Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

JK 12-moddasi 2-qismida fuqarolik tamoyillarining maxsus 
qoidalari, ya’ni sodir etgan jinoyati uchun O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarosining xorijiy mamlakat oldidagi javobgarligi bayon qilingan. 
Bu qoida quyidagi hollarda, aybdor, ya’ni O‘zbekiston fuqarosi, 
boshqa davlat hududida jinoyat sodir etsa, lekin turli sabablar ta’siri ostida 
o‘z vaqtida ushbu davlat tomonidan javobgarlikka tortilmagan bo‘lsa 
qo‘llaniladi. 
Jinoyat huquqi nazariyasida JK 12-moddasi 2-qismida bayon qilingan 
qoida jinoyatchini ushlab berish instituti bilan (ekstraditsiya) qamrab 
olingan. 
NOTA BENE ! 
Ekstraditsiya – jinoyat sodir etgan yoki jinoyat sodir etishda gumon 
qilinayotgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki unga nisbatan oxirgi 
ayblov hukmini ijro etish uchun bir davlat tomonidan boshqa davlatga 
berish. 
Shu bilan birga, mazkur institut ko‘p jihatdan jinoyat-protsessual 
faoliyatga ham taalluqli bo‘lib, shunga ko‘ra, bu haqda O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida to‘liq holda bayon etilgan. 
JK 12-moddasi 2-qismiga muvofiq, O‘zbekiston fuqarosi chet davlat 
hududidagi jinoyat uchun, xalqaro kelishuv yoki xalqaro shartnomalarda 
ko‘zda tutilgan hollardan tashqari jazoga tortilmaydi. Shunday qilib, ushbu 
normalar faqatgina O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxslarnigina o‘z ichiga 
oladi, bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22-moddasida o‘z 
81 


ifodasini topgan, ya’ni O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquqiy himoyasini 
kafolatlashni va homiylik qilish majburiyatini oladi
1

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini u jinoyat sodir etgan davlat 
ixtiyoriga berish yoki berishni man etish, bu davlatning mazkur masalada 
boshqa davlatga talablar qo‘yishi, shuningdek, chet mamlakatning boshqa 
talablarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
normalaridan
2
kelib chiqib hal etiladi. Bunday hollarda, O‘zbekiston 
Respublikasining nufuzli organlari uchinchi davlatga nisbatan o‘zining 
talablarini qo‘yishi kerak – shaxsning ushlangan joyi – O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksining fuqarolik tamoyillariga muvofiq 
javobgarlikka tortish iltimosi bilan ish ko‘rishi kerak (JK 12-moddasi

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin