiy
умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24
апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX,
XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11
апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93-
моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон
Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг
Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011
йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг
иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган
Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва
қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига,
83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-
моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон
Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг
Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-
моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган
қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) –
Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 7 б.
88
hujjatlar rekviziti, rasmiy mavzusining tasdiqlanganligi va boshqalar
ko‘zda tutiladi. Shu bilan bir qatorda, ushbu Qonun normativ qoidalar
shaklini mustahkamlash tartibini ko‘rsatadi: qonun va qarorlarni – Oliy
Majlis; Prezident farmonini – Prezident; qarorlarni – Vazirlar Mahkamasi;
buyruq va qarorlarni – vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar; qarorlarni
– mahalliy davlat hokimiyati organlari qabul qiladi. Huquqiy normalarni
mustahkamlashning boshqa shakli mazkur talablarga rioya etmaslik
sifatida e’tirof etilishi, shunga o‘xshash hujjatlarning o‘zi esa normativ-
huquqiy deb tan olinmasligi lozim. Shu asnoda xatlar, maktublar,
ko‘rsatmalar normativ-huquqiy hujjat deb tan olinmaydi va bu haqda
S.Murotxo‘jayev murojaati natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudining qarorida ko‘rsatilgan edi
1
.
Qonunni tatbiq etishning zarur elementi uning O‘zbekiston hududida
qo‘llanilishi shartligi hisoblanadi. Nazarda tutish kerakki, me’yoriy hujjat
Dostları ilə paylaş: |